Turakulova Umidaxon Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tohir Malik asarlaridagi o‘xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2024\3 B2024.2.PhD/Fil4539.
Ilmiy rahbar: Ganieva Shodiya Azizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Jamoldinova Dilnozaxon Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmanov Farxad Faxriddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tohir Malik qissalarida qo‘llangan o‘xshatishlarni lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy ong, milliy-mental va badiiy tafakkur qirralarining lisoniy ong, lisoniy tafakkur orqali voqelanish xususiyatlari va ularning millat lingvistik konseptlari orqali amalga oshishi yo‘llari, omillari hamda sabablari borliqdagi narsa-buyum, predmet va ramz-timsollarga nisbatan baholashi masalalari oʻxshatish etalonli birliklari vositasidagi hosilalar ekanligi ochib berilgan;
Tohir Malik badiiy lisoniy tafakkuri mahsullari hamda xalqimizning milliy-mental til birliklarining ko‘nikmaviy hosilalariga aylangan oʻxshatishlar orqali xalqning oʻziga xos tafakkur tarzi, dunyo haqidagi tushuncha va qarashlari, tasavvurlari, olam manzarasining til vositalari orqali yuzaga chiqishi, nutqiy jonli va badiiy holatda aks etishi o‘zbek tili lingvistik qonuniyatlari asosida dalillangan;
yozuvchi qissalarida qo‘llangan “bola” o‘xshatish etalonlarining,  “Shaytanat” qissasidagi qo‘rquv, bezovta, holat semali o‘xshatishlar hamda “xotinday”, “mushtday” kabi o‘xshatishlarning lisoniy belgi-xususiyatlari, nutqiy voqelikda anglatgan konsepsiyaviy qo‘llanish usullari, fikr ifodalashdagi kommunikativ-lingvistik vazifasi, emotsional ta’sir ko‘lami, mazmun qamrovidagi pozisiyaviy o‘rni hamda milliy lingvomadaniy miqdor va sifat belgilari, ularning badiiy va so‘zlashuv nutqidagi voqelanishi ilmiy hamda amaliy jihatdan isbotlangan;
Tohir Malik badiiyatida qo‘llagan individual o‘xshatishlarning kongnitiv tizimi va uzualligi hamda o‘zbek milliy tili etaloniga aylangan turg‘un va erkin o‘xshatishlar, ulardagi milliy-madaniy stereotiplarning ifodalanishidagi pragmatik, badiiy, hissiy bo‘yoqdorlik darajalari milliy-tarixiy va zamonaviy jihatdan lingvomadaniy tamoyillar orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tohir Malik qissalarida qo‘llangan oʻxshatishlarni lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq etish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
Tohir Malik qissalarida qo‘llangan “bola” o‘xshatish etalonlarining,  “Shaytanat” qissasidagi qo‘rquv, bezovta, holat semali o‘xshatishlar hamda“xotinday”, “mushtday” kabi o‘xshatish vositasi bo‘lgan til birliklarining milliy ong, milliy-mental va badiiy tafakkur qirralarining lisoniy ong, lisoniy tafakkur orqali voqelanish xususiyatlari va ularning millat lingvistik konseptlari orqali amalga oshishi yo‘llari, omillari hamda sabablari borliqdagi narsa-buyum, predmet va ramz-timsollarga nisbatan baholashi masalalari oʻxshatish etalonli birliklari vositasidagi hosilalar ekanligi ochib berilgan o‘rinlardan, taklif, tavsiyalar va xulosalardan Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258. O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 8-fevraldagi 04/1-495-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotidagi o‘xshatishga asoslangan matnlarning lingvokulturologik xususiyatiga doir izohlar hamda talqinlar mukammallashgan;
Tohir Malik badiiy lisoniy tafakkuri mahsullari hamda xalqimizning milliy-mental til birliklarining ko‘nikmaviy hosilalariga aylangan oʻxshatishlar orqali xalqning oʻziga xos tafakkur tarzi, dunyo haqidagi tushuncha va qarashlari, tasavvurlari, olam manzarasining til vositalari orqali yuzaga chiqishi, nutqiy jonli va badiiy holatda aks etishi lingvistik qonuniyat asoslari orqali dalillash orqali olingan xulosalaridan Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasidagi 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-52 tur-21091433 “Oʻzbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” bo‘yicha amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 8-fevraldagi 04/1-494-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek realiyalariga oid yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
yozuvchi qissalarida qo‘llangan “bola” o‘xshatish etalonlarining,  “Shaytanat” qissasidagi qo‘rquv, bezovta, holat semali o‘xshatishlar hamda “xotinday”, “mushtday” kabi o‘xshatishlarning lisoniy belgi-xususiyatlari, nutqiy voqelikda anglatgan konsepsiyaviy qo‘llanish usullari, fikr ifodalashdagi kommunikativ-lingvistik vazifasi, emotsional ta’sir ko‘lami, mazmun qamrovidagi pozisiyaviy o‘rni hamda milliy lingvomadaniy miqdor va sifat belgilari, ularning badiiy va so‘zlashuv nutqidagi voqelanishi ilmiy hamda amaliy jihatdan isbotlangan hamda Tohir Malik badiiyatida qo‘llagan individual o‘xshatishlarning kongnitiv tizimi va uzualligi hamda o‘zbek milliy tili etaloniga aylangan turg‘un va erkin o‘xshatishlar, ulardagi milliy-madaniy stereotiplarning ifodalanishidagi pragmatik, badiiy, hissiy bo‘yoqdorlik darajalari milliy-tarixiy va zamonaviy jihatdan lingvomadaniy tamoyillar orqali aniqlangan natijari va materiallaridan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot” va “Millat va ma’naviyat” nomli ko‘rsatuv eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 7-martdagi 26-36-958-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dallillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish