Andaeva Shaxnoz Sanaqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Yangilanayotgan o‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6298
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Diyorjon Nodirjon o‘gʻli, tarix fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Boboyorov Shuhrat Suvanqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasining pedagogik imkoniyatlari ajdodlarimiz merosi, obektiv va subektiv omillar ta’siri va ma’naviy-madaniy taraqqiyotning proporsionalligini ta’minlash hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning transsendental va sotsiotsentrik mazmunini ta’limiy maqsadlar talablariga maqbul uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish jarayoni milliylikka xos ongni ajdodlarimizning falsafiy qarashlariga ko‘ra tarkib toptirish, tarixiy tafakkurni rivojlantirishda tarixiy quiz, tarixiy bild up, tarixiy storytelling, tarixiy bingo, loyiha va Case study texnologiyalaridan ratsional foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishgan;
yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish modeli madaniy muhit bilan keng muloqotni o‘rnatish, ta’limiy funksiyalarini ierarxik aniqlashtirish, aksiologik yondashuvning amaliy natijadorligiga erishish hamda shaxsiy sifatlarni ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash, umumbashariy meros durdonalariga ongli munosabatni tarkib toptirishning imkoniyatlarini tasniflash asosida takomillashtirishgan;
yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish samaradorligi vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan insonparvarlik, tolerantlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, tarixiy an’analarni saqlab qolish va unga sodiqlik tamoyiliga ko‘ra jahon hamjamiyatiga integratsiyalashning pedagogik infratuzilmasini intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasining pedagogik imkoniyatlari ajdodlarimiz merosi, obektiv va subektiv omillar ta’siri va ma’naviy-madaniy taraqqiyotning proporsionalligini ta’minlash hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning transsendental va sotsiotsentrik mazmunini ta’limiy maqsadlar talablariga maqbul uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025-yil 11-iyuldagi №22-01-211/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga qulay sharoit yaratilgan.
yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish jarayoni milliylikka xos ongni ajdodlarimizning falsafiy qarashlariga ko‘ra tarkib toptirish, tarixiy tafakkurni rivojlantirishda tarixiy quiz, tarixiy bild up, tarixiy storytelling, tarixiy bingo, loyiha va Case study texnologiyalaridan ratsional foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025-yil 11-iyuldagi №22-01-211/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish modeli madaniy muhit bilan keng muloqotni o‘rnatish, ta’limiy funksiyalarini ierarxik aniqlashtirish, aksiologik yondashuvning amaliy natijadorligiga erishish hamda shaxsiy sifatlarni ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash, umumbashariy meros durdonalariga ongli munosabatni tarkib toptirishning imkoniyatlarini tasniflash asosida takomillashtirishga oid takliflar “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli darslik mazmuniga (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025-yil 11-iyuldagi №22-01-211/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning mazmuni boyitilgan.
yangilanayotgan O‘zbekistonda talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish samaradorligi vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan insonparvarlik, tolerantlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, tarixiy an’analarni saqlab qolish va unga sodiqlik tamoyiliga ko‘ra jahon hamjamiyatiga integratsiyalashning pedagogik infratuzilmasini intensivlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025-yil 11-iyuldagi №22-01-211/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning didaktik mazmuni rivojlantirilgan.