Azizov Bekzod G‘ayrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bahorgi bug‘doyni intensiv tipdagi, hosildor, abiotik omillarga bardoshli, don sifati yuqori boshlang‘ich ashyo va navini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: I2023.2.PhD/Qx.1099
Ilmiy rahbar Jo‘raev Diyor Turdiqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.Qx.181.01.
Rasmiy opponentlar: Xudarganov Kamoliddin Omonboevich, qishloq xo’jaligi fanlar doktori, professor; Abduazimov Akbar Muxtorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning janubiy mintaqasi sug‘oriladigan maydonlari tuproq-iqlim sharoitlariga mos intensiv tipdagi, hosildor va abiotik omillarga bardoshli bahorgi yumshoq bug‘doyning ertapishar, issiqlik va qurg‘oqchilikka chidamli, don sifati yuqori boshlang‘ich ashyo va navini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyati sharoitida nav va tizmalaridan duragaylash yo‘li orqali 17 ta duragay kombinatsiyalarining ota-ona belgilari nasldan-naslga berilishi ya’ni abiotik omillardan issiqlikka va qurg‘oqchilikka chidamligi, hosildorligi, don sifati yuqori bo‘lganligi ilmiy isbotlangan; 
duragay avlodlarda qimmatli-xo‘jalik belgilarini tashqi muhit omillariga chidamli bo‘lgan belgilarining dominant holda irsiylanishi va o‘zgaruvchanlik xususiyatlari asosida F1 va F2 avlodlarning irsiylanishi ilmiy asoslangan;
bahorgi bug‘doyning dastlabki boshoqlash fazasida bargdagi xlorofill miqdori 52,5%-57,5 % ni va oqsilning koagulyasiyalanishi harorati 67 °C ga chidamli bo‘lgan 2 ta tizma issiqlikka chidamliligi bo‘yicha, suv tanqisligiga o‘rtacha 11,6%-12,4 % ni, suv saqlash qobiliyati bo‘yicha 46,6%-41,3%, ni 2 ta tizmalari qurg‘oqchilikka chidamliligi bo‘yicha tanlab olingan;
sun’iy fonida (provakatsion) qurg‘oqchilikka chidamliligini baholash bo‘yicha o‘rganilgan nav va tizmalar orasida andoza navlariga nisbatan 2 ta tizmada hosildorlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lib, ya’ni KR19-19thDSBWYT-29782 (Barqaror-24 navi) va KR20-20thHSBWYT-38 tizmalari 2-7 sentner farq bilan andoza navlardan ustunlik qilib seleksiya ishlariga jalb qilingan;
bahorgi bug‘doyning mahalliy sharoitda yaratilgan tizmalarida ertapisharlik, abiotik omillarga bardoshli, hosildorlik va don sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha andoza navlardan ustun bo‘lgan yangi “Barqaror-24” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bahorgi bug‘doyni intensiv tipdagi, hosildor, abiotik omillarga bardoshli, don sifati yuqori boshlang‘ich ashyo va navini yaratish hamda amaliy seleksiyaga tavsiya etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan maydonlarida, bahorgi yumshoq bug‘doyning yuqori abiotik omillariga, qurg‘oqchilikka va issiqlikka bardoshli “Barqaror-24” navi 2024-yilda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qarshi agrouchastkasining 1 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi №T-05/05-03-362-son ma’lumotnomasi). Natijada, andoza Janub Gavhari naviga nisbatan yuqori hosil olinib, ushbu nav Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshirilgan;
Bahorgi yumshoq bug‘doyning tanlov sinov ko‘chatzoridan 2021-2023 yillar davomida qurg‘oqchilikka va issiqlikka chidamliligi hamda don hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi “Barqaror-24” navi yaratilib, urug‘chilik tizimini kengaytirish maqsadida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutini Qarshi agrouchastkasining dala tajriba maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi №T-05/05-03-362-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navdan gektaridan 45,1 s/ga don hosili olingan va boshlang‘ich urug‘chiligini kengaytirish maqsqadida 10 gektar maydonga etadigan urug‘lar saralab olingan.
Yaratilgan bahorgi yumshoq bug‘doyning yangi “Barqaror-24” navi 2024-yilda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida sug‘oriladigan maydonlarida “Murodbek Eldor o‘gli” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, “Nizomxon” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, Koson tumanida “Nurislom, Nursulton, Anvar” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Jamshid Nazarov” fermer xo‘jaligida 2,5 gektarga jami 8,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi №T-05/05-03-362-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, andoza “Janub Gavhari” naviga nisbatan, “Barqaror-24” navida 6,0-6,1 s/ga gacha yuqori hosil olinib rentabellik darajasi 41,8-55,5 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish