Nadirxanov Ubaydulla Sabirovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish jarayonining boshqarishini  takomillashtirish”, 08.00.13 – «Menejment» , 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt39.
Ilmiy maslahatchi : Tursunho‘jaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Rasmiy opponentlar: Turaev Bahodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xamidullin Mihail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish jarayonini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra xalqaro investisiya aloqalarini tartibga solish maqsadida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar” tushunchasining iqtisodiy mazmunini qayta ko‘rib chiqish, jumladan, mahalliy subektlar tomonidan xorijiy iqtisodiyotga kiritilayotgan kapital shakllarini TTXI sifatida qonuniy maqomga ega qilish bo‘yicha normalarni qonunchilikka kiritish orqali transchegaraviy investisiya oqimlarining ikki tomonlama hisobini yuritish imkonini yaratish asosida takomillashtirilgan;
institusional mexanizmlarni takomillashtirish, mamlakatning ichki va tashqi tahdidlarga moslashish qobiliyatini, milliy iqtisodiy manfaatlarni global integratsiya sharoitida himoya qilish zaruratini hisobga olgan holda tizimli va kompleks yondashuv asosida boshqaruv modelini joriy etish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni (TTXI) jalb qilish jarayonini samarali boshqarish asoslangan;
xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni tipologiyasi 100% xorijiy kapitalga ega bo‘lgan xorijiy korxonalar (XK) va 1–99% xorijiy ulushga ega bo‘lgan qo‘shma korxonalar (QQ) sifatida differensiallash asosida ishlab chiqilgan sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflash metodologiyasi orqali respublikada xorijiy investisiya muhitini monitoring qilish, ularning iqtisodiyotga ta’sirini baholash hamda har bir turdagi korxona rivojlanish traektoriyasini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
TTXIni jalb qilishni qo‘llab-quvvatlashning davlat siyosati doirasida “Maxsus investisiya fondi”ni tashkil etish orqali istiqbolli investision loyihalarni kafolatlash, tadbirkorlarni bank kreditlariga bo‘lgan kirish imkoniyatini kengaytirish va sug‘urta to‘lovlari vositasida tavakkalchilik darajasini kamaytirish orqali biznes muhitining jozibadorligini oshirish orqali milliy iqtisodiyotga investisiyalar har yili o‘rtacha 10–15% ko‘proq jalb etish imkoni asoslangan;
jahon bozorida yuzaga kelayotgan geoqtisodiy o‘zgarishlar, “yashil iqtisodiyot” talablari va iqtisodiy xavfsizlik omillarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish zanjirlarini qayta shakllantirish va raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun davlat va xususiy sektor hamkorligida faoliyat yurituvchi yangi institutlarni joriy etish hamda “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish strategiyasi”ni ishlab chiqish orqali YaIMda TTXI ulushining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra xalqaro investisiya aloqalarini tartibga solish maqsadida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar” tushunchasining iqtisodiy mazmunini qayta ko‘rib chiqish, jumladan, mahalliy subektlar tomonidan xorijiy iqtisodiyotga kiritilayotgan kapital shakllarini TTXI sifatida qonuniy maqomga ega qilish bo‘yicha normalarni qonunchilikka kiritish orqali transchegaraviy investisiya oqimlarining ikki tomonlama hisobini yuritish imkonini yaratish asosida takomillashtirishga  oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy havfsizlik” darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 20 maydagi 106-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifni hayotga tatbiq etish natijasida oliy ta’lim muassasalari talabalarining “to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar”, “milliy xavfsizlik”, “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchalarini takomillashtirish va tizimli o‘zlashtirish, xorijiy kapitalni jalb qilish bilan bog‘liq xavf va tahdidlarni aniqlash bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan; 
institusional mexanizmlarni takomillashtirish, mamlakatning ichki va tashqi tahdidlarga moslashish qobiliyatini, milliy iqtisodiy manfaatlarni global integratsiya sharoitida himoya qilish zaruratini hisobga olgan holda tizimli va kompleks yondashuv asosida boshqaruv modelini joriy etish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni (TTXI) jalb qilish jarayonini samarali boshqarish taklifidan O‘zbekiston  Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston  Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 25-dekabrdagi 20/20-3505-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amalga oshirish uzoq muddatli rejalashtirish, resurslarni konsentratsiyalash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida barqarorlikni oshirish orqali boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish imkonini yaratgan;
xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni tipologiyasi 100% xorijiy kapitalga ega bo‘lgan xorijiy korxonalar (XK) va 1–99% xorijiy ulushga ega bo‘lgan qo‘shma korxonalar (QQ) sifatida differensiallash asosida ishlab chiqilgan sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflash metodologiyasi orqali respublikada xorijiy investisiya muhitini monitoring qilish, ularning iqtisodiyotga ta’sirini baholash hamda har bir turdagi korxona rivojlanish traektoriyasini aniqlash taklifidan O‘zbekiston  Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston  Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 25-dekabrdagi 20/20-3505-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amalga oshirish xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar turlarini tasniflashga, xorijiy korxonani (XK - 100%) va qo‘shma korxonaning (QK) turli shakllarini ajratishga olib keladi, bu nafaqat xorijiy investor tomonidan boshlang‘ich kapital qo‘yilmalarini kuzatish, balki uni keyinchalik xorijiy korxona yo'nalishida rivojlantirish imkonini beradi, ya’ni respublika investisiya muhitini monitoring qilish va baholash vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan; 
TTXIni jalb qilishni qo‘llab-quvvatlashning davlat siyosati doirasida “Maxsus investisiya fondi”ni tashkil etish orqali istiqbolli investision loyihalarni kafolatlash, tadbirkorlarni bank kreditlariga bo‘lgan kirish imkoniyatini kengaytirish va sug‘urta to‘lovlari vositasida tavakkalchilik darajasini kamaytirish orqali biznes muhitining jozibadorligini oshirish orqali milliy iqtisodiyotga investisiyalar har yili o‘rtacha 10–15% ko‘proq jalb etish taklifidan O‘zbekiston  Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston  Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 25-dekabrdagi 20/20-3505-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning hayotga tatbiq etilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, istiqbolli investisiya loyihalari doirasida tadbirkorlik subektlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va bank kreditlari olish kafolatlarini kengaytirish, innovatsion jarayonlarga investisiyalarni jalb qilish va tavakkalchilik darajasini pasaytirish (sug‘urta to‘lovlarini qoplash uchun xizmat qiladi) orqali ishbilarmonlik muhitining jozibadorligini oshirishga olib kelgan;
jahon bozorida yuzaga kelayotgan geoqtisodiy o‘zgarishlar, “yashil iqtisodiyot” talablari va iqtisodiy xavfsizlik omillarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish zanjirlarini qayta shakllantirish va raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun davlat va xususiy sektor hamkorligida faoliyat yurituvchi yangi institutlarni joriy etish hamda “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish strategiyasi”ni ishlab chiqish orqali YaIMda TTXI ulushining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zavtosanoat” AK faoliyatida foydalanilgan (“O‘zavtosanoat” AKning 2025-yil 17-apreldagi №17/07-25-0178-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amalga oshirish kompaniyaning tashqi bozorlarda investisiya siyosati samaradorligini oshiradi, yani, kompaniyaning investisiya siyosatini ishlab chiqish va xorijiy mamlakatlar bozorlaridagi ish sharoitlariga moslashtirish masalalarida menejmentni takomillashtirish, investisiya jarayonlari orqali kompaniya ishlab chiqarishini tashqi bozorda rivojlantirish, buning natijasida eksportni kengaytirish va pirovardida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini yaratgan. 
Dissertatsiya muallifining mazkur ilmiy taklif doirasidagi xulosalari, xususan, raqobatdosh ustunliklardan foydalanish – tajriba, texnologiya, oqilona narx siyosati, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va kengaytirish, xarajatlarni minimallashtirish, tashqi bozorlarda mahalliy xomashyo va inson resurslaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiyot masalalari qo‘mitasi tomonidan investisiya faoliyatiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va kelgusida ishlab chiqish ishlarida keng foydalanilmoqda (18.02.2025-y. 04/2-11-14-son ma’lumotnoma).

Yangiliklarga obuna bo‘lish