Saydazimov Mirjalol Norjigitovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1106.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Saidov Baxrom Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Bazarova Dildora Baxodirovna, yuridik fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini tergov qilish yuzasidan olimlarning ilmiy qarashlarini tatqiq qilgan holda ilmiy munozaraga kirishib, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi kollizion holatlarni tatqiq qilish asosida qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir yoki bir necha predikat jinoyat sodir etilganligi, ular alohida bir shaxs, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi yoxud boshqa mamlakat hududida amalga oshirilganligi, legallashtirilayotgan mulk sodir etilgan jinoyat natijasida bevosita yoki bilvosita qo‘lga kiritilganligi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini tergov qilishda ahamiyat kasb etmasligi asoslantirilgan; 
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni jinoiy faoliyatdan olingan daromad sifatida e’tirof etish uchun tergov organi tomonidan ularni jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk, bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, shuningdek to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk ekanligi isbotlangan bo‘lishi lozimligi asoslantirilgan; 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki mol-mulk nomiga rasmiylashtirilgan uchinchi shaxslarda daromadlarning qonuniy manbalarining mavjud emasligini, jinoyat ishi doirasida mavjud bo‘lgan boshqa dalillar majmui bilan birgalikda alohida dalil sifatida inobatga olinishi lozimligi asoslantirilgan; 
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati bo‘yicha ishdagi mavjud dalillar bilan bir qatorda, predikat jinoyat yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmigina pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk kelib chiqishining jinoiyligi haqida xulosa qilish imkonini berishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bir yoki bir necha predikat jinoyat sodir etilganligi, ular alohida bir shaxs, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi yoxud boshqa mamlakat hududida amalga oshirilganligi, legallashtirilayotgan mulk sodir etilgan jinoyat natijasida bevosita yoki bilvosita qo‘lga kiritilganligi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini tergov qilishda ahamiyat kasb etmasligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 
10-iyundagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 2-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2023-yil 
21-dekabrdagi 03-23-1059-23-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini isbotlashda yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklarga barham berilishiga xizmat qilgan; 
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni jinoiy faoliyatdan olingan daromad sifatida e’tirof etish uchun tergov organi tomonidan ularni jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk, bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, shuningdek to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk ekanligi isbotlangan bo‘lishi lozimligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 
2.1-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2023-yil 21-dekabrdagi 03-23-1059-23-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi jinoiy daromadlarning tasniflanishini soddalashtirishga xizmat qilgan; 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki mol-mulk nomiga rasmiylashtirilgan uchinchi shaxslarda qonuniy daromad manbalarining mavjud emasligini, jinoyat ishi doirasida mavjud bo‘lgan boshqa dalillar majmui bilan birgalikda alohida dalil sifatida inobatga olinishi lozimligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 3.2-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2023-yil 21-dekabrdagi 03-23-1059-23-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatini isbotlashda dalillarga qo‘yilgan talablarni bajarishda uchrayotgan tushunmovchiliklarning hal etilishiga xizmat qilgan; 
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati bo‘yicha ishdagi mavjud dalillar bilan bir qatorda, predikat jinoyat yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmigina pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk kelib chiqishining jinoiyligi haqida xulosa qilish imkonini berishi mumkinligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 4-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2023-yil 21-dekabrdagi 03-23-1059-23-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati bo‘yicha aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ta’minlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish