Turdiev Zoxidjon Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholi iqtisodiy farovonligini oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4867.
Ilmiy rahbar: Nabiev Elshod G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mo‘minov Nozim Gapparovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida aholi iqtisodiy farovonligini izchil oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “aholi iqtisodiy farovonligi” tushunchasi klassik iqtisodiy maktabning farovonlik darajasini bozor mexanizmi va erkin raqobat ta’minlashi, marjinalistik maktabning farovonlikni asosiy o‘lchovi sifatida resurslarni samarali taqsimlanishi, keynscha maktabning ish bilan ta’minlanganlik va davlatning iqtisodiyotdagi roli kabi qarashlarini uyg‘unlashtirgan holda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra, aholi farovonligini oshirishga bandlik darajasining ta’sir jihatlarini hisobga olgan xolda mahallalarda oilaviy tadbirkorlik va aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek yoshlar va xotin-qizlarning daromad keltiruvchi ishlarda bandligini ta’minlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda aholi iqtisodiy farovonligi darajasiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida farovonlik darajasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholi iqtisodiy farovonligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif
va tavsiyalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “aholi iqtisodiy farovonligi” tushunchasi klassik iqtisodiy maktabning farovonlik darajasini bozor mexanizmi va erkin raqobat ta’minlashi, marjinalistik maktabning farovonlikni asosiy o‘lchovi sifatida resurslarni samarali taqsimlanishi, keynscha maktabning ish bilan ta’minlanganlik va davlatning iqtisodiyotdagi roli kabi qarashlarini uyg‘unlashtirgan holda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish nuqtayi nazaridan berilgan taklifidan 7230103-Makroiqtisodiyot hamda 70310301-Mintaqaviy iqtisodiyot magistratura mutaxassisliklarida o‘qitiladigan “Yashil iqtisodiyot” fanidan darslik hamda o‘quv dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 25-iyuldagi 02/01-01-298-son ma’lumotnomasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 448-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiyot nazariyasini ilmiy-nazariy jihatdan boyitishga hamda 7230103-Makroiqtisodiyot hamda 70310301-Mintaqaviy iqtisodiyot magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha taxsil olayotgan magistrlar va shuningdek, ilmiy tadqiqotchilarda “aholi iqtisodiy farovonligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuniga oid bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishiga hissa qo‘shgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra, aholi farovonligini oshirishga bandlik darajasining ta’sir jihatlarini hisobga olgan xolda mahallalarda oilaviy tadbirkorlik va aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek yoshlar va xotin-qizlarning daromad keltiruvchi ishlarda bandligini ta’minlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish taklifi 7230103-Makroiqtisodiyot hamda 70310301-Mintaqaviy iqtisodiyot magistratura mutaxassisliklarida o‘qitiladigan “Yashil iqtisodiyot” fanidan darslik hamda o‘quv dasturini tayyorlashda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023-yil 31-yanvardagi PQ–39-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 448-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi 14-son ma’lumotnomasi) tomonidan qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida mahallalarda oilaviy tadbirkorlik va aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mazmuniga oid bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishiga hissa qo‘shgan hamda mamlakatimizda davlat tomonidan tegishli tartibda garovsiz kreditlar ajratish amaliyoti yoʻlga qo‘yilgan;
tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilinib amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi 14-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida shaxslarning resurslardan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Subsidiyalar portali (www.subsidiya.mf.uz)da ishsiz, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish rukni qo‘shilib, aholini tadbirkorlikka jalb qilish imkoniyatlari oshgan;
O‘zbekistonda aholi iqtisodiy farovonligi darajasiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida farovonlik darajasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 10-yanvardagi 14-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston—2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-sonli Farmonining barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash bo‘limida “2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirish” vazifasi sifatida o‘z aksini topgan.