Axatov Yo‘ldosh Hamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P930. 
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Maqsadova Mexriniso Sayxonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘smirlik davridagi psixofiziologik o‘zgarishlar irodaviy sifatlarning beqaror va qarama-qarshi xususiyatlariga bog‘liq emansipatsiya reaksiyasini kuchayishiga ta’sir etib motivlar kurashidagi ziddiyatlarni yuzaga keltirganligi tufayli maqsadga intiluvchanlikni strategik, barqaror shaklda rivojlanishini tormozlovchi omil ekanligi dalillangan;
o‘smirlik davrining yoshga oid psixologik xususiyatlariga ko‘ra, shaxsni ijtimoiy munosabatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishi uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini tanqdiy fikrlash asosida shakllanishiga olib kelganligi tufayli regulyativ mexanizmlarga refleksiv sifatlarni rivojlantirish orqali adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan;
o‘smirlik davrida irodaviy sifatlarni shakllantirish uchun shaxsning o‘z kechinmalari, fikrlarini nazorat qilish ko‘nikmalarini “mindfulness” psixotexnikasi ta’sirida maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, o‘zini boshqarish xususiyatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib irodaviy akt intereorizatsiyasida refleksiv rivojlanishni ta’minlash muhimligi dalillangan;
o‘smirlik davrida irodaviy sifatlarni shakllantirish uchun “maqsadni belgilash-motivatsion ikkilanish-qaror qabul qilish-qarorni ijrosi” bilan bog‘liq psixologik mexanizmlarni yoshga oid avtonomiyalar va inqirozlar negizida namoyon bo‘lishini hisobga olish muhimligi tufayli shaxs motorik, emotsional-motivatsion, ijtimoiy sohasiga tolerantlik xususiyatlarini rivojlantirish orqali ta’sir ko‘rsatish zarurati isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“O‘smirlarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari”ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlik davridagi psixofiziologik o‘zgarishlar irodaviy sifatlarning beqaror va qarama-qarshi xususiyatlariga bog‘liq emansipatsiya reaksiyasini kuchayishiga ta’sir etib motivlar kurashidagi ziddiyatlarni yuzaga keltirganligi tufayli maqsadga intiluvchanlikni strategik, barqaror shaklda rivojlanishini tormozlovchi omil ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-385-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-385a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan; 
o‘smirlik davrining yoshga oid psixologik xususiyatlariga ko‘ra, shaxsni ijtimoiy munosabatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishi uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini tanqdiy fikrlash asosida shakllanishiga olib kelganligi tufayli regulyativ mexanizmlarga refleksiv sifatlarni rivojlantirish orqali adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-385-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-385a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda irodaviy sifatlarni shakllantirishni tadqiq qilishga oid psixodiagnostik tekshiruvlarni amalga oshirilgan;
o‘smirlik davrida irodaviy sifatlarni shakllantirish uchun shaxsning o‘z kechinmalari, fikrlarini nazorat qilish ko‘nikmalarini “mindfulness” psixotexnikasi ta’sirida maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, o‘zini boshqarish xususiyatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib irodaviy akt intereorizatsiyasida refleksiv rivojlanishni ta’minlash muhimligi dalillanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-385-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-385a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda irodaviy sifatlarni shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar tahlil qilingan;
o‘smirlik davrida irodaviy sifatlarni shakllantirish uchun “maqsadni belgilash-motivatsion ikkilanish-qaror qabul qilish-qarorni ijrosi” bilan bog‘liq psixologik mexanizmlarni yoshga oid avtonomiyalar va inqirozlar negizida namoyon bo‘lishini hisobga olish muhimligi tufayli shaxs motorik, emotsional-motivatsion, ijtimoiy sohasiga tolerantlik xususiyatlarini rivojlantirish orqali ta’sir ko‘rsatish zarurati isbotlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-385-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-385a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda irodaviy sifatlarni shakllanishiga mo‘ljallangan psixologik trening dasturlarini ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi baholangan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish