Voxidov Muhiddin Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxta chigitlarini saralash texnologiyasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2304
Ilmiy rahbar: Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2025.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Abdulxaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jinlash jarayonidan chiqqan paxta chigitlarini tozalash va saralash texnologiyasini takomillashtirish asosida ko‘p fraksiyali avtomatlashtirilgan saralashni amalga oshirish orqali chigitlarni iflosliklardan to‘liq tozalash, saralash unumdorligini hamda yigirishga yaroqli tola ishlab chiqarishni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tebranuvchi qiya yuzada tolali chigitlar harakatlari hamda moddiy zarrachaning nazariy modellari asosida saralanayotgan chigitlarning saralanish chegaralarini aniqlovchi harakat qonuni yaratilgan;
jinlangan chigitlarni saralash yuzasi tirqishlarida aniq saralanish holatining matematik modeli hamda eksperimental qurilma uchun chigit saralanadigan tirqishlar oraliq masofasi, ish unimdorligi bo‘yicha maqbul qiymatlar aniqlangan;
tebranuvchi qiya yuzali tolali chigitlarni saralash qurilmasining seksiyalar o‘tish joyidagi qoziqlar o‘lchami hamda seksiyalar uzunligini optimal texnologik parametrlari aniqlangan;
jinlangan chigitlarni fraksiyalarga samarali ajratish imkoniyatiga ega bo‘lgan chigitni saralash uchun ilk marotaba qoziqli hamda pogʻonali yuzaga ega bo‘lgan qurilma konstruksiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinlangan chigitlarni saralash samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
takomillashtirilgan jinlangan chigitlarni saralash qurilmasi “OOO NT-ChUST G‘ALLA KLASTER” MChJga qarashli Pop paxta tozalash filiali korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 6 dekabrdagi 03/25-3290 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish sharoitida olib borilgan tadqiqotlardan tebranish amplitudasi 20 mm, qiyalik burchagi 150, tebranish chastotasi 7 Gs bo‘lganda umumiy samaradorlik 90-94 % ga teng bo‘lgan. Nazariy tadqiqotlarda agar jinlangan chigitlar qatlami 30-35 mm qalinlikda qatlam hosil qilgan holda ishchi yuzada ishlov berilsa eng katta ish unumdorligini, yaʼni 4000 kg/soat da ishlashi mumkin bo‘lgan.