Xoliqova Dildora Boxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Krotalariya (Crotalaria juncea L.) ning o‘sishi, rivojlanishi, don hosili va sifatiga ko‘chat qalinligi hamda ma’dan  o‘g‘it me’yorlarining ta’siri”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1071.
Ilmiy rahbar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida krotalariya (Crotalaria juncea L.) o‘simligidan yuqori va sifatli don hamda pichan hosili etishtirishda maqbul ekish me’yori, ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yorini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida noan’anaviy dukkakli-don ekini krotalariya (Crotalaria juncea L.) ni ekish me’yori, maqbul ko‘chat qalinligi hamda ma’dan o‘g‘it me’yorlari aniqlangan;
krotalariya urug‘lari dala sharoitida unib chiqish darajasi gektariga 18 kg yoki 450 ming dona urug‘ ekilganda 4-5 % ortgan bo‘lsa, mineral o‘g‘itlar bilan N120P1180K120 kg/ga me’yorda  oziqlantirilganda ko‘chatlar saqlanuvchanligi 0,3-0,6 % oshgani aniqlangan;
krotalariya urug‘i gektariga 18 kg me’yorda ekilganda, ko‘chat qalinligi 450000 dona bo‘lganda va mineral o‘g‘itlar N120P180K120 kg/ga qo‘llanilganda ko‘chati zich joylashganligi hisobiga ekish me’yori 10 va 14 kg/ga yoki 250000 – 350000 dona urug‘ ekilganga nisbatan poya balandligi 15,2-16,3 sm baland bo‘lib, ekish me’yori 10-14 kg/ga gacha kamayganda esa ko‘chat soni maqbullashib, o‘sish va rivojlanishi jadallashgan hamda yon shoxlar soni 3,0-3,4 donaga, barglar soni 46,9-76,9 donaga ko‘proq shakllanganligi aniqlangan; 
krotalariya urug‘i gektariga 14 kg me’yorda yoki 350000 dona ekilib, ma’dan o‘g‘itlar bilan N90 P135 K90 kg/ga me’yorida oziqlantirilganda eng yuqori 21,2 s/ga don hosili olingan bo‘lsa, o‘g‘itlar me’yorining N120 P180 K120 kg/ga ortishi esa hosildorlikni nisbatan ortishiga olib kelmaganligi aniqlangan; 
krotalariyani em-xashak uchun etishtirishda urug‘ ekish me’yori 18 kg/ga, ko‘chat qalinligi 450000 tup/ga bo‘lib, mineral o‘g‘itlarning N120P180K120 kg/ga me’yori qo‘llanilganda 534,7 s/ga ko‘k massa yoki 173,2 s/ga pichan hosili olish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida krotalariyaning ekish me’yori, ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘it me’yorlarini ishlab  chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Toshkent viloyati sharoitida krotalariya (Crotalaria juncea L.) o‘simligini parvarishlashda ekish me’yori, ko‘chat qalinligi, ma’dan o‘g‘itlar bilan oziqlantirish  bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 30-maydagi № 05/01-05/02-05/04-03-225-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda krotalariya etishtirayotgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
Krotalariyadan don hosili olish uchun urug‘ini gektariga 14 kg me’yorda ekish va ko‘chat sonini 350000 tup/ga, ma’dan o‘g‘itlarni N90P135K90 kg/ga me’yorda qo‘llash Toshkent viloyati Qibray tumani, Maxmud-Murod-Begzod f/x da 0,5 ga, Jomiy Gulsanam agro f/x da 0,5 ga, Qibray agro baraka f/x da 0,5 ga, jami 1,5 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 30-maydagi № 05/01-05/02-05/04-03-225-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, krotalariyadan 18,7-19,5 s/ga don hosili olinib, shartli sof foyda gektaridan 1050000 so‘m, rentabellik darajasi 98,5 % ni tashkil etgan;
Krotalariyani em-xashak uchun etishtirishda uni 18 kg/ga me’yorda ekib, 450000 tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlab, ma’dan o‘g‘itlarni N120P180K120 kg/ga me’yorda qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati, Qibray tumani Maxmud-Murod-Begzod f/x da 1,0 ga, Jomiy Gulsanam agro f/x da 1,2 ga, Qibray agro baraka f/x da 1,2 ga, jami 3,4 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 30-maydagi № 05/01-05/02-05/04-03-225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, krotalariyadan 500,0-511,0 s/ga ko‘k massa hosili olinib, chorvachilik uchun em-xashak  bazasi yaratilgan hamda gektaridan 7120000 so‘m daromad olinib, rentabelligi 68,4 % ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish