Djuraboev Maqsudbek Karimbek o‘g‘lining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik amaliyotining dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish (“Pedagogika” ta’lim yoʻnalishi misolida)”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped4109
Ilmiy rahbar: Medatov Asilbek Abduvalievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Yo‘lchiev Shaxriyor Xusanovich, Fizika-matematika fanlari doktori, professor, Eshnazarova Marg‘ubaxon Yunusalievna pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik amaliyotining dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish va ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik amaliyotini dasturiy ta’minoti mazmuni pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan elektron ta’lim platformalarini (e-learning, Moodle, Google Classroom, Blackboard) dasturiy-metodik ta’minotni tarkibiy qismlari (dasturiy vositalar, ta’lim platformalari, ta’lim resurslari boshqaruvi, analitik dasturiy ta’minot) bilan moslashtirgan holatda qo‘llash va didaktik imkoniyatlarini amaliy baholash orqali aniqlashtirilgan; 
ta’limni raqamlashtirish sharoitida pedagogik oliy ta’lim muassalari talabalarining pedagogik amaliyoti dasturiy-metodik ta’minoti talabalarning bilim darajasiga moslashtirilgan va har bir talabaning ehtiyojiga mos ta’lim yondoshuvlarini qo‘llagan holda shakllantirilgan texnologiyalarni (“Darsga tashrif kartasi”, “Darsning tizimli tahlili va dars samaradorligini baholash”, “o‘z faoliyatini tahlil qilish” varaqalari hamda “konspektlashtirishning indeks metodi”) amaliyot jarayonini monitoring qilish va talabalar kasbiy rivojlanish yo‘nalishlariga (refleksiv tahlil, formativ baholash, kasbiy refleksiya, diagnostik monitoring, pedagogik kuzatuv) ichki birlashtirish asosida takomillashtirilgan;
“Pedagogika” ta’lim yo‘nalishi talabalari pedagogik amaliyotining dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirishning mazmun va mexanizmi pedagogik hamkorlik,  onlayn maslahat berish va mentorlik tizimini (virtual mentorlik, kolloborativ o‘rganish, kasbiy tarmoq, o‘z-o‘zini baholovchi mentorlik) pedagogik amaliyot jarayonini real vaqt rejimida qo‘llab-quvvatlash va o‘z-o‘zini baholash (interaktiv, mobil, o‘zaro baholash va real vaqtli)ni tadbiq etish asosida rivojlantirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik amaliyotining dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish modeli raqamli pedagogikaning metodik usul va vositalarini (raqamli o‘qitish modullari, mikro o‘rganish, elektron portfoliolar, mobil ilovalar) aralash, talabalarning bilim darajasiga hamda har bir talabaning ehtiyojiga mos ta’lim modellarining texnologik imkoniyatlariga moslashtirilgan hamda o‘quv jarayonini boshqarish va natijadorligini baholash  asosida takomillashtirilgan.  
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan elektron ta’lim platformalarini dasturiy-metodik ta’minotni tarkibiy qismlari bilan adaptiv qo‘llash va didaktik imkoniyatlarini implementatsion baholash orqali aniqlashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik amaliyotini dasturiy ta’minoti mazmuniga doir fikr-mulohaza va takliflar “Kompyuter grafikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 55078-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik amaliyotini metodik jihatdan samarali tashkil etish maqsadida dasturiy-metodik ta’minotni takomillashtirish yo‘nalishlari aniqlashtirilgan;  
raqamli pedagogikaning metodik usul va vositalarini  gibrid, differensial hamda adaptiv ta’lim modellarining texnologik imkoniyatlariga korrelatsiya hamda o‘quv jarayonini boshqarish va natijadorligini baholash  asosida takomillashtirilgan “Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik amaliyotining dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish modeli” “Elementar matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 55077-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim jarayonida fanlar mazmunini pedagogik amaliyot bilan integratsiyalash o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish