Vaisov Dilshod Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi kichik biznes sub`ektlari raqobatbardoshligini ta`minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5361
Ilmiy rahbar: Salaev San`atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umirov Islombek Furkatovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi kichik biznes sub’ektlari raqobatbardoshligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p o‘zgaruvchili tuzilmaviy model asosida tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarda tashkiliy, iqtisodiy va nazorat mexanizmlarining xizmatlar raqobatbardoshligi va sifatiga bevosita ta’sir darajasi (TDbev = 0,43) hamda bilvosita ta’sir darajasi (TDbil = 0,22 – 0,27)ni ta’minlash zarurati asoslangan;
raqamli platformalashtirish, lisenziyalash va elektron kataloglashtirish asosida tibbiy xizmatlarning samarali “mahsulot portfeli”ni aniqlash, reytinglash, samarasiz xizmatlardan voz kechish, bozorga tezda moslashish hamda “boshqaruvli ta’sir ko‘rsatish” imkonini beruvchi me’yoriy-huquqiy va infratuzilmaviy raqobat ustunliklarini shakllantirish algoritmi taklif qilingan;
tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar raqobatbardoshligini baholash uslubiyati xizmat ko‘rsatish jarayonlarining raqamlashuv darajasi (RD ≥ 70%), individuallashuv ko‘rsatkichi (IK ≥ 60%) hamda sotuvdan keyingi tibbiy servis qamrovi (TSQ ≥ 30%) mezonlari asosida integral reyting indeksini shakllantirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida xususiy tibbiyot muassasalari soni dinamikasi, tibbiyotda bandlar soni dinamikasi, qamrov darajasi hamda kasallanishlar soni dinamikasini hisobga olgan holda tibbiy xizmatlar rivojlanishining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi kichik biznes sub’ektlari raqobatbardoshligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ko‘p o‘zgaruvchili tuzilmaviy model asosida tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarda tashkiliy, iqtisodiy va nazorat mexanizmlarining xizmatlar raqobatbardoshligi va sifatiga bevosita ta’sir darajasi (TDbev = 0,43) hamda bilvosita ta’sir darajasi (TDbil = 0,22 – 0,27)ni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi. tomonidan vakolatli organlar bilan hamkorlik yo‘nalishida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 11 iyuldagi 06-05-33-7571-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik tashkiliy (TM), iqtisodiy (IM) va nazorat (NM) mexanizmlarining standart og‘ish birligidagi mustahkamlanishi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar raqobatbardoshligini 22%-80% oshirishga, miqdoriy ko‘rsatkichlar kesimida strategik qarorlar qabul qilishning aniq vositalarini tanlash asosida bozor pozisiyasini yanada mustahkamlashga, xarajatlarni kamaytirish va foydani oshirish imkoniyatlarini asoslagan;
raqamli platformalashtirish, lisenziyalash va elektron kataloglashtirish asosida tibbiy xizmatlarning samarali “mahsulot portfeli”ni aniqlash, reytinglash, samarasiz xizmatlardan voz kechish, bozorga tezda moslashish hamda “boshqaruvli ta’sir ko‘rsatish” imkonini beruvchi me’yoriy-huquqiy va infratuzilmaviy raqobat ustunliklarini shakllantirish algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan vakolatli organlar bilan hamkorlik yo‘nalishida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 11 iyuldagi 06-05-33-7571-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif lisenziyalash bo‘yicha 213 ta, yagona elektron katalog bo‘yicha 156 ta tibbiy xizmatlar tasnifi orqali tibbiy xizmatlar raqobatbardoshligini shakllantiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirishga, tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar me’yoriy-huquqiy va infratuzilmaviy raqobat ustunligini mustahkamlashga hamda tibbiy xizmatlarning samarali “mahsulot portfeli”ni aniqlash, tibbiy xizmatlarni reytinglash, voz kechish, bozorga tezda moslashish hamda raqobatbardoshlikni ta’minlashga “boshqaruvli ta’sir ko‘rsatish” imkonini bergan;
tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar raqobatbardoshligini baholash uslubiyati xizmat ko‘rsatish jarayonlarining raqamlashuv darajasi (RD ≥ 70%), individuallashuv ko‘rsatkichi (IK ≥ 60%) hamda sotuvdan keyingi tibbiy servis qamrovi (TSQ ≥ 30%) mezonlari asosida integral reyting indeksini shakllantirishga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan vakolatli organlar bilan hamkorlik yo‘nalishida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 11 iyuldagi 06-05-33-7571-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiyatiga ko‘ra, bir tomondan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar raqobatbardoshligini bevosita xizmat ko‘rsatish jarayonga ta’sir qiluvchi va uni shakllantiruvchi komponentlar ta’siri orqali baholashga, boshqa tomondan esa, aholining barcha qatlamlari uchun sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda sug‘urta agentlari, farmatsevtika kompaniyalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, sanatoriya-kurortlar, ijtimoiy ovqatlanish muassasalarini tibbiy xizmat ko‘rsatish muhiti nuqtai nazaridan qamrab olishga, o‘zaro hamkorlikda “servis qiymati” yaratish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida xususiy tibbiyot muassasalari soni dinamikasi, tibbiyotda bandlar soni dinamikasi, qamrov darajasi hamda kasallanishlar soni dinamikasini hisobga olgan holda tibbiy xizmatlar rivojlanishining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan vakolatli organlar bilan hamkorlik yo‘nalishida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 11 iyuldagi 06-05-33-7571-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan prognoz parametrlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda kichik biznesning ulushi, 2023 yildagi 86 foiz punktdan, 2030 yilda 90,9 foiz punktgacha oshishi, 2026-2030 yillarda tibbiy xizmatlar hajmining 6,97% ga ortishi, tibbiyotda bandlar 17%ga, sohada o‘zlashtiriladigan investisiyalar hajmi 12,35%ga oshib qariyb 60 trln. so‘mni tashkil qilishi, yangi o‘zlashtirilgan tibbiy ixtisosliklarning ulushining 2,17 barobarga oshishi xususiy tibbiyot muassasalarining umumiy bandlar sonidagi ulushi 66,2% ga etish dinamikasi mavjudligi asoslantirilgan.