Usmonov Bunyod Aktam o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Kapital aktivlarni baholash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt933.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universitei
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida kapital aktivlarni baholash metodologiyasini takomillashtirishga doir ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy menejment ko‘rsatkichlari hisoblangan asosiy vositalar, uzoq muddatli investisiyalar, tovar-moddiy zahiralar, zaxira kapitali, uzoq muddatli majburiyatlar, joriy majburiyatlar, o‘z mablag‘larining qarzga nisbati, qarz nisbati koeffisienlari kabi ta’sir doirasiga ega koeffisientlar asosida kapital aktivlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari kapital aktivlari CAPMni Gerfindal koeffisienti ta’sirini inobatga olgan holda baholash orqali kapital aktivlarini boshqarish samaradorlik shkalasi yuqori, o‘rtacha, o‘rtachadan pastroq, past va samarasiz kabi beshta mezonlar asosida takomillashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalarining kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar tarkibini iqtisodiy tahlil qilish asosida ularning o‘rta muddatli rivojlanish istiqbollarini belgilovchi ko‘rsatkichlari ilmiy asosda ishlab chiqilgan;
“aksiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital samaradorligi” moliyaviy kategoriya sifatida korporativ boshqaruvning shaffofligi, moliyaviy intizom, ESG standartlariga rioya qilish, hamda raqamli transformatsiya sharoitida strategik samaradorlik bilan tavsiflananishi uslubiy jihatdan asoslangan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlar tomonidan jalb qilingan kapitaldan barqaror, innovatsion va raqobatbardosh daromad manbai sifatida foydalanish asosida kapital aktivlarni boshqarish samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari investision faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy menejment ko‘rsatkichlari hisoblangan asosiy vositalar, uzoq muddatli investisiyalar, tovar-moddiy zahiralar, zaxira kapitali, uzoq muddatli majburiyatlar, joriy majburiyatlar, o‘z mablag‘larining qarzga nisbati, qarz nisbati koeffisienlari kabi ta’sir doirasiga ega koeffisientlar orqali aniqlash asosida kapital aktivlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llariga doir taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025 yil 3-iyundagi 15-486-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy menejment ko‘rsatkichlari: asosiy vositalar [0.22], uzoq muddatli investisiyalar [0.16], tovar-moddiy zahiralar [0.17], zaxira kapitali [-0.55], uzoq muddatli majburiyatlar [0.09], joriy majburiyatlar [0.26], o‘z mablag‘larining qarzga nisbati [0.78], qarz nisbati koeffisienti [0.96] ta’sir koeffisientlari aniqlash asosida kapital aktivlardan foydalanish samaradorligini (Capital Asset Pricing Model) oshirish yo‘llari orqali Navoiazot AJ da 2023-yilda tovar-moddiy zahiralar 2365808,9 ming so‘mga etib, o‘tgan yilga nisbatan 21,4 foizga oshgan, shuningdek 2023-yilda korxonada o‘z mablag‘larining qarzga nisbati 1,23 punktga oshgan;
aksiyadorlik jamiyatlari kapital aktivlari CAPMni Gerfindal koeffisienti ta’sirini inobatga olgan holda baholash orqali kapital aktivlarini boshqarish samaradorlik shkalasi yuqori, o‘rtacha, o‘rtachadan pastroq, past va samarasiz kabi beshta mezonlar asosida takomillashtirishga doir taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025 yil 3-iyundagi 15-486-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlari kapital aktivlarini DMF va CAPM usulida baholash orqali boshqarish samaradorli shkalasi yuqori [>1,5], o‘rtacha [1,5;1], o‘rtachadan pastroq [1;0,7], past [0,7;0,1], samarasiz [<0,1] kabi mezonlar asosida takomillashtirgan, hamda Navoiazot AJ da 2023-yilda to‘lov qobiliyati koeffisienti (Solvency ratio) 2022-yilga nisbatan 1,42 punktga oshgan, Farg‘onaazot AJ da 2023-yilda xuddi shu koeffisient 2022-yilga nisbatan 0,26 punktga oshgan;
kimyo sanoati korxonalarining kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar tarkibini iqtisodiy tahlil qilish asosida ularning o‘rta muddatli rivojlanish istiqbollarini belgilovchi ko‘rsatkichlariga doir taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025 yil 3-iyundagi 15-486-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarining 2030-yilgacha rivojlanish parametrlari innovasion xarajatlarni 95 foiz modelda shakllantirilgan omil jamiyatning moliyaviy xarajatlari hajmiga bog‘liq bo‘lib, qolgan 5 foiz esa hisobga olinmagan boshqa omillarga bog‘liq holda muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
“aksiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital samaradorligi” moliyaviy kategoriya sifatida korporativ boshqaruvning shaffofligi, moliyaviy intizom, ESG standartlariga rioya qilish, hamda raqamli transformatsiya sharoitida strategik samaradorlik bilan tavsiflananishi uslubiy jihatdan asoslanturishga doir taklifi Oliy ta’lim talabalari uchun “Moliyaviy menejment” fanidan o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan (TDIUning 2023 yil 23-dekabrdagi 59-son buyrug‘i). Natijada, «aksiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital samaradorligi» tushunchasining yangi mazmunda kiritilishi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarning xususiy kapital samaradorligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlar tomonidan jalb qilingan kapitaldan barqaror, innovatsion va raqobatbardosh daromad manbai sifatida foydalanish asosida kapital aktivlarni boshqarish samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha prognoz ssenariylariga doir taklifi O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025 yil 3-iyundagi 15-486-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi “Navoiyazot” AJda xususiy kapital rentabelligi (ROE) 2026-yilda 20,3% dan boshlanib, 2030-yilda 24,4% ga etishi kutilmoqda hamda aktivlar rentabelligi (ROA) ham 3,8% dan 5% gacha o‘sadi, bu esa korxona aktivlari samaradorligining oshrishi hamda “Farg‘onaazot” AJda xususiy kapital rentabelligi (ROE) 2026-yilda 28,28% dan boshlanib, 2030-yilda 38,58% ga etishi orqali 2030-yilgacha moliyaviy strategiyalarini takomillashtirish imkoni yaratilgan.