Karimov Shamsiddin Akram o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida ESG standartlari asosida risklarni baholash”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4444
Ilmiy rahbar: Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Abdurasulov Jaxongir Abduvalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi banklarda ESG standartlari asosida risklarni baholashga oid bo‘lgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bankda muammoli kreditlarni kamaytirish maqsadida ESG standartlari asosida kreditni qaytmaslik darajasiga qarab risklarni uch toifaga ajratish hamda ularga risk appetiti limitlarini o‘rnatish ilmiy asoslangan;
tijorat banklarining tashqi moliyaviy oqimlarga kirish imkoniyatini kengaytirish, investision jozibadorligini oshirishda bank kredit loyihalariga ESG standartlari asosida majburiy risk xulosalarini integratsiyalash orqali xalqaro moliya institutlari talablariga mos keluvchi, barqarorlik mezonlariga javob beradigan va arzon moliyaviy resurslarni jalb qilish imkonini beruvchi tizimli yondashuv ishlab chiqilgan;
tijorat banklari tomonidan ESG standartlariga asoslangan risk omillarini oldindan aniqlash, ularning moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sirini minimallashtirish hamda kredit qarorlarining sifatini oshirish maqsadida kompleks va kengaytirilgan risklar reestrini shakllantirish taklif etilgan;
bankning investision jozibadorligini oshirish, “yashil” kreditlar ulushini ko‘paytirish va barqaror moliyalashtirish amaliyotlarini kengaytirish maqsadida ESG standartlariga asoslangan ustuvor risk ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va ularni kredit baholash jarayonlariga integratsiyalash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklarda risklarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bankda muammoli kreditlarni kamaytirish maqsadida ESG standartlari asosida kreditni qaytmaslik darajasiga qarab risklarni uch toifaga ajratish hamda ularga risk appetiti limitlarini o‘rnatishga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2025-yil 16-apreldagi 575/16-4-2025–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan kredit portfeli risk darajasiga qarab A-toifa (yuqori risk), B-toifa (o‘rta risk) va C-toifa (past risk) kabi uch toifaga ajratilgan hamda risk darajasidan kelib chiqib ularga risk appetiti o‘rnatilgan;
tijorat banklarining tashqi moliyaviy oqimlarga kirish imkoniyatini kengaytirish, investision jozibadorligini oshirishda bank kredit loyihalariga ESG standartlari asosida majburiy risk xulosalarini integratsiyalash orqali xalqaro moliya institutlari talablariga mos keluvchi, barqarorlik mezonlariga javob beradigan va arzon moliyaviy resurslarni jalb qilish imkonini beruvchi tizimli yondashuv ishlab chiqishga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2025-yil 16-apreldagi 575/16-4-2025–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankda Risk menejment departamenti tarkibida Ekologik va ijtimoiy risklar boshqarish yo‘nalishi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur bo‘lim tomonidan bevosida ESG standartlari asosida risk xulosalar tayyorlash, hamda va kredit qo‘mitasiga taqdim etish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, buning asosida 2024-yilda ish o‘rinlari yaratilishi, iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida xalqaro moliya institutlaridan 40 mln.dollar miqdorida past foizli, uzuq muddatli va imtiyozli to‘lov shartlari asosida mablag‘ jalb qilingan;
tijorat banklari tomonidan ESG standartlariga asoslangan risk omillarini oldindan aniqlash, ularning moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sirini minimallashtirish hamda kredit qarorlarining sifatini oshirish maqsadida kompleks va kengaytirilgan risklar reestrini shakllantirishga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2025-yil 16-apreldagi 575/16-4-2025–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankda risk kuchayishidan oldin chora ko‘rishga xizmat qiluvchi ESG omillar bo‘yicha kengaytirilgan reestr shakllantirilgan bo‘lib, bu asosida har bir risk darajasiga monitoring chastotasi, tekshiruv bosqichlari yoki qo‘shimcha axborot talab qiluvchi mexanizmlar ishga tushgan;
bankning investision jozibadorligini oshirish, “yashil” kreditlar ulushini ko‘paytirish va barqaror moliyalashtirish amaliyotlarini kengaytirish maqsadida ESG standartlariga asoslangan ustuvor risk ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va ularni kredit baholash jarayonlariga integratsiyalashga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2025-yil 16-apreldagi 575/16-4-2025–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankda asosiy risk ko‘rsatkichlarini aniqlash metodlariga ixtisoslashgan KRI ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan bo‘lib, so‘nggi uch yilda bankning “yashil kredit” portfeli summasi 567 mln. AQSh dollariga etkazilgan, hamda 6 763 ta “yashil” ish o‘rinlari yaratilgan.