Mahmudova Zulfiya Xomidovnaning Pedagogika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit-modul tizimida talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash metodikasi” 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped2377
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Abdurahimova Dilfuza Alievna
Yetakchi tashkilot: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Kredit-modul tizimida talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va mezonlari rahbarga xos kasbiy kompetensiyalarni tizimli rivojlantirish, kadrlar tayyorlashga qo‘yilgan talablarni optimallashtirish orqali metodik resurslarni ta’lim obekti bilan uyg‘unligini ta’minlash jarayoni ilk bor ta’limning zamonaviy kontekstida ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quv-bilish faoliyatida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini reproduktivligini ta’minlash orqali talabalarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishning professional aspektda rivojlantirishga yo‘naltirishda diagnostik va prognostik monitoringini tashkil etishning metodik aprobatsiyasi va intensiv rivojlantirishga konstruktiv shart-sharoitlari aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashning modifikatsion modeli, dual ta’lim, praksiologik faoliyat, dars va darsdan tashqari o‘quv-bilish jarayonining o‘zaro integralligini ta’minlash asosida refleksiv-ijodiy faoliyatni boshqaruv kompetensiyasiga identifikatsiya qilish tizimi takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashning amaliy metodik ta’minoti, pedagogik ta’lim muhitida kooperativ loyihalash metodologiyasini (modulli, keys-stadi, loyihaviy ta’lim va enerjayzer) modellashtirish orqali akademik va eksperimental faoliyat komponentlarni egallash dinamikasinining progressiv barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini MTTlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashda kredit-modul tizimidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va mezonlari rahbarga xos kasbiy kompetensiyalarni tizimli rivojlantirish, kadrlar tayyorlashga qo‘yilgan talablarni optimallashtirish orqali metodik resurslarni ta’lim obekti bilan uyg‘unligini ta’minlash jarayoni ilk bor ta’limning zamonaviy kontekstida ochib berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i asosida berilgan 537-081 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni MTTlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
o‘quv-bilish faoliyatida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini reproduktivligini ta’minlash orqali talabalarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishning professional aspektda rivojlantirishga yo‘naltirishda diagnostik va prognostik monitoringini tashkil etishning metodik aprobatsiyasi va intensiv rivojlantirishga konstruktiv shart-sharoitlarini aniqlashtirishga oid takliflar PZ – 20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan 2024-yil 30-apreldagi 11-05-1928/04-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘quv-bilish faoliyatini talabalarda MTTlarini maqsadli boshqarish kompetensiyalarini shakllantirishga erishilgan;
kredit-modul tizimida talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashning modifikatsion modeli, dual ta’lim, praksiologik faoliyat, dars va darsdan tashqari o‘quv-bilish jarayonining o‘zaro integralligini ta’minlash asosida refleksiv-ijodiy faoliyatni boshqaruv kompetensiyasiga identifikatsiya qilish tizimini takomillashtirishga oid takliflardan oliy ta’lim muassasalarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi ixtisoslik fanlarini o‘qitish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi 03-33-72-sonli ma’lumotnamasi). Natijada talabalarni kredit-modul tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari yaratilgan;
kredit-modul tizimida talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashning amaliy metodik ta’minoti, pedagogik ta’lim muhitida kooperativ loyihalash metodologiyasini (modulli, keys-stadi, loyihaviy ta’lim va enerjayzer) modellashtirish orqali akademik va eksperimental faoliyat komponentlarni egallash dinamikasinining progressiv barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i asosida berilgan 537-081 raqamli nashr ruxsatnomasi bilan chop etilgan “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan shuningdek, kredit-modul tizimida talabalarni MTTlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash jarayoni (ijtimoiy-psixologik treninglar, ishbop o‘yinlar)ni qo‘llash orqali takomillashtirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan 2024-yil 30-apreldagi 11-05-1928/04-sonli dalolatnomasi). Natijada kredit-modul tizimida talabalarni MTTlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga erishilgan.