G‘aybullaeva Dildora Fayzulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi atoqli ot komponentli frazeologizmlarning semantik-stilistik va lingvostatistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5050
Ilmiy rahbar: Djusupov Mahanbet, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01. 
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdi Eshankulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida atoqli ot komponentli frazeologizmlarning semantik-stilistik hamda lingvostatistik xususiyatlarini ochib berish va ularning o‘xshash hamda farqli tomonlarini aniqlashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
frazeologizmlarni tushunishdagi tor talqinning konseptual ustunligi semantik yaxlitlik, barqarorlik, ko‘chma ma’no, ekvivalentlik va milliy-madaniy belgilar kabi kategorial xususiyatlarining farqli-davriy konnotatsiyalari va stilistik tavsiflarini aniqlash orqali dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi atoqli ot komponentli “harakat-turg‘unlik”, “inson-jamiyat”, “haqiqat-yolg‘on” oppozision semantik juftliklar zamonaviy madaniy kodlar (stereotip, milliy xarakter, ijtimoiy rol) bilan integratsiyalashgan semantik-stilistik mezonlar asosida isbotlangan;
frazeonimlarning madaniy, tarixiy va assotsiativ qo‘llanilishini aniqlashga yo‘naltirilgan frazeonomastik tahlil asosida ingliz va o‘zbek tillarida frazeosemantik guruhlash mezonlari hamda konnotativ-emotsional yuklamaning differensial xususiyatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi atoqli ot komponentli frazeologizmlarning chog‘ishtirma statistik tavsifiga oid tarixiy-madaniy va diniy-ijtimoiy voqelanishlarga ko‘ra tipologik tafovutlari etimologik hamda semantik-struktur mezonlar asosida aniq raqamli formulalar va jadvallar orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida atoqli ot komponentli frazeologizmlarning semantik-stilistik hamda lingvostatistik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
frazeologizmlarni tushunishdagi tor talqinning konseptual ustunligi semantik yaxlitlik, barqarorlik, ko‘chma ma’no, ekvivalentlik va milliy-madaniy belgilar kabi kategorial xususiyatlarining farqli-davriy konnotatsiyalari va stilistik tavsiflarini aniqlash orqali dalillanganligiga doir ilmiy natijalaridan “O‘zbekiston talabasi” jurnali sahifalarida, jumladan, jurnalning ta’limga oid tayyorlangan 2024-yil 3-sonidagi “Unlocking the world of English Accens: a guide for language learners”, 4-sonidagi “Why we need global languaGES?”, 5-sonidagi “Vaqt “jilovlangan” kun” va “Erishuvchanlik immuniteti” kabi maqolalarda badiiylik hamda obrazlilikni ta’minlash maqsadida foydalanilgan (“O‘zbekiston talabasi” jurnalining 2024-yil 20-sentyabrdagi № 01/32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarning matnda frazeologizmlarni qo‘llashning ahamiyati hamda matn lingvistikasi va stilistikasiga oid bilim, malaka va ko‘nikmalari oshganligi barobarida jurnal sahifalarida e’lon qilingan mavzuga doir materiallar ingliz tilini o‘qitish sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi atoqli ot komponentli “harakat-turg‘unlik”, “inson-jamiyat”, “haqiqat-yolg‘on” oppozision semantik juftliklar zamonaviy madaniy kodlar (stereotip, milliy xarakter, ijtimoiy rol) bilan integratsiyalashgan semantik-stilistik mezonlar asosida isbotlanganligi hamda frazeonimlarning madaniy, tarixiy va assotsiativ qo‘llanilishini aniqlashga yo‘naltirilgan frazeonomastik tahlil asosida ingliz va o‘zbek tillarida frazeosemantik guruhlash mezonlari hamda konnotativ-emotsional yuklamaning differensial xususiyatlari aniqlanganligiga oid natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining PF-201912258 – “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” (2021-2024) mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-sentyabrdagi № 04/1-2499-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek adabiyotida tahlilga tortilgan manbalardan to‘plangan atoqli ot komponentli frazeologizmlar loyihaning umumiy bazasini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi atoqli ot komponentli frazeologizmlarning chog‘ishtirma statistik tavsifiga oid tarixiy-madaniy va diniy-ijtimoiy voqelanishlarga ko‘ra tipologik tafovutlari etimologik hamda semantik-struktur mezonlar asosida aniq raqamli formulalar va jadvallar orqali isbotlanganligiga oid natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  IL-52 tur-21091433 O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) (2022-2023) innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-sentyabrdagi № 04/1-2500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida to‘plangan kelib chiqish manbasi xalq hayoti bilan bog‘liq etimologiyaga ega, xususan, o‘zbek realiyalari asosida shakllangan atoqli ot komponentli frazeologizmlar loyiha materiallarining takomillashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish