Sharobiddinov Sherzodbek Shuxratbek o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vorislik muammosi”  09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal874
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: G‘apparov Elyorjon Otabekovich Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: siyosiy fanlar doktori (DSc), professor Dexkanov Narimon Burxonjonovich va falsafa fanlari nomzodi, dotsent Mamatov Obidxon Vaqqosovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vorislik muammosining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi vorislik tuygʻusini mustahkamlash jamiyatda axloqiy deviatsiya, degradatsiya va begonalashuv kabi destruktiv omillarning oldini olib jamiyatda an’anaviylik va zamonaviylik o‘rtasidagi dialektik determinizmni ta’minlashi falsafiy asoslangan;
yoshlarning vorislik jarayonida ma’naviy reaktivlik va adaptivlik xususiyatlari Yangi O‘zbekiston sharoitida avlodlararo munosabatlar transformatsiya jarayonlariga parmanent ta’sir etib, jamiyatda g‘oyaviy (kosmopolitizm, egotsentrizm,) hamda informatsion (axborot xuruji, manipulyasion) ijtimoiy omillarni gumanizatsiyalovchi aksiologik immunitetni shakllantirishi qiyosiy ochib berilgan;
jamiyatda vorislikni ta’minlash transmissiv (avloddan avlodga o‘tuvchi) ma’naviy jarayonlarni faollashtirib, o‘tmish va bugun o‘rtasidagi aloqadorlikni belgilab ijtimoiy tafakkurda ratsionalistik va praksiologik jihatlarni ta’minlashi orqali yoshlarda ratsional va pragmatik xususiyatlarning rivojlanishiga ta’siri ochib berilgan;
yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vorislikning sinergik (qo‘shiluvchi va birlashuvchi) tamoyillari asosida milliy va mintaqaviy o‘ziga xoslikni saqlash, ularni global tendensiyalar bilan uyg‘unlashtirish axborotlashgan jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantirib jamiyatda ijtimoiy munosabatlar intellektual birligini  ta’minlovchi omil ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vorislik muammosining ijtimoiy-falsafiy tahlilli asosida:
globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi vorislik tuygʻusini mustahkamlash jamiyatda axloqiy deviatsiya, degradatsiya va begonalashuv kabi destruktiv omillarning oldini olib jamiyatda an’anaviylik va zamonaviylik o‘rtasidagi dialektik determinizmni ta’minlashining falsafiy jihatlariga oid ilmiy xulosa va takliflaridan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 10-iyuldagi 2-13-21-3779-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiya ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar yoshlarning ma’naviyati va dunyoqarishini shakllantirish, ularda milliy va mintaqaviy o‘ziga xoslikni saqlash tushunchalarini paydo qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarda muhim manbaa bo‘lib xizmat qilgan;
yoshlarning vorislik jarayonida ma’naviy reaktivlik va adaptivlik xususiyatlari Yangi O‘zbekiston sharoitida avlodlararo munosabatlar transformatsiya jarayonlariga parmanent ta’sir etib, jamiyatda g‘oyaviy (kosmopolitizm, egotsentrizm,) hamda informatsion (axborot xuruji, manipulyasion) ijtimoiy omillarni gumanizatsiyalovchi aksiologik immunitetni shakllantirishiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 23-maydagi 10/300-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vorislik muammosini yoritishga xizmat qilgan.
jamiyatda vorislikni ta’minlash transmissiv (avloddan avlodga o‘tuvchi) ma’naviy jarayonlarni faollashtirib, o‘tmish va bugun o‘rtasidagi aloqadorlikni belgilab ijtimoiy tafakkurda ratsionalistik va praksiologik jihatlarni ta’minlashi orqali yoshlarda ratsional va pragmatik xususiyatlarning rivojlanishiga oid taklif va tavsiyalaridan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 10-iyuldagi 2-13-21-3779-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiya ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar yoshlarning ma’naviyati va dunyoqarishini shakllantirish, ularda milliy va mintaqaviy o‘ziga xoslikni saqlash tushunchalarini paydo qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarda muhim manbaa bo‘lib xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vorislikning sinergik (qo‘shiluvchi va birlashuvchi) tamoyillari asosida milliy va mintaqaviy o‘ziga xoslikni saqlash, ularni global tendensiyalar bilan uyg‘unlashtirish axborotlashgan jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantirishga doir ilmiy xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 23-maydagi 10/300-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vorislik muammosini yoritishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish