Umarova Zaxro Abduraxim qizining fan doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirish”. 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. DSc/Ped661.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljahon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor, Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor, Ergashov Muhammadrasul, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mustaqil ta’limni tashkil etishning kompetentli, faoliyatli, interaktiv hamkorlikka yo‘naltirilgan metodologik yondashuvlarini kooperativ va kolloborativ ta’lim muhitiga moslashgan mazmun, mustaqil ishni tashkil etishning metakognitiv rivojlantiruvchi topshiriqlari va texnologik vositalariga moslashtirish hamda topshiriqlarni bajarishda tahliliy, tarixiy va sinergetik o‘rganishni transformatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish paradigmasi XXI asr transversal va transformativ kompetensiyalarini aniqlashtirish, talaba va ish beruvchi ehtiyojlarini individual o‘quv traektoriyalariga kooperatsiyalash hamda kognitiv strategiyalarga sinxron moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minoti mazmuni talabalar mustaqil tayyorgarligiga qo‘yiladigan metodik, didaktik, psixologik, raqamli - texnologik, ijtimoiy - kommunikativ talablarni raqamli transformatsiya muhitiga bosqichma-bosqich integratsiyalash, mustaqil tayyorgarlik tuzilmasi(maqsad qo‘yish, rejalashtirish, o‘rganish faoliyati, nazorat va baxolash, taxlil va rivojlanish)ni dasturiy-intellektual resursga kiritish, hamda individual o‘quv traektoriyasini ta’lim jarayonidagi muammolarni hal qilishda interpolyasiyalash, prognozlash va shaxsiy rivojlanish dinamikasini nazorat qilishga qaratilgan raqamli o‘quv ekotizimini bosqichma – bosqich yaratish asosida takomillashtirilgan;
dasturiy-didaktik ta’minot vositasida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish modeli strategik maqsadlarni amalga oshirishdagi yondashuvlarni raqamli tashkiliy omillariga uyg‘unlashtirish transversal va transformativ kompetensiyalarni raqamli pedagogik dasturiy vositalariga funksional integratsiyalash, sun’iy intellekt asosidagi “virtual support” xizmatini taklif etish orqali talabaning metakognitiv salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan raqamli ta’lim platformasining shart-sharoitlarini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy-didaktik ta’minot vositasida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi — METosphere 2.0 texnologiyasi orqali shaxsiylashtirilgan o‘quv traektoriyasini proeksiyalash, A-STEP metodikasi asosida o‘qish jarayonini rejalashtirish va baholash, tajriba orqali o‘rganishni ta’minlovchi interaktiv usullar, hamkorlikka asoslangan o‘zaro o‘rganish va tengdoshlar bilan bilim almashishni rag‘batlantiruvchi yondashuvlar orqali talabaning T-shaklidagi mutaxassis kadr sifatida ta’lim olish samaradorligining dinamikligini ta’minlash, hamda murakkab tushunchalarni soddalashtirib, qayta tushuntirish orqali metakognitiv salohiyatni rivojlantiruvchi Feynman technique metodini integratsiyalash orqali samarali o‘quv odatlarini shakllantirish, o‘suvchi fikrlash tarzini talaba-o‘qituvchi-resurs bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mustaqil ta’limni tashkil etishning kompetentli, faoliyatli, interaktiv xamkorlikka yo‘naltirilgan metodologik yondashuvlarini kooperativ va kolloborativ ta’lim muhitiga moslashgan mazmun, mustaqil ishni tashkil etishning metakognitiv rivojlantiruvchi topshiriqlari va texnologik vositalariga moslashtirish hamda topshiriqlarni bajarishda tahliliy, tarixiy va sinergetik (ko‘p tarmoqli) o‘rganishni transformatsiyalash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Application of Information technologies in professional activity” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 4-iyundagi 11-05-3679/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mustaqil ta’limning takomillashgan mazmuni, pedagogik shart-sharoitlari, mustaqil ishni tashkil etishning zamonaviy turli shakl va vositalari “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fani bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ta’lim jarayoni mazmuniga singdirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish paradigmasi XXI asr transversal va transformativ kompetensiyalarini aniqlashtirish, talaba va ish beruvchi ehtiyojlarini individual o‘quv traektoriyalariga kooperatsiyalash hamda kognitiv strategiyalarga sinxron moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 4-iyundagi 11-05-3679/04-raqamli ma’lumotnomasi); Natijada, raqamli ta’lim sharoitida talabalarning mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish jarayonini individual yondoshuv va jamoaviy hamkorlik uyg‘unligida amalga oshiriladigan, transversal va transformativ kompetensiyalarga tayanuvchi yangi ta’lim paradigmasi asosida tashkil etishga erishilgan;
raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minoti mazmuni talabalar mustaqil tayyorgarligiga qo‘yiladigan metodik, didaktik, psixologik, raqamli - texnologik, ijtimoiy - kommunikativ talablarni raqamli transformatsiya muhitiga bosqichma-bosqich integratsiyalash, mustaqil tayyorgarlik tuzilmasi(maqsad qo‘yish, rejalashtirish, o‘rganish faoliyati, nazorat va baxolash, taxlil va rivojlanish)ni dasturiy-intellektual resursga kiritish, hamda individual o‘quv traektoriyasini ta’lim jarayonidagi muammolarni hal qilishda interpolyasiyalash, prognozlash va shaxsiy rivojlanish dinamikasini nazorat qilishga qaratilgan raqamli o‘quv ekotizimini bosqichma – bosqich yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik dasturiy vositalar yaratish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 4-iyundagi 11-05-3679/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada raqamli ta’lim sharoitida talabalarning mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minoti mazmuni yanada takomillashtirilib, mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning individual o‘quv traektoriyalarini to‘liq shakllantirishga imkon yaratishga erishildi;
dasturiy-didaktik ta’minot vositasida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish modeli strategik maqsadlarni amalga oshirishdagi yondashuvlarni raqamli tashkiliy omillariga uyg‘unlashtirish transversal va transformativ kompetensiyalarni raqamli pedagogik dasturiy vositalariga funksional integratsiyalash, sun’iy intellekt asosidagi “virtual support” xizmatini taklif etish orqali talabaning metakognitiv salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan raqamli ta’lim platformasining shart-sharoitlarini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Application of Information technologies in professional activity” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 4-iyundagi 11-05-3679/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada raqamli ta’lim ekotizimining funksional integratsiyasi, intellektual resurslar va raqamli vositalarning sinergiyasi talabalarga mukammal individual o‘qish traektoriyalarini yaratish imkonini berdi;
dasturiy-didaktik ta’minot vositasida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi — METosphere 2.0 texnologiyasi orqali shaxsiylashtirilgan o‘quv traektoriyasini proeksiyalash, A-STEP metodikasi asosida o‘qish jarayonini rejalashtirish va baholash, tajriba orqali o‘rganishni ta’minlovchi interaktiv usullar, hamkorlikka asoslangan o‘zaro o‘rganish va tengdoshlar bilan bilim almashishni rag‘batlantiruvchi yondashuvlar orqali talabaning T-shaklidagi mutaxassis kadr sifatida ta’lim olish samaradorligining dinamikligini ta’minlash, hamda murakkab tushunchalarni soddalashtirib, qayta tushuntirish orqali metakognitiv salohiyatni rivojlantiruvchi Feynman technique metodini integratsiyalash orqali samarali o‘quv odatlarini shakllantirish, o‘suvchi fikrlash tarzini talaba-o‘qituvchi-resurs bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 4-iyundagi 11-05-3679/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kompleks metodik yondashuvlarni dasturiy-didaktik ta’minot tizimiga integratsiya qilish talabalarning mustaqil tayyorgarlik jarayonini nafaqat tuzilmaviy va mazmunan boyitdi, balki uni shaxsiylashtirilgan, interaktiv va hamkorlikka asoslangan ta’lim muhitida amalga oshirish imkonini yaratdi.