Bozorov Xolmurod Maxmudovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Almashlab ekish tizimlarida asosiy, takroriy va oraliq ekinlarning tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’siri (Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01. –Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Qx.160.
Ilmiy maslahatchi: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xashimov Ibroxim Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kenjaev Yunus Chintoshevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekishning g‘alla:g‘o‘za (1:1) va soya:g‘o‘za (1:2) tizimlarida asosiy hamda takroriy ekin soyadan so‘ng oraliq ekinlarni turli komponentli aralashmalaridan foydalanish va ma’dan o‘g‘it me’yorlarini tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa navbatli g‘alla:g‘o‘za (1:1) tizimida oraliq ekin sifatida klever (qizil sebarga) ni alohida hamda, soya:g‘o‘za (1:2) almashlab ekish tizimida klever (qizil sebarga)+tritikale ekinlari aralashmasidan foydalanish maqbul ekanligi va ushbu oraliq ekinlardan so‘ng g‘o‘zada ma’dan o‘g‘itlar me’yori ishlab chiqilgan;
paxtachilikda oraliq ekinlar –esparset, klever (qizil sebarga), tritikalening alohida va turli komponentli aralashmalarini takroriy hamda asosiy ekin soyadan so‘ng parvarishlashning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishdagi ahamiyatini o‘rganish bilan birga ularning qisqa navbatli almashlab ekish (1:1, 1:2) tizimlaridagi o‘rni aniqlab berilgan;
qisqa navbatlab ekishning g‘alla:g‘o‘za (1:1) tizimida klever (qizil sebarga) ekinini oraliq ekin sifatida takroriy ekin soyadan so‘ng parvarishlab, bahorda 15-20 sm qoldirib o‘rib olish hisobiga 193,3 s/ga ko‘k massa hosili etishtirish va qolgan qismi haydalganda tuproqda dominant turlar sifatida bacillus va pscudomonas avlodiga mansub bakteriya hamda zamburug‘ turlaridan aktinomisitlar 4,13-4,26 KHB/g ga, oligonitrofillar 7,13-7,27 KHB/g ga, fosfor parchalovchilar 7,12-7,50 KHB/g ga ko‘payganligi, tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalari yaxshilanishi aniqlangan;
soya:g‘o‘za (1:2) almashlab ekish tizimida oraliq ekin sifatida klever+tritikale ekinlarini aralash holda parvarishlanganda etishtirilgan 270,6 s/ga ko‘k massa maydalanib, to‘liq haydab yuborilishi natijasida tuproqning unumdorlik xossalari yaxshilanib, undan so‘ng g‘o‘za 2 yil davomida parvariashlanganda o‘tloqi bo‘z tuproqlar unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligini oshirish bilan birga, g‘o‘za parvarishlashning 1-yilida 40%, 2-yilida esa 10% ma’dan o‘g‘itlar me’yorini tejalishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirish, qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida: 
“Almashlab ekish tizimlarida tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligini oshirishda asosiy, takroriy va oraliq ekinlar parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar” (Jizzax viloyati misolida) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9 aprel sanasidagi 05/04-04-135 –son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma ayni vaqtda paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun qo‘llanma sifatida qo‘llanilmoqda.
Qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1, g‘alla+takroriy ekin (soya) +oraliq ekin (klever):g‘o‘za tizimi hamda 1:2, soya+oraliq ekin (klever+ tritikale): g‘o‘za almashlab ekish tizimlari Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 70 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9 aprel sanasidagi 05/04-04-135 –son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan qisqa navbatlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya) +oraliq ekin (klever):g‘o‘za tizimida g‘o‘zadan takroriy hamda oraliq ekin ekilmaganga nisbatan qo‘shimcha 6,3-6,9 s/ga paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 8,6-12,9%ga teng bo‘lganligi kuzatilgan. Almashlab ekishning 1:2, soya+oraliq ekin (klever+ tritikale): g‘o‘za tizimi oraliq ekinlardan so‘ng g‘o‘zaga N180P120K90 kg/ga me’yorda ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilganda oraliq ekin ekilmaganga nisbatan paxta hosili qo‘shimcha 1 -yil 7,2 8,0 s/ga, 2-yili 6,5-7,0 s/ga va rentabellik darajasi 19,1-22,7%ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.
Almashlab ekishning 1:2, soya+oraliq ekin (klever+ tritikale): g‘o‘za va 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya) +oraliq ekin (klever):g‘o‘za tizimlari Zafarobod tumanida 33 gektarga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9 aprel sanasidagi 05/04-04-135 –son ma’lumotnomasi). Buning natijasida almashlab ekishning 1:2, soya+oraliq ekin (klever+ tritikale): g‘o‘za tizimida oraliq ekinlardan so‘ng g‘o‘zaga ma’dan o‘g‘itlar N180P120K90 kg/ga me’yorda qo‘llanilganda qo‘shimcha 1-yil 6,8-7,2 s/ga, 2-yili paxta hosili 6,3-6,6 s/ga va rentabellik darajasi 17,5-20,5 %ga yuqori, qisqa navbatlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya) +oraliq ekin (klever) :g‘o‘za tizimida g‘o‘zadan takroriy hamda oraliq ekin ekilmaganga nisbatan qo‘shimcha 5,7- 6,5 s/ga paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 8,0-12,1 %ga yuqori bo‘lishiga erishilgan. 
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Jizzax ilmiy tajriba stansiyasida 23 ga, jami viloyat bo‘yicha 2022-2024 yillarda 126 (bir yuz yigirma olti) gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9 aprel sanasidagi 05/04-04-135 –son ma’lumotnomasi). Natijada, qisqa navbatlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya) +oraliq ekin (klever):g‘o‘za tizimida oraliq ekinlar 15-20 sm qoldirib o‘rib olinganda 193,3 s/ga ko‘k massa hosili olinib, qolgan qismi haydalganda g‘o‘zadan takroriy va oraliq ekin ekilmaganga nisbatan qo‘shimcha 6,1-6,7 s/ga paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 8,3-12,5%ga yuqori, almashlab ekishning 1:2, soya+oraliq ekin (klever+ tritikale): g‘o‘za tizimida oraliq ekinlar klever+tritikale ikki komponentli aralashmasi parvarishlanganda 270,3 s/ga ko‘k massa hosili to‘liq shudgor ostiga maydalab haydalishi hisobiga tuproqda oziqa moddalar miqdori ortib, undan so‘ng ketma-ket ikki yil davomida g‘o‘zaga N180P120K90 kg/ga me’yorda ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilganda oraliq ekin ekilmasdan, an’anaviy usulda N200P140K100 kg/ga ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilib g‘o‘za parvarishlangan nazoratga nisbatan paxta hosili qo‘shimcha 1-yil 7,0-7,6 s/ga, 2-yil 6,4-6,8 s/ga va rentabellik darajasi 18,3-21,6 %ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish