Norqulov Lutfullo Mamarajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8465.
Ilmiy rahbar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Xolmurod Abdullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim vositalarining roli va vazifalarini kompleks diagnostik, analitik va komparativ tahlil qilish, raqamli texnologiyalardan foydalanishda kasbiy faoliyat xususiyatlarini hisobga olish hamda pedagogik yondashuvlar, didaktik tamoyillar va innovatsion texnologiyalar integrativligi izchilligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini rivojlantirish modeli ta’limda izchillikni ta’minlashga qaratilgan didaktik-kommunikativ va innovatsion-axborot muhitini yaratish, raqamli ta’limning innovatsion, integrativ yondashuvlarni tizimlilik, ilmiylik, izlanuvchanlik, moslashuvchanlik tamoyillari mazmuniga singdirish hamda individual ta’lim dasturlarini yaratishga qaratilgan raqamli platformalar, multimedia resurslari va o‘quv modullarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minot mazmuni kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan didaktik talablar, pedagogik tamoyillarga asoslangan ta’lim traektoriyasini shakllantirish, mazmuniy-tuzilmaviy, didaktik-uslubiy, faollik va o‘zaro-aloqadorlik komponentlarini vizual-funksional, innovatsion, rivojlantiruvchi mashqlar va multimodal ta’lim resurslari bilan boyitish, hamda loyihaviy modellashtirishni algoritmik ketma-ketlikda uzlyuksiz diversifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentlikligini rivojlantirish samaradorligi ta’lim vositalari va o‘quv bosqichlarini tashabbuskorlik, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi kasbiy va shaxsiy sifatlarning namoyon bo‘lishiga erishish, faol, innovatsion, ilmiy ijodiy metodlarni qo‘llash asosida kasbiy kompetentlikning motivatsion-kognitiv, amaliy-faoliyatli va kreativ-refleksiv mezonlarni baholash darajalariga mutanosibligini ta’minlash hamda sifat ko‘rsatkichlarining dinamik o‘sishini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga oid natijalar asosida:
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim vositalarining roli va vazifalarini kompleks diagnostik, analitik va komparativ tahlil qilish, raqamli texnologiyalardan foydalanishda kasbiy faoliyat xususiyatlarini hisobga olish hamda pedagogik yondashuvlar, didaktik tamoyillar va innovatsion texnologiyalar integrativligi izchilligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlikligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish imkoni yaratilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini rivojlantirish modeli ta’limda izchillikni ta’minlashga qaratilgan didaktik-kommunikativ va innovatsion-axborot muhitini yaratish, raqamli ta’limning innovatsion, integrativ yondashuvlarni tizimlilik, ilmiylik, izlanuvchanlik, moslashuvchanlik tamoyillari mazmuniga singdirish hamda individual ta’lim dasturlarini yaratishga qaratilgan raqamli platformalar, multimedia resurslari va o‘quv modullarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentlikligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minot mazmuni kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan didaktik talablar, pedagogik tamoyillarga asoslangan ta’lim traektoriyasini shakllantirish, mazmuniy-tuzilmaviy, didaktik-uslubiy, faollik va o‘zaro-aloqadorlik komponentlarini vizual-funksional, innovatsion, rivojlantiruvchi mashqlar va multimodal ta’lim resurslari bilan boyitish, hamda loyihaviy modellashtirishni algoritmik ketma-ketlikda uzlyuksiz diversifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlikligini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentlikligini rivojlantirish samaradorligi ta’lim vositalari va o‘quv bosqichlarini tashabbuskorlik, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi kasbiy va shaxsiy sifatlarning namoyon bo‘lishiga erishish, faol, innovatsion, ilmiy ijodiy metodlarni qo‘llash asosida kasbiy kompetentlikning motivatsion-kognitiv, amaliy-faoliyatli va kreativ-refleksiv mezonlarni baholash darajalariga mutanosibligini ta’minlash hamda sifat ko‘rsatkichlarining dinamik o‘sishini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligini takomillashtirishga erishilgan.