Usmonov Sherzod Panjievichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek she’riyatida lirik psixologizmning metaforiklashuvi (Zebo Mirzo va Nodira Afoqova ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD /Fil3371
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnoza Xamraevna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Quvvatova Dilrabo Habibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zebo Mirzo va Nodira Afoqova ijodida kuzatiladigan metaforik obrazlar mohiyati va tabiatiga doir qarashlar hamda metaforiklik ijodkorlar poetik uslubining individualligini belgilovchi bosh omil ekanligini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek she’riyatida metaforiklikning ustuvorligi, metaforik tafakkurning ijodkor adabiy-estetik qarashlarini belgilaydigan asosiy vosita ekanligi yoritilib, lirik psixologizm metaforalashuvining mavjud sotsial, iqtisodiy-siyosiy muhit, milliy qadriyatlar, axloq me’yorlari va etikaning sintezlashuvi hosilasi, jahon adabiyoti tajribalarini milliylashtirish singari omillari aniqlangan;
Zebo Mirzo va Nodira Afoqova ijodida olam va odam munosabatlari talqini, shaxs-jamiyat-tabiat triadasi o‘rtasidagi paradokslar, ruhiy kechinmaning borliq bilan uyg‘unligi va ziddiyati lirik psixologizmning metaforiklashuvi orqali namoyon bo‘lganligi yoritilgan;
lirik psixologizmning metaforiklashuvida psixologik portretning tashqi qiyofa, tashqi xatti-harakatlar, tashqi shakli shamoyil aks etuvchi dinamik, qahramonning taxayyul olamidagi ziddiyatlar, botiniy his-tuyg‘ular, ichki kechinmalari ifoda topuvchi analitik, qahramonning ruhiy olami uning xatti-harakatlari, qiyofasi, fikri va hissiyotlari dialektikasi bilan birlikda namoyon bo‘luvchi sintetik kabi prinsiplar dalillangan;
Zebo Mirzo va Nodira Afoqovalarning metaforalardan an’anaviy va modern yondashuvlar orqali foydalanish usullari, eksperimental metaforalarning ifoda shakllari hamda peyzaj va lirik psixologizm metaforiklashuvining o‘zaro mutanosibligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zebo Mirzo va Nodira Afoqova she’riyatida lirik psixologizmning metaforiklashuvini tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy o‘zbek she’riyatida metaforiklikning ustuvorligi, metaforik tafakkurning ijodkor adabiy-estetik qarashlarini belgilaydigan asosiy vosita ekanligi yoritilib, lirik psixologizm metaforalashuvining mavjud sotsial, iqtisodiy-siyosiy muhit, milliy qadriyatlar, axloq me’yorlari va etikaning sintezlashuvi hosilasi, jahon adabiyoti tajribalarini milliylashtirish singari omillari aniqlanganiga oid xulosalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-fevraldagi № 04/1-532-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismi Zebo Mirzo va Nodira Afoqova ijodidagi lirik psixologizmning metaforiklashuviga oid ilmiy xulosalar bilan boyitish imkonini bergan;
Zebo Mirzo va Nodira Afoqova ijodida olam va odam munosabatlari talqini, shaxs-jamiyat-tabiat triadasi o‘rtasidagi paradokslar, ruhiy kechinmaning borliq bilan uyg‘unligi va ziddiyati lirik psixologizmning metaforiklashuvi orqali namoyon bo‘lganligi yoritilganiga doir ma’lumotlardan №90-01/38-son “Jadidlarning jamiyat huquqiy madaniyatini shakllantirishga ta’siri” nomli davlat granti loyihasida foydalanilgan. (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot Markazining 2025-yil 19-iyuldagi №ML01/011-43-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan kitob va ilmiy maqolalarda lirik psixologizmning metaforiklashuvi muammosiga oid ilmiy-nazariy xulosalarini boyitish imkonini bergan;
lirik psixologizmning metaforiklashuvida psixologik portretning tashqi qiyofa, tashqi xatti-harakatlar, tashqi shakli shamoyili aks etuvchi dinamik, qahramonning taxayyul olamidagi ziddiyatlar, botiniy his-tuyg‘ular, ichki kechinmalari ifoda topuvchi analitik, qahramonning ruhiy olami uning xatti-harakatlari, qiyofasi, fikri va hissiyotlari dialektikasi bilan birlikda namoyon bo‘luvchi sintetik kabi prinsiplar dalillanganiga xulosalardan Qashqadaryo teleradiokompaniyasining “Qashqadaryo axboroti” ko‘rsatuvida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-martdagi 17-01/74-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning qiziqarli va jonli bo‘lishi, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, xususan, she’riyatida shoiralar ijodi mavzusining keng yoritilishi imkonini bergan.