Turdalieva Parizod Kadirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Farg‘ona dorivor  o‘simliklarining kimyoviy tarkibini va biologik faolligini tadqiq etish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 14.00.41– Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/K92. 
Ilmiy maslahatchilar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Alidjan Aminovich kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Baxtiyor Yormaxammatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullajonova Nodiraxon G‘ulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Farg‘ona florasi o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolligini aniqlash asosida ayrim kasalliklarni davolash hamda oldini olish uchun qo‘llanadigan oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish va ularni tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy Farg‘ona hududida o‘sadigan Tribulus terrestris L., Melissa officinalis L. va Taraxacum officinale Wigg. kabi o‘simliklar tarkibida biologik faol moddalarning asosiy guruhlari: aminokislotalar, flavonoidlar, uglevodlar, oqsillar, organik kislotalar, o‘simliklarning vitaminlari va makro-mikroelementlar  miqdori zamonaviy usullar yordamida aniqlangan;
Tribulus terrestris L., Melissa officinalis L. va Taraxacum officinale Wigg. er ustki qismlaridagi uglevodlar (fruktoza, glyukoza, saxaroza, maltoza) miqdorini aniqlash natijasida, ushbu o‘simliklar tarkibida disaxaridlarga nisbatan monosaxaridlar 6-7 baravar ko‘p to‘planishi isbotlangan;
ushbu uchta o‘simlik turi tarkibida flavonoidlar (rutin, kversetin, digidrokversetin, lyuteolin, rozavin, salidrozid)ning miqdoriy tarkibi aniqlanganda Melissa officinalis L. o‘simligida rutin, kversetin, digidrokversetin va lyuteolin, Tribulus terrestris L. da  rutin va rozavin va  Taraxacum officinale Wigg. s.L. tarkibida esa digidrokversetin va salidrozid miqdori yuqori ekanligi isbotlangan;
Tribulus terrestris L., Melissa officinalis L. va Taraxacum officinale Wigg. ning er ustki qismidan 6 ta organik kislotalar (sirka, propion, oksolat, qaxrabo, sut, limon kislotasi) miqdorini tekshirish natijasida, barcha o‘simliklarda asosiy modda limon kislotasi (80-90%) ekanligi, kislotalarning to‘planish tartibi: oksikarbon > ikki asosli > bir asosli ekanligi asoslangan;
ushbu uchta o‘simlik turi tarkibida V1, V2, S, V6, V9, RR  vitaminlarning miqdoriy tarkibini aniqlash natijasida Tribulus terrestris L. da V2 > V9> V6> RR> S, Melissa officinalis L. da V2> S> V6> RR > V1 va Taraxacum officinale Wigg. da S > V2 > V6 > RR tartibda vitaminlar miqdori kamayib borishi isbotlangan; 
Artemisia annua er usti qismidan efir moyi ajratib olingan hamda umumiy miqdordan  99,98%  ni 1,2 –di metoksi – 4 – propenilbenzol (60,31%) va 8-30% (b - pinen, α – gidroksibenzolsirka kislotaning metil efiri, limonen) tashkil etishi aniqlangan;
ilk bor Leonurus cardiaca L.ning vegetativ organlari tarkibidagi 42 hayotiy muhim elementlar miqdori aniqlanganda, ushbu o‘simlikning poyasi va gullariga nisbatan barglarida kimyoviy elementlar ko‘proq to‘planishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Farg‘ona florasi o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolligini aniqlash asosida ayrim kasalliklarni davolash hamda oldini olish uchun qo‘llanadigan oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Farg‘ona hududida o‘sadigan Tribulus terrestris L., Melissa officinalis L. va Taraxacum officinale Wigg. o‘simliklari asosida anemiyaga qarshi faollikka ega “Bio-Gem PARIZOD” nomli alkogolsiz dorivor ichimlik va uni tayyorlash usuli “ALKIMYOGAR PHARM” MChJ farmatsevtik korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligining 2023 yil 18 apreldagi 08-10264-son ma’lumotnomasi). Natijada, anemiyaga qarshi biologik faollikga ega fitopreparatlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
Janubiy Farg‘ona o‘simliklarining beshta tur o‘simliklarning kimyoviy tarkibini aniqlash asosida immunitetni oshiruvchi “Bio-Immun PARIZOD” fitopreparati va uni ishlab chiqarish usuli “ALKIMYoGAR PHARM” MChJ farmatsevtik korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligining 2023 yil 18 apreldagi 08-10264-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik xom ashyolari asosida immunitetni oshiruvchi biologik faollikga ega bo‘lgan fitopreparatlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
Janubiy Farg‘onada o‘sadigan 3 turdagi o‘simliklar asosida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolovchi “BIO-KARD PARIZOD”, shuningdek virusli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun “Bio-AntiVirus PARIZOD” alkogolsiz ichimlik shaklidagi biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish usuli “ALKIMYOGAR PHARM” MChJ farmatsevtik korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligining 2023 yil 18 apreldagi 08-10264-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik xom ashyolari asosida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari va virusli kasalliklarni davolash hamda oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan biologik faol fitopreparatlar ishlab chiqarish imkonini bergan;

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish