Rasulev Yorqin Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali buyrak etishmovchiligining so‘nggi bosqichida bemorlarda koronar hodisalarni rivojlanishining prognostik xavf omillari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2675.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Ra’no Burxanova, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: retrospektiv va istiqbolli kuzatuvga asoslanib, surunkali buyrak etishmovchiligining so‘nggi bosqichidagi dasturiy gemodializ oladigan bemorlarda koronar hodisalar rivojlanishining xavf prediktorlarini tahlil qilish va yillik bashorat qilish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligining 5-bosqichida  shifoxona va ambulatoriya sharoitida dasturiy gemodializ oladigan bemorlarda klinik va asbobiy baholash va o‘zaro  taqqoslashda koronar hodisalarning xavf omillarining og‘irligi va ularning prognostik ahamiyatidagi farqlar aniqlangan; 
uremik buzilishlar (dislipidemiya, giperfosfatemiya, gipokal`semiya) og‘irligining ortishi koronar noxush hodisalar sonining oshishini, gemodializ terapiyasining davomiyligi bilan sezilarli darajada bog‘liqligi aniqlangan;
nojo‘ya koronar xodisalar xavf omillari arterial gipertenziya, kamqonlik, dislipidemiyani surunkali buyrak kasalligi 5 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi bemorlarda yurak qayta tuzilishining salbiy tarafga o‘zgarishi, miokardning struktur-funksional remodellanishiga ta’sir dinamikasi isbotlangan;
milliy amaliyotda xalqaro Charlson shkalasi surunkali buyrak kasalligining 5-bosqichida dasturiy gemodializ oladigan bemorlarning prognozini baholashdagi morfofunksional ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Surunkali buyrak etishmovchiligining so‘nggi bosqichida bemorlarda koronar hodisalarni rivojlanishining prognostik xavf omillari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligining 5-bosqichida  shifoxona va ambulatoriya sharoitida dasturiy gemodializ oladigan bemorlarda klinik va asbobiy baholash va o‘zaro  taqqoslashda koronar hodisalarning xavf omillarining og‘irligi va ularning prognostik ahamiyatidagi farqlar aniqlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.09.2023 yildagi 101 - sonli buyrug‘i va Akademik Yo.H. To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazining 27.09.2023 yildagi 214-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil  10 oktyabrdagi 07/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali buyrak kasalligi bor bemorlarda koronar hodisalarning xavf omillarini oldini olish va korreksiyasi surunkali buyrak kasalligi so‘nggi bosqichi bilan og‘rigan bemorlarda koronar hodisalarning rivojlanish ehtimolini o‘z vaqtida baholash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali buyrak kasalligining 5-bosqichida dasturiy gemodializ oladigan bemorlarda erta o‘lim va qayta kasalxonaga yotqizish sonini kamayishiga va davolanish xarajatlarini kamaytirish olob keldi. Xulosa: surunkali buyrak kasalligining 5-bosqichida dasturiy gemodializ oluvchi bemorlarda shifoxona va ambulatoriya sharoitida koronar hodisalar xavf omillarining og‘irligi va ularning prognostik ahamiyatida farqlar mavjudligi aniqlanib, prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan omillar sifatida qon albumini, tana vazn indeksi, gemoglobin darajasi, chap qorincha gipertrofiyasi va gipertoniyaning davomiyligi kabi ko‘rsatkichlar belgilandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uremik buzilishlar (dislipidemiya, giperfosfatemiya, gipokal`semiya) og‘irligining ortishi koronar noxush hodisalar sonining oshishini, gemodializ terapiyasining davomiyligi bilan sezilarli darajada bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.09.2023 yildagi 101 - sonli buyrug‘i va Akademik Yo.H. To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazining 27.09.2023 yildagi 214-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil  10 oktyabrdagi 07/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan xavf omillari asosida gemodializ terapiyasining birinchi yilidayoq yuqori xavfli bemorlarni tanlab olish imkoniyati yuzaga keladi. Bu, o‘z navbatida, profilaktik va davolash tadbirlarini shaxsiylashtirishga va yurak-qon tomir asoratlarining oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi:  yuqoridagi omillarni baholash va individual profilaktika dasturini joriy etish orqali gemodializga bog‘liq yurak-qon tomir asoratlari (infarkt, yurak etishmovchiligi, shoshilinch shifoxonaga yotkazish va shoshilinch intervensiyalar)ning tez-tez uchrashini kamaytirish mumkin, bu o‘z navbatida ko‘shimcha davolash va reanimatsion tadbirlar xarajatlarini pasaytirib, shifoxonaga yotkazishlar sonini qisqartiradi va gemodializ samaradorligini oshirib, terapiyaning umumiy iqtisodiy yukini kamaytiradi. Xulosa: dasturiy gemodializning birinchi yilida esa eng muhim mustaqil xavf omillari: arterial gipertenziya, yosh, faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti va aterogen indeks ekanligi belgilandi.
uchinchi ilmiy yangilik: nojo‘ya koronar xodisalar xavf omillari arterial gipertenziya, kamqonlik, dislipidemiyani surunkali buyrak kasalligi 5 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi bemorlarda yurak qayta tuzilishining salbiy tarafga o‘zgarishi, miokardning struktur-funksional remodellanishiga ta’sir dinamikasi amaliy isbotlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.09.2023 yildagi 101 - sonli buyrug‘i va Akademik Yo.H. To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazining 27.09.2023 yildagi 214-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil  10 oktyabrdagi 07/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavfli bemorlarning klinik profilini aniqlash va ularni erta bosqichda identifikatsiya qilish orqali, maqsadli monitoring va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoni yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan xavf omillari asosida prognostik skrining dasturini joriy etish: eng yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlandi va ular uchun maqsadli muolaja rejasini ishlab chiqish imkonini berdi; statsionar davolash va shoshilinch kardiologik intervensiyalar ehtiyojini kamaytirdi. Xulosa: surunkali buyrak kasalligining 5-bosqichidagi va dasturiy gemodializ oluvchi bemorlarda nojo‘ya koronar hodisalar yuzaga kelish xavfi arterial gipertenziya, kamqonlik, dislipidemiya, qandli diabet, ortiqcha vazn, metabolik sindrom va yurak xastaliklari bo‘yicha oilaviy anamnez kabi omillar bilan bevosita bog‘liq ekanligi va bir  yil ichida o‘lim xavfi 12,5% ni tashkil etishi aniqlandi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: milliy amaliyotda xalqaro Charlson shkalasi surunkali buyrak kasalligining 5-bosqichida dasturiy gemodializ oladigan bemorlarning prognozini baholashdagi morfofunksional ahamiyati asoslanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.09.2023 yildagi 101 - sonli buyrug‘i va Akademik Yo.H. To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazining 27.09.2023 yildagi 214-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil  10 oktyabrdagi 07/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavfli bemorlarni erta bosqichda aniqladi; klinik qarorlar qabul qilishda ilmiy asoslangan yondashuvni shakllantirib, haqiqiy xavf darajasi asosida bemorlar va ularning yaqinlarini xabardor qilish va jamiyatda murakkab kasalliklarga qarshi samarali kurashish mexanizmlarini kuchaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori xavfli bemorlarga profilaktik va uzoq muddatli muolajalarni faolroq yo‘naltirish orqali resurslarni oqilona taqsimlandi shu bilan gospitalizatsiyalar va intensiv davolash ehtiyojini, oxirgi bosqichdagi asoratlar (yurak xuruji, infarkt, sepsis, qayta-qayta yotqizishlar) bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirdi. Xulosa: koronar hodisalarning rivojlanishi uchun prognostik xavf omillaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalarini amalga oshirish surunkali buyrak kasalligining 5-bosqichida dasturiy gemodializ oladigan bemorlarda yurak qon – tomir tizimi kasalliklarini rivojlanishini profilaktika choralarini takomillashtirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish