Shodiev Sherzod Shomiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mosh ekini (Vigna radiate)ning issiqlikka chidamli, hosildor va oqsilga boy yangi boshlangʻich manbalarini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx812
Ilmiy rahbar Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.Qx.181.01.
Rasmiy opponentlar: Nadjiev Jo‘raxon Norsaidovich, qishloq xo’jaligi fanlar doktori, professor; Nahalboev Jahongir Tursunboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning janubiy hududlari (Qashqadaryo viloyati) sug‘oriladigan maydonlarida ekish uchun mos bo‘lgan, mosh (Vigna radiata) o‘simligining issiqlikka chidamli, hosildor va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan yangi boshlang‘ich manbalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida mosh ekinining issiqlikka chidamli, hosildor va oqsil miqdori ko‘rsatkichi bo‘yicha 6 ta nav 10 ta namunada duragaylash jarayonida boshlang‘ich manba sifatida foydalanilgan va 20 ta duragay avlodlar olingan;
F1-F2 duragay avlodlarda ertapisharlik xususiyati nasldan-naslga o‘tishida 12 ta kombinatsiyada, pastki dukkaklar joylashishi 10 ta kombinatsiyada, o‘simlik bo‘yining uzunligini 11 ta kombinatsiyada, 1000 dona don vazni 4 ta kombinatsiyada qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlarining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
issiqlikka chidamli bo‘lgan 7 ta nav va tizmalari andoza “Durdona” naviga nisbatan yuqori temperaturada barg tarkibidagi oqsilning koagulyasiyalanishi +57,6 +60,3 °C gacha yuqori temperaturada bo‘lganligi qayd etilgan va ilmiy asoslangan;
laboratoriya sharoitida 7 ta mosh tizmalarida oqsil miqdori andoza “Durdona” naviga nisbatan yuqori bo‘lgan va u 28,6-29,3 % ni tashkil etganligi aniqlangan;
duragaylash natijasida qimmatli belgi va xususiyatlari yuqori bo‘lgan boshlang‘ich ashyolar tanlab olingan. Issiqlikka chidamli, hosildorligi va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan yangi Zumrat navi yaratilgan va Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markaziga topshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mosh ekini (Vigna radiata)ning issiqlikka chidamli, hosildor va oqsilga boy yangi boshlangʻich manbalarini yaratish hamda amaliy seleksiyaga tavsiya etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
2021-2023 yillar davomida moshning tanlov sinov ko‘chatzoridan issiqlikka chidamliligi va don hosildorligini yuqori bo‘lgan yangi “Zumrad” navi yaratilib, urug‘chilik tizimini kengaytirish maqsadida 2024-yilda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutidagi Qarshi tajriba dala maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/05-03/424-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, andoza Durdona naviga nisbatan 2,6 sentner yuqori hosil olingan va tanlab olingan navi 2024-yilda Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markaziga topshirilgan.
yangi yaratilgan moshning “Zumrat” navi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Choriev Mardon Nomozovich” fermer xo‘jaligida 1,8 gektar, “Omonov Hamudulla Nayimovich” fermer xo‘jaligida 1,6 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/05-03/424 sonli ma’lumotnomasi). Natijada andoza “Durdona” naviga nisbatan, “Zumrat” navidan 2,3-2,5 s/ga gacha yuqori hosil olingan.
moshning “Zumrat” navi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani sharoitida jami 3,4 gektar hamda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutidagi Qarshi tajriba dala maydonida 2,1 gektarga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/05-03/424-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 18,6-20,7 sentner mosh hosili etishtirilib, gektaridan sof daromad 10286-11186 ming so‘m olinib, rentabellik darajasi 67,1-80,8 % ni tashkil etgan.