Maxmudova Sevara Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tarbiya jarayonida o‘quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped8994.
Ilmiy rahbar: Umaralieva Muxayyo Abdugaparovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), k.i.x.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Rejametova Nilufar Ilhamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish va ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish jarayonining mazmuni yosh avlodning hissiyoti, estetik didini yuksaltirishga ko‘ra musiqiy bilim, amaliy ko‘nikma, estetik his-tuyg‘u va ijodiy qobiliyatlar hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni musiqa asarlaridagi ma’naviy mazmunni tahlil qilish asosida integratsiyalangan mavzularga induktiv tarbiya usullari (misollar orqali axloqiy xulosa chiqarish)ni kiritish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda musiqiy madaniyatni shakllantirish texnologiyalari musiqiy-hissiy ta’sirni kuchaytirish bosqichlarida interfaol tarbiya usullarni milliy kontentlar bilan jahon musiqasining turli janrlaridagi ma’naviy qadriyat va milliy iftixor tuyg‘usiga asoslangan musiqalarni birga qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
milliy tarbiyaga ko‘ra o‘quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish modeli maqom san’ati hamda xalq kuy-qo‘shiqlari orqali hissiy munosabatni rivojlantirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan xalq an’analari va musiqiy qadriyatlarga asoslangan mavzularni kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda musiqiy madaniyatni shakllanganlik darajasini aniqlash mezoni shaxsning musiqa ko‘nikmalari (tinglash, tushunish, his etish, ijro etish, ijodiy munosabat bildira olish)ga ko‘ra yuqori (musiqaga yuqori qiziqish, bilim va ijro mahoratlari, ijodiy yondashuv), o‘rta (musiqaga barqaror qiziqish, asosiy bilim va ko‘nikmalarga ega), quyi (musiqaga qiziqish kam, bilim va ko‘nikmalar etarli emas) darajalarida baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘quvchilarini musiqiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan asosida:
o‘quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish jarayonining mazmuni yosh avlodning hissiyoti, estetik didini yuksaltirishga ko‘ra musiqiy bilim, amaliy ko‘nikma, estetik his-tuyg‘u va ijodiy qobiliyatlar hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni musiqa asarlaridagi ma’naviy mazmunni tahlil qilish asosida integratsiyalangan mavzularga induktiv tarbiya usullarini kiritish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihani (2024-2025 yy.) amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 7-fevraldagi 01/09-47-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish jarayonining mazmuni milliy qadriyatlarni musiqa asarlaridagi ma’naviy mazmunni tahlil qilish asosida integratsiyalangan mavzularga induktiv tarbiya usullariga kiritish orqali takomillashtirishga erishilgan.
o‘quvchilarda musiqiy madaniyatni shakllantirish texnologiyalari musiqiy-hissiy ta’sirni kuchaytirish bosqichlarida interfaol tarbiya usullarni milliy kontentlar bilan jahon musiqasining turli janrlaridagi ma’naviy qadriyat va milliy iftixor tuyg‘usiga asoslangan musiqalarni birga qo‘llash asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari “Musiqanoma”, “Musiqa haqida hikmatlar va aforizmlar” o‘quv qo‘llamasini mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 1-iyuldagi 03-33-1727-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, o‘quvchilarda musiqiy madaniyatni shakllantirish texnologiyalari milliy kontentlar bilan milliy iftixor tuyg‘usiga asoslangan musiqalarni birga qo‘llash asosida takomillashtirishga erishilgan;
milliy tarbiyaga ko‘ra o‘quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish modeli maqom san’ati hamda xalq kuy-qo‘shiqlari orqali hissiy munosabatni rivojlantirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan xalq an’analari va musiqiy qadriyatlarga asoslangan mavzularni kiritish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihani (2024-2025 yy.) amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 7-fevraldagi 01/09-47-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish modeli xalq an’analari va musiqiy qadriyatlarga asoslangan mavzularni kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda musiqiy madaniyatni shakllanganlik darajasini aniqlash mezoni shaxsning musiqa ko‘nikmalari (tinglash, tushunish, his etish, ijro etish, ijodiy munosabat bildira olish)ga ko‘ra yuqori (musiqaga yuqori qiziqish, bilim va ijro mahoratlari, ijodiy yondashuv), o‘rta (musiqaga barqaror qiziqish, asosiy bilim va ko‘nikmalarga ega), quyi (musiqaga qiziqish kam, bilim va ko‘nikmalar etarli emas) darajalarida baholashning maqsadga muvofiqligiga oid taklif va tavsiyalar Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi tegishli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 1-iyuldagi 03-33-1727-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda musiqiy madaniyatni shakllanganlik darajasini aniqlash mezoni shaxsning tinglash, tushunish, his etish, ijro etish, ijodiy munosabat bildira olish kabi musiqa ko‘nikmalariga ko‘ra yuqori, o‘rta, quyi darajalarida baholashning maqsadga muvofiqligi asosida ishlab chiqilgan.