Isroilov Oltinbek Ixtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sellyuloza hosilalari asosida gidrogellar olish va xossalarining tadqiqoti», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5582.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Vapoev Husnitdin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, professor; Qiyomov Sharif Nozimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy polimerlar asosida yuqori bo‘kuvchan va bioparchalanuvchan hamda tarkibida o‘simliklar uchun ozuqa moddalari saqlagan gidrogellar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida tabiiy polimerlar - karboksimetilsellyuloza va gidroksi-propilmetilsellyuloza, akril kislota, polakrilamid, vinilatsetat, bentonit hamda bog‘lovchi Cr3+ tuzlari asosida yuqori bo‘kuvchan, iqlim sharotida turg‘un bo‘lgan va ozuqa moddalar saqlovchi gidrogellar olingan;
tarkibida tabiiy polimerlar karboksimetilsellyuloza gidroksiropil-metilsellyuloza, akril kislota, poliakrilamid, vinilatsetat va mineral o‘g‘itlar hamda bog‘lovchi (Cr3+ tuzi) va inisiatorlar ishtirokida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar sintez qilishning maqbul (otimal) sharoitlari: harorat- 98 oS, reaksiya davomiyligi 170 minut, monomer konsentratsiyasi 16 mass.%, inisiator konsentratsiyasi 5,5 mass.% ekanligi aniqlangan;
olingan gidrogellarning termik barqarorligi derivatografiya usuli va bo‘kuvchanligi esa tabiiy mineral bentonit konsentrasiyasining ta’siri o‘rganilgan hamda gidrogelning maksimal bo‘kuvchanligi 950-1050 g/g ekanligi aniqlangan;
tarkibida tabiiy polimerlar - karboksimetilsellyuloza va gidroksip-ropilmetilsellyuloza asosida tabiiy minerallar ishtirokida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sellyuloza hosilalari asosida gidrogellar olish va xossalarining tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar (karboksimetilsellyuloza va gidroksipropil-metilsellyuloza) asosida yangi tarkibli gidrogellar olish texnologiyasi Navoiyazot AJning «2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (Navoiyazot AJ ning 2025 yil 3 iyuldagi 03-4/4163-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi gidrogellar yaratish imkonini beradi;
mahalliy xomashyolar asosida olingan KMS/AK/AA/Cr3+, GPMS/AK/AA/Cr3+ va GPMS/AK/VA/Cr3+ tarkibli hamda ozuqa moddalar saqlovchi gidrogellar olish texnologiyasi Navoiyazot AJning «2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (Navoiyazot AJning 2025 yil 3 iyuldagi 03-4/4163-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu gidrogellarni kichik mikrohududlarda qo‘llaganda g‘o‘za ko‘chatlarini hamda nihollarni tekis unib chiqishi va rivojlanishi hisobiga har bir gektar erdan 2500 m³ suvni hamda 200–300 kg/ga miqdorida mineral o‘g‘itlarni tejash imkonini beradi.