Rajabboev Iftixor O‘ktamboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vositachilik xizatlari bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qudaybergenov Azamat Shamuratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: vositachilik xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “distribyutor” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan yoki ulgurji etkazib beruvchidan sotib olib, ularni muayyan geografik hudud, maqsadli bozor yoki mijozlar segmenti doirasida belgilangan shartlar asosida qayta sotish, logistika, marketing va mijozlar bilan aloqalarni ta’minlash kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi mustaqil xo‘jalik sub’ektini bozor zanjirida talab va taklifni muvofiqlashtirish orqali tovar ayirboshlash samaradorligini oshirishning muhim iqtisodiy vositasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
vositachilik xizmatlari bozorida ishtirok etuvchi sub’ektlarning tarkibiy tuzilishi mezoni asosida biznes aloqalarini alohida segmentlarga ko‘ra tasniflash hamda distribyutorlik va dilerlik tarmoqlarini rivojlantirish nuqtalarini aniqlash imkonini beradigan innovatsion dilerlik tarmog‘i orqali har bir segmentda raqobatbardoshlik darajasini (1,4 - 1,8 barobar), mijoz qamrovini (25 - 30%) hamda tarmoqning savdo konversiyasini elektron platformada (15% gacha) oshirish salohiyati asoslangan;
sotuv faoliyatida distribyutorlik va dilerlik tarmoqlarini samarali tashkil etishda biznes jarayonlarini ichki aloqa (68%), korporativ veb-sayt (53%), tematik saytlar (47%), onlayn do‘konlar (38%), tashrif qog‘ozi veb-sayti va korporativ portallar (35%) kabi raqamli kanallar orqali autsorsing qilish orqali samaradorlikni oshirish taklifi asoslangan;
Xorazm viloyati xizmatlar, xususan, vositachilik xizmatlari bozorida distribyutorlik firmalari rivojlanishining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vositachilik xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy tavsiya va takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “distribyutor” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan yoki ulgurji etkazib beruvchidan sotib olib, ularni muayyan geografik hudud, maqsadli bozor yoki mijozlar segmenti doirasida belgilangan shartlar asosida qayta sotish, logistika, marketing va mijozlar bilan aloqalarni ta’minlash kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi mustaqil xo‘jalik sub’ektini bozor zanjirida talab va taklifni muvofiqlashtirish orqali tovar ayirboshlash samaradorligini oshirishning muhim iqtisodiy vositasi nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tadbirkorlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Urganch davlat universiteti, 2023 yil 26 iyundagi 91-son buyruq). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida talabalarda vositachilik xizmatlari bozorida faoliyat yurituvchi asosiy sub’ektlarning ta’riflarini yanada takomillashtirish imkoni yaratilgan;
vositachilik xizmatlari bozorida ishtirok etuvchi sub’ektlarning tarkibiy tuzilishi mezoni asosida biznes aloqalarini alohida segmentlarga ko‘ra tasniflash hamda distribyutorlik va dilerlik tarmoqlarini rivojlantirish nuqtalarini aniqlash imkonini beradigan innovatsion dilerlik tarmog‘i orqali har bir segmentda raqobatbardoshlik darajasini (1,4 - 1,8 barobar), mijoz qamrovini (25 - 30%) hamda tarmoqning savdo konversiyasini elektron platformada (15% gacha) oshirish salohiyati bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 11 iyuldagi 06-05-33-7572-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida “biznes-distribyutor/diler, distribyutor/diler - biznes, diler - oxirgi iste’molchi, distribyutor/diler - davlat, distribyutor/diler - ma’muriyat va distribyutor - B2B bozorining elektron maydonida mahsulotlarni sotish bo‘yicha distribyutorlik va dilerlik tarmoqlarini rivojlantirish joyini aniqlash maqsadidagi dilerlik tarmog‘i” kabi politasnifli yangi tizimi asoslangan;
sotuv faoliyatida distribyutorlik va dilerlik tarmoqlarini samarali tashkil etishda biznes jarayonlarini ichki aloqa (68%), korporativ veb-sayt (53%), tematik saytlar (47%), onlayn do‘konlar (38%), tashrif qog‘ozi veb-sayti va korporativ portallar (35%) kabi raqamli kanallar orqali autsorsing qilish orqali samaradorlikni oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 11 iyuldagi 06-05-33-7572-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida vositachilik xizmatlari bozorida distribyutorlik va dilerlik tarmoqlarini rivojlantirishning bir qator integratsiyalashgan ichki aloqa, reklama, tematik sayt, tashrif qog‘ozi veb-sayti, korporativ veb-sayt, onlayn do‘kon, reklama sayti, korporativ portal kabi biznes jarayonlarini autsorsing qilish va samaradorlikni baholashning muqobil modellari taklif etilgan;
Xorazm viloyati xizmatlar, xususan, vositachilik xizmatlari bozorida distribyutorlik firmalari rivojlanishining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 11 iyuldagi 06-05-33-7572-son ma’lumotnomasi).Ushbu prognoz ko‘rsatkichlarini amaliyotga joriy qilish natijasida Xorazm viloyati vositachilik xizmatlari bozorida distribyutorlik faoliyati rivojlanishining 2028 yilgacha bo‘lgan ustuvor sohalari hamda istiqbollari ilmiy jihatdan asoslanishiga erishilgan.