Jo‘raev Farrux Do‘stmirzaevichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agroklaster tizimining optimal modellarini ishlab chiqish metodologiyasi (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt837
Ilmiy maslaxatchi: ilmiy maslaxatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Allayorov Piratdin Otaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agroklaster tizimining optimal modellarini ishlab chiqish metodologiyasiga oid ilmiy talkif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
agroklaster tizimini rivojlantirish asoslarini mustaxkamlash islohotlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari negizida mintaqa siyosiy muhiti innovatsiyalarni o‘tkazuvchanlik darajasini baholashning k=(∏_(j=1)^4▒k_(DSS(j)) )^0,25 modeli taklif etilgan;
mintaqada algoritmik xususiyatlangan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, texnologik, ijtimoiy, ekologik, geografik qatlamlarining innovatsiyalarni o‘tkazuvchanlik koeffitsientlari k_j=(exp(-β_0^j-∑_i▒〖β_i^j∙X_i^j 〗))/(1+exp(-β_0^j-∑_i▒〖β_i^j∙X_i^j 〗) ) yordamida agroklaster tizimini barqaror rivojlantirishning IK=(∏_(j=1)^8▒k_j )^0,125 modeli ishlab chiqilgan;
mintaqa agroklaster tizimida tarmoqlararo ishlab chiqarish salohiyati indeksining (SI≤0,31) past, (0,31<SI≤0,66) o‘rtacha, (SI>0,66) yuqori samaradorlik mezonlari asosida resurs tejamkorligini oshirish usuli taklif etilgan;
mintaqa qishloq xo‘jalik tarmoqlarida ishlab chiqarish intensivligi koeffitsientining (0,55; 0,52; 0,52) haqiqiy, (0,55; 0,54; 0,53) muvozanatlashgan va (0,56; 0,54, 0,53) optimal ko‘rsatkichlari asosida agroklasterlarning iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirish mexanizmi taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyati agroklaster tizimini rivojlantirishning BSTS (Baesian Structural Time Series), VAR, VECM modellari asosida 2025-2030-yillar uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroklaster tizimining optimal modellarini ishlab chiqish metodologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
agroklaster tizimini rivojlantirish asoslarini mustaxkamlash islohotlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari negizida mintaqa siyosiy muhiti innovatsiyalarni o‘tkazuvchanlik darajasini baholashning k=(∏_(j=1)^4▒k_(DSS(j)) )^0,25 modelidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son farmoniga muvofiq, Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 25-martdagi 07-07/2620-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida innovatsion infratuzilmani rivojlantirishda operatsion xarajatlar taqsimotini optimallshtirishga erishilgan. Agroklaster tarmoqlarida ichki integratsiya darajasini kuchaytirish va raqobatbardosh kooperatsiyalarni shakllanish bo‘yicha davlat islohotlari ijro jarayonlarini monitoringlash tizimini takomillashtirishga hissa qo‘shgan, mintaqaviy eksport strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan;
mintaqada algoritmik xususiyatlangan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, texnologik, ijtimoiy, ekologik, geografik qatlamlarining innovatsiyalarni o‘tkazuvchanlik koeffitsientlari k_j=(exp(-β_0^j-∑_i▒〖β_i^j∙X_i^j 〗))/(1+exp(-β_0^j-∑_i▒〖β_i^j∙X_i^j 〗) ) yordamida agroklaster tizimini barqaror rivojlantirishning IK=(∏_(j=1)^8▒k_j )^0,125 modeli taklifidan “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 25-martdagi 07-07/2620-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati agroklaster tarmoqlarida innovatsiyalarni joriy etishning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, texnologik, ijtimoiy, ekologik, geografik xususiyatlaridan kelib chiqib kompleks yondoshish yordamida modernizatsiyalash izchilligi, diversifikatsiyalash darajasi va ishlab chiqarish sur’atini oshirishga erishilgan;
mintaqa agroklaster tizimida tarmoqlararo ishlab chiqarish salohiyati indeksining (SI≤0,31) past, (0,31<SI≤0,66) o‘rtacha, (SI>0,66) yuqori samaradorlik mezonlari asosida resurs tejamkorligini oshirish usuli taklifidan “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 25-martdagi 07-07/2620-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida paxta-to‘qimachilik klaster tarmog‘ida investisiya sarfini 1,1 foizga, er resursini 9 foizga, suv sarfini 16,2 foizga, texnika ximati sarfini 2,2 foizga, energiya sarfini 2,7 foizga intensivlashtirish hisobiga ishlab chiqarish hajmini 2 foizga oshirishga erishilgan. Meva-sabzavotchilik va g‘allachilik tarmoqlarida resurs sarfining optimal o‘lchovlariga keltirilishi va resurslardan foydalanish samaradorligini 1 foizga oshishi ishlab chiqarishning 1,4 foizga oshishiga xizmat qilgan;
mintaqa qishloq xo‘jalik tarmoqlarida ishlab chiqarish intensivligi koeffitsientining (0,55; 0,52; 0,52) haqiqiy, (0,55; 0,54; 0,53) muvozanatlashgan va (0,56; 0,54, 0,53) optimal ko‘rsatkichlari asosida agroklasterlarning iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirish mexanizmi taklifidan “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 25-martdagi 07-07/2620-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati agroklaster tarmoqlarida yalpi xarajatlar tarkibida innovatsiya xarajatlarini oshishiga mos ravishda iqtisodiy samaradorlikning oshishiga erishilgan. Ishlab chiqarish intensivligi koeffitsientining maqbul ko‘rsatkichga yaqinlashtirish hamda xarajatlar o‘sishini maqbullashtirish mexanizmining tadbiq etilishi ishlab chiqarish tarkibida innovatsiyalar xissasini 50 foizga yaqinlashtirish imkonini bergan. Agroklaster tarmoqlarida intensivlashtirish amaliyotining mazkur mexanizmga asoslanishi innovatsion ishlab chiqarishda, xususan, paxta-to‘qimachilikda 25,6 foiz, meva-sabzavotchilikda 14,3 foiz, g‘allachilikda 20,3 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyati agroklaster tizimini rivojlantirishning BSTS (Baesian Structural Time Series), VAR, VECM modellari asosida 2025-2030-yillar uchun prognoz parametrlari taklifidan “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 25-martdagi 07-07/2620-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan prognoz natijalari mintaqa agrosanoatini, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishning istiqbolli ko‘rsatkichlarini baholashda va ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan.