Djuraeva Yulduz G‘aybullaevnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida xotin-qizlar ismlarining lingvistik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili.
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4315
 Ilmiy rahbar: Xo‘jamurod Jabborov, filologiya fanlari doktori, professor.
           Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Madrahimov Ilhomjon Sobirovich; filologiya fanlari doktori, professor Qilichev Bayramali Ergashevich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi xotin-qizlar ismlarining lingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek tilidagi, jumladan, Qashqadaryo viloyatidagi xotin-qizlarning ismlar turkumi va mavzuiy guruhlari milliy urf-odat, an’ana, marosim, diniy e’tiqod, bolani zararli omillardan asrash motivlariga asoslanishi dalillangan; 
mustaqil hamda alohida so‘z turkumlariga mansub ot, sifat, fe’l va boshqa apellyativlar antroponimlashuvining konversion, transformatsion lisoniy mexanizmlari, antroponimlarning til tizimida shaklanishining intralingvistik va ekstralingvistik shart-sharoitlari ochib berilgan;
antroponimlashgan mustaqil va alohida so‘z turkumlariga mansub so‘zlarning mavzu guruhlari, bu guruhlarga oid so‘zlarning geneologiyasi, etimologiyasi hamda ular o‘rtasidagi xalq mentaliteti, dunyo haqidagi tasavvurlari, eʼtiqodi kabi etnolingvistik faktorlar tarixiy-lisoniy aloqalar dalillangan;
o‘zbek xotin-qizlari ismlari apellyativ leksikaning leksik-semantik guruhlari asosida 30 ta guruhga ajratilib, ismlarning turdosh otlardan yasalishida ism qo‘yish o‘sha davr an’analaridan kelib chiqqanligi, qadimgi davrlarda farzandlarga turkona ismlar qo‘yilganligi yozma manbalarda qo‘llangan antroponimik birliklar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xotin-qizlari ismlarini lingvistik tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
antroponimlashgan mustaqil va alohida so‘z turkumlariga mansub so‘zlarning mavzu guruhlari, bu guruhlarga oid so‘zlarning geneologiyasi, etimologiyasi hamda ular o‘rtasidagi xalq mentaliteti, dunyo haqidagi tasavvurlari, eʼtiqodi kabi etnolingvistik faktorlar tarixiy-lisoniy aloqalar dalillanganiga doir xulosalaridan                       IL – 21091506 raqamli “O‘zbek ismlarining izohli, imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” nomli loyihasida (2022-2023) foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-martdagi 01/4-1040-son ma’lumotnomasi). Natijada  o‘zbek ismlarining izohli, imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish uchun lingvistik asosini hosil qilish imkonini bergan;
o‘zbek xotin-qizlari ismlari apellyativ leksikaning leksik-semantik guruhlari asosida 30 ta guruhga ajratilib tahlil qilinib, ismlarning turdosh otlardan yasalishida  ism qo‘yish o‘sha davr an’analaridan kelib chiqqanligi, qadimgi davrlarda farzandlarga turkona ismlar qo‘yilganligi yozma manbalarda qo‘llangan antroponimik  birliklar asosida  aniqlanganiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan bir qancha ko‘rsatuvlarni, xususan, “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda unumli foydalanilgan (“Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 4-martdagi 01-30/122-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmunini mukammallashtirish imkonini bergan;
E. Begmatovning “O‘zbek ismlari izohi” (2016) lug‘atida berilgan 14600 ta ismdan 4988 tasi xotin-qizlar ismi ekanligi aniqlanib, tadqiqot jarayonida xalq so‘zlashuv nutqidan 136 ta ism yozib olinib, ma’nolari izohlangan hamda lingvistik xususiyatlari ochib berilganiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbek xotin-qizlari ismlarining ma’nosini bilasizmi?” nomli lug‘atini tayyorlashda foydalanilgan  (ISBN 978-9910-8670-9-5). Natijada o‘zbek tilidagi xotin-qizlar ismlarining qo‘llanishiga aniqlik kiritilgan va lug‘atning izohli variantini yaratish imkonini bergan.
  E. Begmatovning “O‘zbek ismlari izohi” lug‘atidan foydalanilgan holda hamda xalq so‘zlashuv nutqidan to‘plangan xotin-qizlar ismlari asosida “O‘zbek xotin-qizlari ismlari” sayti yaratilgan hamda qadimiy va hozirgi kunda qo‘llanilayotgan o‘zbek xotin-qizlari ismlari, ularning ma’nolari joylashtirilgan (http://ismlar-manosi.uz/ Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi                       № DGU 53166). Natijada qadimiy va zamonaviy o‘zbek xotin-qizlari ismlarining ma’nolari bilan tanishish hamda oilalarda yangi tug‘ilgan qizaloqlar uchun go‘zal va mazmunli ismlar tanlash imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish