Abdualimov Rufat Uchqun o‘g‘lining Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Basketbol va stritbol o‘yinlari vositasida yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2621
Ilmiy rahbar: Xaydarov Baxtiyor Tojiyevich redagogika fanlari doktori (DSc), rrofessor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10. 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Masharipov Farhod To‘raxonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Danieva Yarkin Charievna.
Yetakchi tashkilot: Qoraqolpoq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi basketbol va stritbol sport turi mashqlari orqali umumumiy o‘rta ta’lim maktab yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tafsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
basketbol va stritbol bilan shug‘ullanuvchi yuqori sinf o‘quvchilari mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish maqsadida, yuqori sinf o‘quvchilarining funksional holatini “Firstbeat” dasturi orqali baholash va tizimida yurak qisqarish chastotasi (Yu.Q.S.), harakatlanish tezligini video tahlil yordamida nazorat qilish asosida mashqlarni turli shiddat zonalarida bajarishga yo‘naltirilgan vositalarni qo‘llash hisobiga shug‘ullanuvchilarning mashqlarni aerob va anaerob zona oralig‘ida oson o‘zlashtirish imkoniyati oshirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishni ta’minlovchi va jismoniy tayyorgarlik jarayonini shakllantiruvchi basketbol va stritbol elementlarini (2x2, 3x3 stritbol o‘yini, stritbol ko‘prigi, signalga qarab dribbling, cheklangan harakat o‘yini, labirintdan to‘p bilan chiqish o‘yini) har bir mashg‘ulotga tizimli qo‘llash hisobiga o‘quvchilarni texnik tayyorgarligini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida tezkor (reaksiya va harakat tezligi), chaqqon (yo‘nalishni tez o‘zgartirish), kuch (mashqlarni qarshilik bilan bajarish), chidamlilik (samarali tiklanish va uzoq davomli o‘yin uchun), egiluvchanlik (to‘pni olib yurish va himoyaviy harakatlarda) kabi jismoniy sifatlarning rivojlantirishga yo‘naltirilgan oyoqlar va gavda yordamidagi aldamchi harakatlar kabi statik va dinamik holatdagi chalg‘ituvchi vosita-usullarni mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish hisobiga o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan. 
Yuqori sinf o‘quvchilarining basketbol va stritbol mashg‘ulot jarayonida harakat tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan kompleks model tarkibiga sprint yugurishlari (10–30 m), reaksiya tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar (vizual va audiostimullar asosida), hamda dribling, to‘xtash va burilishlar kabi dinamik harakatlar majmuasi kiritish hisobiga maktab o‘quvchilarining “kuch sifati” 12,7% ga va “joyida turib balandlikka sakrash ” ko‘rsatkichlari 11,5% ga oshirishga erishildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. basketbol va stritbol bilan shug‘ullanuvchi yuqori sinf o‘quvchilari mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish maqsadida, yuqori sinf o‘quvchilarining funksional holatini “Firstbeat” dasturi orqali baholash va tizimida yurak qisqarish chastotasi (Yu.Q.S.), harakatlanish tezligini video tahlil yordamida nazorat qilish asosida mashqlarni turli shiddat zonalarida bajarishga yo‘naltirilgan vositalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari darsdan tashqari basketbol va stritbol to‘garak mashg‘ulotlari jarayonida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-fevraldagi № 02-16/1409-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarida “kuch sifati” 12,3% ga, “turgan joyida balandlikka sakrash” ko‘rsatkichlari 11,2% ga oshgan; 
yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishni ta’minlovchi va jismoniy tayyorgarlik jarayonini shakllantiruvchi basketbol va stritbol elementlarini (2x2, 3x3 stritbol o‘yini, stritbol ko‘prigi, signalga qarab dribbling, cheklangan harakat o‘yini, labirintdan to‘p bilan chiqish o‘yini) har bir mashg‘ulotga tizimli qo‘llash taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga darsdan tashqari basketbol va stritbol to‘garak mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-fevraldagi № 02-16/1409-son ma’lumotnomasi). Natijada “kuch sifati” 12,7% ga, “turgan joyida balandlikka sakrash” ko‘rsatkichlari 11,5% ga oshgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida tezkor (reaksiya va harakat tezligi), chaqqon (yo‘nalishni tez o‘zgartirish), kuch (mashqlarni qarshilik bilan bajarish), chidamlilik (samarali tiklanish va uzoq davomli o‘yin uchun), egiluvchanlik (to‘pni olib yurish va himoyaviy harakatlarda) kabi jismoniy sifatlarning rivojlantirishga yo‘naltirilgan oyoqlar va gavda yordamidagi aldamchi harakatlar kabi statik va dinamik holatdagi chalg‘ituvchi vosita-usullarni mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga darsdan tashqari basketbol va stritbol to‘garak mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-fevraldagi № 02-16/1409-son ma’lumotnomasi). Natijada “kuch sifati” 13,7% ga, “turgan joyida balandlikka sakrash” ko‘rsatkichlari 12,5% ga oshgan;
Yuqori sinf o‘quvchilarining basketbol va stritbol mashg‘ulot jarayonida harakat tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan kompleks model tarkibiga sprint yugurishlari (10–30 m), reaksiya tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar (vizual va audiostimullar asosida), hamda dribling, to‘xtash va burilishlar kabi dinamik harakatlar majmuasi kiritish bo‘yicha tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktab yuqori sinf o‘quvchilarining to‘garak mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 11-fevraldagi № 02-16/1409-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarining “kuch sifati” 12,7% ga va “joyida turib balandlikka sakrash ” ko‘rsatkichlari 11,5% ga oshirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish