Amanbaeva Dilsoraxon Abbamuslimovnaning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Burch” konseptining leksikografik talqini hamda lingvokulturologik jihatlari”, 10.00.11 — Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil1976
Ilmiy rahbar: Rustamova Dilraboxon Abduraximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmonova Madina Ulug‘bekovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yoʼnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “burch” konseptining leksikografik talqini hamda lingvokulturologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“burch” konseptining semantik doirasida leksik vositalarning denotativ, konnotativ variantlari tahlili asosida o‘zbek va rus tillarida ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar (shaxslararo aloqalar va Vatan tuygʻusi) bilan chegaralanganligi, ingliz va fransuz tillarida esa utilitar munosabatlar (davlat va professional burchlar) ustunlik qilishi aniqlangan;
 “burch” konseptiga oid grammatik vositalarning konstruktiv shakillanish (birikma, qo‘shilma, butunlik, tizma) jarayonlarida milliy va madaniy o‘ziga xoslik ko‘lami dalillangan hamda leksikografik va etimologik tavsifi shakllantirilgan;
o‘zbek, ingliz, rus, nemis, fransuz tili izohli lug‘atlari asosida “burch” konseptiga oid tushunchalarning leksikografik talqinidagi semantik maydonining ifoda birliklari yaratilib, statistik miqdori aniqlangan (ingliz tilida 2.909 ta, o‘zbek tilida 1.072 ta, rus tilida 420 ta);
 “burch” konseptining majburiyat ekanligi bilan birga ijobiy aksiologik baho tufayli milliy qadriyat sifatidagi tabiati, shuningdek, burch negizida oilaviy munosabatlar, erkak va ayolning vazifalari, farzandning burchi kabi lingvokulturologik jihatlari maishiy, badiiy, rasmiy va diniy diskurslar kesimida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Burch» konseptining leksikografik talqini hamda lingvokulturologik jihatlari yuzasidan olingan natijalar asosida:
“burch” konseptining semantik doirasida leksik vositalarning denotativ, konnotativ variantlari tahlili asosida o‘zbek va rus tillarida ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar (shaxslararo aloqalar va Vatan tuygʻusi) bilan chegaralanganligi, ingliz va fransuz tillarida esa utilitar munosabatlar (davlat va professional burchlar) ustunligiga oid ma’lumotlar va ilmiy-nazariy xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik entsiklopedik lugʻat ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. Shuningdek, mazkur loyihada “burch” konseptiga oid grammatik vositalarning konstruktiv shakillanish (birikma, qo‘shilma, butunlik, tizma) jarayonlarida milliy va madaniy o‘ziga xoslik ko‘lami dalillanib leksikografik va etimologik tavsifi shakllantirilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 17-sentyabrdagi 01-1833-son ma’lumotnomasi). Natijada konseptlar tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarning o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
o‘zbek, ingliz, rus, nemis, fransuz tili izohli lug‘atlari asosida “burch” konseptiga oid tushunchalarning leksikografik talqinidagi semantik ifoda birliklari yaratilib, statistik miqdori aniqlanishiga doir natijalari va nazariy xulosalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlari  va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 18-sentyabrdagi 01-1845-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan; 
“burch” konseptining  majburiyat ekanligi bilan birga ijobiy aksiologik baho tufayli milliy qadriyat sifatidagi tabiati, shuningdek, burch negizida oilaviy munosabatlar, erkak va ayolning vazifalari, farzandning burchi kabi lingvokulturologik jihatlariga doir tahliliy fikrlar va ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM  “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysining 2024-yil may va avgust oylaridagi sonlarida sharh va reportajlar tayyorlash jarayonida manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 09-sentyabrdagi 04-36-1002-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur teleradio-eshittirishlarning ilmiy ta’minoti amaliy jihatdan boyitilib, dasturlarning sotsiomadaniy ahamiyati sezilarli darajada ortgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish