Xurramova Dilobar Muxtorovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oqova suv va uni tozalash tizimi terminologiyasi” 10.00.01 – O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4546 
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalqaro innovatsion universitet. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, prof. Xo‘jamurod Jabborov; filologiya fanlari doktori, dotsent Baxodir Suyunov Turdievich. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o’zbek tili terminosistemasidagi oqova suv terminlarining struktur, semantik, derivatsion, leksikografik xususiuatlarini aniqlash, mavzuviu guruhlarini belgilash, dissertatsiua natijalarini “O’zbek tili oqova suv va uni tozalash tizimi terminlarining izohli illuustrativ lug‘ati”ni tuzishga tatbiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili leksik tizimida oqova suv va uni tozalash terminlari alohida mikrosistema sifatida mavjudligi, uning semantik va funksional yaxlitlik sifatida tilning leksik makrosistemasidan mustaqil o‘rin egallashi asoslangan;
oqova suv va uni tozalash sistemasiga oid o‘zbekcha terminlar mavzu doirasida to‘rtta makro guruhga ajratilib, har bir guruhning ichki kichik lugʻaviy-maʼnoviy guruhlarga ega ekani hamda bu holat terminlar semantik tuzilmasining murakkabligini ko‘rsatib berishi dalillangan;
oqova suv sohasidagi terminlarning formal-struktur xususiyatlari umumtil birliklaridan farq qilishi, ular tarkibida sodda, qo‘shma, birikmali va qisqartma terminlar mavjudligi, birikmali terminlar sakkiztagacha (tindirgich, qumtutkich, biofiltrlash, KKE (kislorodga kimyoviy ehtiyoj), oqova suvlardagi og‘ir metall ionlarini reagent usulida tozalash) aʼzoli birliklar shaklida tuzilishi isbotlangan;
oqova suvni zamonaviy tozalash usullariga aloqador ko‘pgina tushunchalar ruscha-baynalmilal lug‘aviy birliklar bilan ifodalanib kelinganligi sababli, ularni o‘zbek tili talaffuz me’yorlariga to‘g‘ri keladigan holatda va yarim kalkalashtirish usulidan foydalanib o‘zlashtirish lozimligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oqova suv va uni tozalash tizimi terminologiyasi talqini yuzasidan olingan ilmiy tahlil, xulosa hamda natijalar asosida: 
til sistemasida alohida mikrotizim sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan oqova suv va uni tozalash tizimi bilan bog‘liq terminlar va ularning leksikografik tahliliga oid  natijalardan 2017–2018-uillarda bajarilgan OT-A1-018 “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliua terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini uaratish” mavzusidagi amaliu tadqiqot louihasida foudalanilgan (Alisher Navoiu nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-uil 24-maudagi 04/1-1341-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida amalga oshirilgan elektron va ko‘p tilli lug‘atlarni yaratishga oid materiallar bilan boyitish imkonini beradi.
Tadqiqotda ilgari surilgan oqova suv va uni tozalash jarayonlarida qo‘llaniladigan terminlarni to‘g‘ri ifodalash, qadimda xalqimiz foydalanib kelgan sohaga tegishli leksik birliklar, ularning xususiyatlari haqida, shuningdek, mazkur terminlarni ilmiy tadqiq etish va tartibga keltirish borasidagi ilmiy ma’lumotlar, tahliliy fikrlar va tavsiyalarni ommalashtirish muhim ekanligi dalillanganiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyati televideniyasi 2024-yilning 22-noyabrida efirga uzatilgan “Fayzli kun” dasturida “Suv – hayot manbai”, “Najot bilimda” eshittirishlarida foydalanilgan (2024-yil 22-noyabrdagi 17-02a-313-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur davomida o‘zbek tili oqova suv va tozalash tizimi bilan bog‘liq terminlarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, mazkur terminlarning o‘zbek adabiy tili rivojidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
Oqova suv terminlarining izohli lug‘atini tuzishga asos bo‘luvchi so‘z va terminlarni leksikografik tamouillar asosida tanlash, soddalik, aniqlik, ixchamlik mezonlarini belgilash asosida “O‘zbek tili oqova suv va uni tozalash tizimi terminlarining illuustrativ-izohli lug‘ati” (ISBN 978-9910-698-45-3/27.02.2025) tuzilgan. Natijada o‘zbek tilidagi oqova suv va tozalash tizimi terminlarining qo‘llanishiga aniqlik kiritilgan va lug‘atning izohli variantini uaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish