Djuraeva Nargis Narkulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ch sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish  metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7032.
Ilmiy rahbar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan myassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan myassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.91.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Malohat Tursunovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kuychieva Mo‘jiza Abdimannonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim vositalarini joriy etish asosida 2-3 sinfda “Tabiiy fanlar”ni o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari mustaqil faoliyatni tashkil etish samaradorligini oshirishga qaratilgan tabiatning inson bilan o‘zaro mutanosiblik belgilarini o‘rganish, to‘plangan tajribalarni etkazib berish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik tuzilmani intensivlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni ta’limiy maqsadlarga ko‘r tizimlilik, ilmiylik, ko‘rgazmalilik tamoyillarining integrativ xususiyatlarini uyg‘unlashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish va o‘zini-o‘zi faollashtirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik muhit yaratishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli ilmiy kategoriya va atamalar bilan erkin mulohaza yuritish, mustaqil va ijodiy fikrlash doimiyligini ta’minlash hamda ilmiy va hayotiy misollar keltirishga ko‘ra topshiriqlar majmui va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish pragmatikligi va  ratsionalligiga erishish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi elektron ta’lim vositasida ta’lim platformalaridan foydalanish madaniyatini bosqichda bosqich oshirish, mantiqiy fikrlash, induktiv, deduktiv mushohada qilishga yo‘naltirish hamda natijalarini bashorat qilishda guruhli ish metodlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 2-3-sinfda sinflarda Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘uicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2-3-sinflarda Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari shaxsiy, kommunikativ, kognitiv, mustaqil faoliyatni tashkil etish, tabiat ob’ektlarini tanlab olish hamda o‘quvchilar bilim oladigan manbalar va faoliyatining xarakteri, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik o‘yinlarni fanlararo uyg‘unlikni ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir takliflar asosida “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentabrdagi 438-son buyrug‘i, 438185-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
2-3-sinflarda Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli tizimlilik, ilmiylik, ko‘rgazmalilik tamoyillari va shaxsga yo‘naltirilganlik, innovatsion kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish, pedagogik jarayonlarni rivojlantirish texnologiyalariga virtual ta’lim vositalarini integratsiyalash hamda motivatsion, operatsion, refliksiv mezon va baholash darajalarni uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid xulosalardan PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim myassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8-sentabrdagi 02-07-1457/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish modelini takomillashtirish ko‘lami kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi ilmiy kategoriya va atamalar bilan erkin mulohaza yuritish, javob berishda mustaqil va ijodiy fikrlash hamda ilmiy va hayotiy misollar keltirish, ilmiy kategoriya va atamalar bilan ilmiy mulohaza yuritish ta’lim muhitida dasturlashtirilgan o‘qitish uchun topshiriqlar majmui va virtual ta’lim texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan metodikasini takomillashtirishga oid takliflar asosida “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 438185-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni dasturlashtirilgan o‘qitish uchun topshiriqlar majmui va virtual ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi virtual ta’lim texnologiyalar vositasida virtual sayohatlar va ta’lim platformalaridan foydalanish madaniyatini bosqichma bosqich shakllantirish hamda mantiqiy fikrlash, induktiv, deduktiv mushohada qilish hamda mustaqil rivojlanishga bo‘lgan ehtiyoj, o‘quv jarayoni va natijalarini bashorat qilishda guruhli ish metodlaridan foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8-sentabrdagi 02-07-1457/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi darajasi ortishiga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish