Erkinova Fotima Mamutxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek adabiyotida non mavzusining g‘oyaviy-badiiy talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil4086.
Ilmiy rahbar: Abdullev Komiljon Abdug‘anievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor; Soatova Nodira Isomitdinovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek adabiyotida non mavzusida yaratilgan asarlarni aniqlash, ularni mavzu va janriy jihatdan umumlashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek, mazkur asarlarning g‘oyaviy-badiiy talqinini, poetik xususiyatlarini, ramziy-estetik yuklamalarini adabiyotshunoslik mezonlari asosida tahlil va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotida non mavzusining maydonga kelish genezisi va badiiy takomil jarayonlari tarixiylik nuqtai nazaridan diaxron aspektda ochib berilib, uning ijtimoiy, maishiy asoslari, folklor namunalaridagi ilk ifoda zaminlari, tarixiy taraqqiyotining turli davrlardagi bosqichlari, badiiy konseptual rivojlanish qonuniyatlari, postfolklor namunasi sifatida ifodalanish xususiyatlaridagi asliy, badiiy ko‘chimlar orqali hamda milliy paradigmalardagi holatlari ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan;
o‘zbek poeziyasida non mavzusi yoritilgan she’rlarning bosh g‘oyasi, mavzu ko‘lami, ular vositasida ifodalangan qadimiy umuminsoniy va milliy-mental e’tiqodlar, marosim, tendensiya va urf-odat rudumentlarining badiy aks etishi asoslanib, tarixiy-etnografik kontekstda tutgan o‘rni, struktural-semantik xususiyatlari, ilmiy-badiiy ahamiyati poetik tahlil metodlari yo‘nalishi orqali ochib berilgan;
o‘zbek she’riyatida non bilan bog‘liq troplarning, tiriklik va osuda hayot ramzi sifatiga ko‘tarilgan badiiy so‘z ifodasining ijodkorlar individual nutqi vositasi sifatidagi roli, ularning stilistik shakl va figuralar bilan uyg‘unligi hamda poetik vazifadorligi siyosiy-iqtisodiy va maishiy, uslubiy, badiiy-g‘oyaviy jihatlari adabiyotshunoslikning nazariy asoslari bilan isbotlangan;
transmadaniy muloqotda, urush va ocharchilik fonida non mavzusining semantik-mazmuniy maydoni, jahoniy va mahalliy masalalarni umum va yakka holatlarda turli badiiy ishoralar, o‘xshtish va ko‘chimlar orqali hal etilishi yo‘llari dalillanib, jahon va o‘zbek yozuvchi-shoirlari ijod mahsullarida aks etgan ifodasi, ularning mazmuniy qatlamlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabat masalasidagi o‘rni, badiiyatga aylangan non so‘zning emotsional, estetik ta’sir kuchi, g‘oyaviy-badiiy vazifaviy funksiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotida non mavzusining maydonga kelish genezisi va badiiy takomil jarayonlari tarixiylik nuqtai nazaridan diaxron aspektda ochib berilib, uning ijtimoiy, maishiy asoslari, folklor namunalaridagi ilk ifoda zaminlari, tarixiy taraqqiyotining turli davrlardagi bosqichlari, badiiy konseptual rivojlanish qonuniyatlari, postfolklor namunasi sifatida ifodalanish xususiyatlaridagi asliy, badiiy ko‘chimlar orqali hamda milliy paradigmalardagi holatlari ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan to‘xtam va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-yanvardagi № 04/1-197-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihada o‘zbek she’riyatida mavzu va g‘oya uyg‘unligi haqidagi ma’lumotlar yangi ilmiy-ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
o‘zbek poeziyasida non mavzusi yoritilgan she’rlarning bosh g‘oyasi, mavzu ko‘lami, ular vositasida ifodalangan qadimiy umuminsoniy va milliy-mental e’tiqodlar, marosim, tendensiya va urf-odat rudumentlarining badiiy aks etishi asoslanib, tarixiy-etnografik kontekstda tutgan o‘rni, struktural-semantik xususiyatlari, ilmiy-badiiy ahamiyati poetik tahlil metodlari yo‘nalishi orqali ochib berilgan o‘rin va fikrlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan PF-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-apreldagi № 01/4-1979-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma adabiy tadqiqotlarga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan. 
o‘zbek she’riyatida non bilan bog‘liq troplarning, tiriklik va osuda hayot ramzi sifatiga ko‘tarilgan badiiy so‘z ifodasining ijodkorlar individual nutqi vositasi sifatidagi roli, ularning stilistik shakl va figuralar bilan uyg‘unligi hamda poetik vazifadorligi siyosiy-iqtisodiy va maishiy, uslubiy, badiiy-g‘oyaviy jihatlari adabiyotshunoslikning nazariy asoslari bilan isbotlangan hamda transmadaniy muloqotda, urush va ocharchilik fonida non mavzusining semantik-mazmuniy maydoni, jahoniy va mahalliy masalalarni umum va yakka holatlarda turli badiiy ishoralar, o‘xshatish va ko‘chimlar orqali hal etilishi yo‘llari dalillanib, jahon va o‘zbek yozuvchi-shoirlari ijod mahsullarida aks etgan ifodasi, ularning mazmuniy qatlamlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabat masalasidagi o‘rni, badiiyatga aylangan non so‘zning emotsional, estetik ta’sir kuchi, g‘oyaviy-badiiy vazifaviy funksiyasi aniqlangan o‘rinlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (2025-yil 19-martdagi 05 09-337-sonli ma’lumotnomasi). Natijada non mavzusining falsafiy, ma’naviy ma’rifiy hamda tarbiyaviy-axloqiy xususiyatlari orqali kishilarni badiiy-estetik his tuyg‘ularni uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish ishlarining saviyasi oshishiga erishilgan.
     

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish