Yuldashev Faxriddin Sharofiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transport vositalari harakatidan hosil bo‘lgan vibratsiya to‘lqinlari darajasini baholash va ulardan himoya qilish usullari” 01.02.04–“Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4808
Ilmiy rahbar: Mirsaidov Mirziyod, O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori,.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan Davlat Texnika Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan Davlat Texnika Universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.66.06-raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Ismoil Ibrohimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Karimov Abdusamad, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zFA ning Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: transport vositalari harakatidan hosil bo‘ladigan vibratsiya to‘lqinlari darajasini gruntning reologik xususiyatlari va dinamik yukning turiga bog‘liq ravishda baholashdan hamda ulardan turli xil xandaqlar yordamida himoya qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport vositalaridan turli reologik xususiyatlarga ega bo‘lgan gruntli asoslarda tarqaladigan vibratsiya darajasini chekli fazoda baholash bo‘yicha uch o‘lchovli matematik model ilk bor ishlab chiqilib, uni suv bilan to‘yingan gruntli asoslarda sodir bo‘ladigan tebranish jarayonini baholash uchun takomillashtirilgan;
vibratsiya to‘lqinlarining gruntli asoslarda tarqalish qonuniyatlarini aniqlash uchun gruntning HS Small modeli asosida dinamik deformatsiyaga bog‘liq parametrlarini hisobga olib, elastik yarim fazoda to‘lqin tarqalishi haqidagi masalani sonli usulda echish asosida tarqalayotgan vibratsiyani glinali gruntlarga nisbatan qattiq qumli gruntlar kuchli so‘ndirish xususiyatga ega ekanligi isbotlangan;
poezd grunt asosda harakatlanganda temiryo‘lga parallel qilib qazilgan transheya gruntdagi tebranish parametrlarini keskin kamaytiruvchi vosita ekanligini elastik yarim fazoda to‘lqin tarqalishi haqidagi masalani sonli echish asosida isbotlanib, transheyaning temiryo‘l polotnosiga nisbatan joylashuvining eng samarali optimal masofasi va chuqurligi aniqlangan;
poezd harakati natijasida temir yo‘l yaqinida joylashgan bino qavatlarida hosil bo‘ladigan tebranishlar darajasiga bino bilan temir yo‘l orasida joylashtirilgan transheyaning ta’sirini aniqlash uchun ilk bor bir jinsli bo‘lmagan elastik yarim fazoda to‘lqin tarqalish masalasini to‘siqni hisobga olgan holda echib, bu transheyalar binoning barcha qavatlarida sodir bo‘ladigan vibratsiya amplitudasini keskin darajada kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport vositalarining harakati natijasida gruntda hosil bo‘lgan vibratsiyani kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Ishlab chiqilgan vibratsiyadan himoya qilish usullari transport inshootlari atrofidagi bino va inshootlarni loyihalashda «QIShLOQQURILIShLOYIHA» MChJ, “Namangan shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi”, “Perspective Project Group” MChJ larda loyihalash jarayoniga joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 08-06/6439-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, transport vositalari harakati ta’sirida qurilayotgan bino va inshootlarda yuzaga keladigan vibratsiyalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda amaliy xavfsizlikni oshirish imkoniyatiga erishilgan.
“Temir-yo‘ldan tarqaladigan to‘lqinlarning binolarga ta’sirini kamaytirish xandaqlarini loyihalash” va “Ikki izli temir-yo‘llardan bino va inshootlarga vibratsiya to‘lqinlarini ta’siri” bo‘yicha tuzilgan EHM dasturlari  “KELAJAK –S” xususiy korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 08-06/6439-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan EHM uchun mo‘ljallangan dasturdan loyihalash ishlarida foydalanish, transport inshootlari atrofidagi bino va inshootlarning zararli tebranishlardan himoyalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish