Shodieva Surayyo Salohiddin qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek epik poeziyasi taraqqiyotida Salohiddin Salohiy dostonlarining o‘rni”, 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2735
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Abduhamid Xolmuratov; filologiya fanlari doktori, professor Qo‘ldosh Pardaev.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Salohiddin Salohiyning tarjimayi holiga aniqlik kiritish, asarlarining nusxalari haqida ma’lumot berish, shoir dostonlarining o‘zbek epik poeziya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Salohiddin Salohiy biografiyasi qo‘lyozma manbalar asosida tekshirilib, uning XVIII asrda Buxoroda yashab ijod qilgani hamda hozirga qadar ayni taxallusli boshqa ijodkorning dostoni sifatida talqin etib kelinayotgan O‘zRFA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining asosiy fondidagi 3402-II raqamli qo‘lyozma aynan Salohiddin Salohiyga tegishli ekani aniqlandi;
Salohiyga tegishli “Gul va Bulbul” dostonining O‘zRFA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti asosiy fondida ikkita qo‘lyozma, o‘n beshta toshbosma, SamDU Abdurahmon Jomiy nomidagi ilmiy kutubxonasida uchta, Alisher Navoiy nomidagi Davlat muzeyida hamda Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasida ikkitadan toshbosma nusxalari, “Yusuf va Zulayxo”ning esa Sharqshunoslik institutining asosiy fondida bitta, Tojikiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik bo‘limining qo‘lyozmalar fondida ikkita qo‘lyozma nusxalari saqlanishi aniqlandi va ularning ilmiy-monografik tavsifi aniq ma’lumotlar asosida dalillandi.
“Gul va Bulbul” dostonining kompozisiyasi va g‘oyaviy mazmuni tahlil qilinib, asarning adabiyotshunos B.Valixo‘jaev hamda X.Rasulovlar tomonidan “Bulbul va Gul” deb nomlangani asossiz ekani isbotlandi, shuningdek, dostonda muallif badiiy niyatini aks ettiruvchi 12 ta asosiy va epizodik obraz mavjudligi aniqlandi, asarning vazn, qofiya hamda badiiy san’atlar poetikasiga doir jihatlari ochib berildi;
“Yusuf” qissasi bilan bog‘liq asarlar genezisi, poetikasi tekshirilib, Salohiyning “Yusuf va Zulayxo” dostoni shu nomdagi 150 dan ortiq asarlar ichida adabiy-irfoniy va badiiy jihatdan aynan Jomiyning “Yusuf va Zulayxo”si ta’sirida yaratilgani isbotlandi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek epik poeziyasi taraqqiyotida Salohiddin Salohiy dostonlarining o‘rni” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagi ishlarda joriylangan:
XVIII asr Buxoro adabiy muhitida yashab ijod etgan mashhur shoirlar, nosirlar hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi ilmiy adabiyotni hamda ushbu adabiy muhitda barakali ijod qilgan Salohiddin Salohiy qalamiga mansub “Gul va Bulbul” asarining tabdilini nashr ettirdik:
1. Shodieva Surayyo. Qashqadaryo vohasi adabiy manbalari. – Qarshi: Nasaf, 2020 (ISBN 978-9943-18-263-9)
2. Salohiddin Salohiy. Gul va Bulbul. (Tabdil va lug‘at tuzuvchi: S.Shodieva) – Toshkent: Firdavs-shoh. 2023 (ISBN 978-9910-9713-4-1).
Natijada ilm ahli XVIII-XIX asr Buxoro adabiy muhiti namoyondalari haqida umumiy ma’lumot oladilar hamda Salohiyning “Gul va Bulbul” dostoni tabdili asosida ushbu asarning to‘la matni bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Salohiyning “Gul va Bulbul” hamda “Yusuf va Zulayxo” dostonlarining badiiy qimmati, umuminsoniy g‘oyalarning tadqiqi jamiyatda komil insonni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib berishda, ularning shoir ijodida tutgan badiiy-estetik mavqeyini aniqlash kabi tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Badiiy kengashlari hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatida, mahorat darslarida, yosh ijodkorlar bilan kitobxonlik uchrashuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 2-martdagi 01-03/327-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotimiz tarixiga oid adabiy manbalar yangicha ilmiy talqinlarda to‘garak a’zolariga taqdim etilgan.
Masal-poema janri tarixi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, mazkur janrda yaratilgan asarlar poetikasi va ularning ijodkorlari haqidagi ma’lumotlar asosida ilmiy-nazariy xulosalardan “Mahalla” teleradiokanalining “Mahalla” radiosi orqali “Adabiyot gulshani” radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 1-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada keng xalq ommasining kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularning o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi, xususan, masal-poema janrida yaratilgan mashhur dostonlar to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar bilan tanishishiga erishilgan.