Zaynieva Madina Xurshidjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Global sintaktik strukturalar va ularda predikativlikning ifodalanishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2247
Ilmiy rahbar: Turniyozov Ne’mat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Sulaymonova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ziyaev Avaz Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi global sintaktik strukturalarning shakllanishi va ulardagi predikativlik tahlili orqali matnning formal-struktur hamda mazmuniy sintaksis nuqtayi nazaridan nutqiy jihatlarini hamda kommunikativ, derivatsion, formal-stuktur va funksional-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
global sintaktik strukturalarning shakllanishi va ulardagi predikativlikning tahliliga doir mavjud qarashlarning jahon, ingliz va o‘zbek tilshunosligidagi yutuqlari umumnazariy yondashuv asosida til materialiga tatbiq etilgan, matn tushunchasi hamda unda mujassam bo‘lgan global sintaktik strukturaning formal-struktur, semantik-sintaktik mohiyati ochib berilgan;
global sintaktik struktura tushunchasi hozirgi ingliz va o‘zbek tillari materialida alohida-alohida analiz qilingan va shu asosda matn tushunchasining lingvistik tavsifi belgilangan, matnning global sintaktik struktura sifatidagi xususiyatlari predikativlik hodisasining tavsifiga doir semantik sintaktikasi nazariy va formal sintaktikasi amaliy tomondan aniqlangan;
inglizcha va o‘zbekcha matnlar global sintaktik qurilma ekani, sodda sintaktik qurilma, murakkab sintaktik qurilma va abzats uning komponenti maqomida namoyon bo‘lishi dalillangan;
predikativlik tushunchasi tavsiflanib, uning mohiyati ingliz va o‘zbek tillari misolida ochib berilgan, bu orqali predikativlikning zamonaviy tilshunoslikdagi ahamiyati belgilanib, sodda va murakkab sintaktik qurilmalarning matndagi maqomi va ularda predikativlik ifodasi yagona markazga bo‘ysunishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Global sintaktik strukturalar shakllanishi hamda predikativlik tahlili tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
global sintaktik strukturalarning shakllanishi va ulardagi predikativlikning tahliliga doir mavjud qarashlarning jahon, ingliz va o‘zbek tilshunosligidagi yutuqlari umumnazariy yondashuv asosida til materialiga tatbiq etilgani, matn tushunchasi hamda unda mujassam bo‘lgan global sintaktik strukturaning formal-struktur, semantik-sintaktik mohiyati ochib berilgani haqidagi ilmiy qarashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 12-fevraldagi 60-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
global sintaktik struktura tushunchasi hozirgi ingliz va o‘zbek tillari materialida alohida-alohida analiz qilingan va shu asosda matn tushunchasining lingvistik tavsifi belgilangan, matnning global sintaktik struktura sifatidagi xususiyatlari predikativlik hodisasining tavsifiga doir semantik sintaktikasi nazariy va formal sintatikasi amaliy tomondan aniqlangan natijalaridan; inglizcha va o‘zbekcha matnlar global sintaktik qurilma ekani, sodda sintaktik qurilma, murakkab sintaktik qurilma va abzats uning komponenti maqomida namoyon bo‘lishiga oid dalillardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 13-fevraldagi 430/02-son ma’lumotnomasi). Natijada global sintaktik struktura tushunchasining filologik ta’limdagi zamonaviy asoslarining tavsiflanishi takomillashtilishi ta’minlangan va shu asosda matn tushunchasining tavsifi, matnning global sintaktik struktura sifatidagi xususiyatlari predikativlik hodisasining tavsifi konkretlashtilishiga erishilgan;
predikativlik tushunchasi tavsiflanib, uning mohiyati ingliz va o‘zbek tillari misolida ochib berilgan, bu orqali predikativlikning zamonaviy tilshunoslikdagi ahamiyati belgilanib, sodda va murakkab sintaktik qurilmalarning matndagi maqomi va ularda predikativlik ifodasi yagona markazga bo‘ysunishi aniqlanganligi to‘g‘risidagi xulosalaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2025-yil 4-fevraldagi 46/01-01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash amaliy loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar to‘plamining hamda til korpusi haqidagi olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
inglizcha va o‘zbekcha matnlar global sintaktik qurilma ekani, sodda sintaktik qurilma, murakkab sintaktik qurilma va abzats uning komponenti maqomida namoyon bo‘lishi haqida Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim. Ilmiy uslubiy jurnalida “Global sintaktik struktura tushunchasi xususida”, “Matn global sintaktik qurilma sifatida” hamda Til, tarjima, ta’lim xalqaro jurnalida “Global sintaktik struktura tushunchasi va uning komponentlari xususida ayrim mulohazalar”, “Matnning global sintaktik qurilma sifatidagi tabiati va uning ingliz tilshunosligida o‘rganilishiga bir nazar”, “Murakkab sintaktik butunlik global sintaktik qurulmalarning konstituvtiv komponenti sifatida” maqolalarida foydalanilgan. Natijada fikrlar umumlashtirilib, nazariy xulosalar chiqarilgan. Global sintaktik strukturalarning shakllanishi va ulardagi predikativlikning tahliliga doir mavjud qarashlarning jahon, ingliz va o‘zbek tilshunosligidagi o‘rganilish holatini yoritish, tahlil qilish, matn tushunchasi va unda mujassam bo‘lgan global sintaktik strukturaning ilmiy mohiyati ochib berilgan.