Jo‘raev Ilhom Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kumush va mis ionlarini immobillangan organik reagentlar bilan aniqlash usullarini ishlab chiqish», 02.00.02–Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K109.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.02.2018.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Fatxullaeva Muyassar, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik azoreagentlarning tolali materiallarga immobillanishi orqali mis va kumush ionlarini aniqlashda yuqori tanlab ta’sir etuvchan, sezgir sorbsion-spektroskopik usullar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mis va kumush ionlarini aniqlash uchun yangi organik azoreagentlar sintez qilingan;
mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan poliakrilonitril tolasiga organik azoreagentlarning immobillanish mexanizmi va maqbul sharoitlari topilgan;
organik birikmalarning immobillanishlari funksional va analitik faol guruhlarning tuzilishiga bog‘liq bo‘lgan holda, analitik tavsiflari aniqlangan;
mis va kumush ionlarini immobillangan azoreagentlar bilan hosil qilgan komplekslarining maqbul sharoitlari va mexanizmi aniqlangan;
mis va kumush ionlarini aniqlash uchun immobillangan reagentlardan foydalanib, sorbsion-spektroskopik usullar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sorbsion-fotometrik usuli yordamida mis va kumush ionlarining kichik miqdorlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Su(II) va Ag(I) ionlarining immobillangan organik reagentlar yordamida suvli muhitlarda sorbsion-fotometrik aniqlash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2018 yil 3 avgustdagi 02-02-03/9852-son ma’lumotnomasi). Natijada mis va kumush ionlarni aniqlash sezgirligini 1–2 tartibga (aniqlashda xato < 10%) oshirish imkonini bergan;
mis ionlarini ajratib olish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 29 iyundagi VB-20/20054-son ma’lumotnomasi). Natijada chiqindi suvlar tarkibidan og‘ir metall ionlarining konsentratsiyasini 2,5 martaga kamaytirish imkonini bergan.