Salijonova Shaxnozaxon Dilmurodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Inulinli gidrogellar ishtirokida margarin mahsulotlari olishning ilmiy asoslangan texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/T782.
Ilmiy maslahatchi: Abdurahimov Ahror Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Yo‘lchiev Aslbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy topinambur tugunagidan inulinli ekstrakt olish va uni yog‘ taqlidchisi sifatida qo‘llab, yog‘dorligi kamaytirilgan margarin reseptini shakllantirish hamda ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
topinambur tugunagidan sifatli inulinli ekstrakt olinib, ul`tratovush to‘lqinlarida jarayon davomiyligi an’anaviyga nisbatan 1,5 martagacha qisqarishi isbotlangan;
inulinli eritma va ekstraktlar asosida olingan gidrogellarning reologik xossalari aniqlanib, margarin reseptlarida yog‘ taqlidchisi sifatida qo‘llash yog‘ sarfini 12 - 20 % gacha kamaytirishi asoslangan;
inulinli gidrogellarni margarinlarning fizik-kimyoviy va organoleptik xususiyatlariga ta’sir qonuniyatlari aniqlanib, ularni yog‘ taqlidchisi sifatida qo‘llab olingan margarin emul`siyalarni sovutish jarayonlarini an’anaviyga nisbatan 3-4 ℃ past haroratlarda olib borish samarali ekanligi asoslangan;
inulinli ekstrakt asosida olingan yog‘ taqlidchili margarinning saqlash muddati 1,3-1,5 marta uzayishi isbotlangan va mikrobiologik va toksikologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha xavfsizligi asoslangan; 
mahalliy topinambur tugunagidan inulinli ekstrakt olish va uni yog‘ taqlidchisi sifatida qo‘llab yog‘dorligi kamaytirilgan margarin olish texnologiyasi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy topinambur tugunagidan inulinli ekstrakt olish va uni yog‘ taqlidchisi sifatida qo‘llab, yog‘dorligi kamaytirilgan margarin reseptini shakllantirish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
topinambur tuganagidan intensiv usulda och rangli inulinli ekstrakt olish texnologiyasi «Best Tastes Technology» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2025 yil 3 yanvardagi KS/3-4-son ma’lumotnomasi). Natijada, organoleptik xususiyatlari yaxshilangan, yuqori sifatli inulinli ekstrakt olish imkonini bergan;
mahalliy topinambur tuganagidan inulin ekstrakti olish texnologiyasi «Best Tastes Technology» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2025 yil 3 yanvardagi KS/3-4-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy usulga nisbatan inulin miqdori yuqori bo‘lgan ekstrakt olish imkonini bergan;
yog‘ taqlidchilarini qo‘llab, yog‘dorligi kamaytirilgan, yangi turdagi margarin ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2025 yil 3 yanvardagi KS/3-4-son ma’lumotnomasi). Natijada, 80 va 60 % li margarin yog‘li asosi miqdorini mos ravishda 60 va 45 % gacha kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish