Aliboev Maxammadillo Akbaralievichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Innovatsion texnologiya asosida oziqlantirilgan ipak qurti pillasidan sifatli xom ipakolish texnologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T4914
Ilmiy rahbar: Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2025.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Axunbabaev Ulug‘bek Oxunjonovich, texnika falsafa fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzah politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Ipak qurti ozuqasiga ziyon etkazuvchi tut parvonasiga qarshi yangi Biofizik tutgichlarni qo‘llash orqali pilla hosildorligi va xom ipak ipini sifatini oshirishga erishishdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
quyosh batareyalari yordamida elekrt bilan ta’minlangan yurug‘lik datchiklari yordamida avtomatik tarzda ishga tushadigan svetodiodli lampadan tashkil topgan ipak qurti ozuqa bazasini himoya qiluvchi qurilma konstruksiyasi yaratilgan;
mavjud qurilmalardan farqli ravishda svetadiodi tashqarida joylashgan hamda feremon chaqiruvchi xid qo‘llash orqali zararli xasharotlarni o‘ziga jalb qilib nobud qiluvchi xususiyatiga ega qurilma yaratilgan;
serisinning elementar zanjiridan erkin holatdagi aminokislotalarni ajratib olishda, feniltioizotsianat bilan reaksiyani aminokislota feniltiokarbamil hosilasini hosil qilish birinchi marotaba Steven va Daviel usuli yordamida amalga oshirilgan;
suvning harorati va bug‘lash vaqti bilan pilla ipining uzlyuksiz chuvilish uzunligi o‘rtasida bog‘lanish va ularni optimal parametrlari regression matematik model orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion texnologiya asosida oziqlantirilgan ipak qurti pillasidan sifatli xom ipak olish texnologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar natijasida:
ipak qurti ozuqa bazasini himoya qilish uchun biofizik tutgich qurilmasi “Andijon Agropilla” mas’ulyati cheklangan jamiyatida “Agropilla” MChJ kasanachilik xo‘jaligi 2 gektar tut plantatsiyasida joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2024 yil 16 dekabrdagi №4-2/1778-son ma’lumotnomasi). Natijasida issiq kunlarda zararkunanda hashoratlar qirilishi yuqori bo‘lishi hamda kimyoviy ishlov berishga nisbatan 70-85% samarali ekanligini aniqlangan hamda qurilma yordamida zarralardan himoya qilingan tutzorlarda zararlanish 20-30% ni tashkil etgan, pilla ipi chiqishi 4,3 %, qobiqning ipakdorligi 5,5 %ga oshgan, uzlyuksiz chuvalib olingan ip uzunligi 233 metrga, ipning umumiy uzunligi esa 295 metrga oshgan.