Asomova Nargiza Ilxomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda COVID-19 assotsiatsiyalashgan ensefalopatiyalar, tashxislash va davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2260.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gul`nora Sattorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Niyazov Shuxrat Tashmirovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Madjidova Yoqutxon Nabievna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan assotsiatsiyalashgan ensefalopatiya bo‘lgan bolalarda klinik-nevrologik, kognitiv va neyrovizualogik ko‘rsatkichlarini o‘rganish, shuningdek kognitiv buzilishlarni erta aniqlash diagnostika mezonlari va davolash taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19dan keyingi davrda bolalarning oliy po‘stloq faoliyati Veksler testlari bo‘yicha baholanib, bosh miyaning tepa-chakka-ensa bo‘limlari zararlanishiga xos bo‘lgan qisqa muddatli xotira va optik-fazoviy idrok buzilishlari aniqlangan;
PedsQL™ 4.0 so‘rovnomasi orqali bolalarning ruhiy emotsional, jismoniy va bilim olish faoliyati, shuningdek, jamiyatga moslashuv qobiliyati aniq mezonlar asosida, postkovid ensefalopatiyaga xos bo‘lgan neyropsixologik buzilishlar isbotlangan;
COVID-19 o‘tkazgan bolalarda oliy miya faoliyati buzilishlarini korreksiyalash uchun o‘tkazilgan patofiziologik davo chorasi kognitiv faoliyatni samarali tiklashi isbotlangan;
ambulator va statsionar sharoitlarda postkovid ensefalopatiya o‘tkazgan bolalarni kognitiv buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash uchun neyropsixologik maxsus tashxislash mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Postkovid ensefalopatiya o‘tkazgan bolalarda klinik kechish xususiyatlari, neyropsixologik testlar natijalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19dan keyingi davrda bolalarning oliy po‘stloq faoliyati Veksler testlari bo‘yicha baholanib, bosh miyaning tepa-chakka-ensa bo‘limlari zararlanishiga xos bo‘lgan qisqa muddatli xotira va optik-fazoviy idrok buzilishlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 11-martdagi 8i-r/263-sonli Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Covid-19 o‘tkazgan bolalarda kognitiv buzilishlarni tashxislash usullari» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.01.2025 yildagi №75-T sonli buyrug‘i bilan va Toshkent shaxar 1-sonli bolalar shifoxonasi nevrologiya bo‘limida 20.12.2024 yildagi №120-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025-yil 10-iyundagi №19/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasidan keyin shakllangan postkovid sindromda ensefalopatiyani rivojlanish ehtimolini erta tashxislash birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlari shifokorlariga kasallikni erta tashxislash imkonini beradi, o‘z o‘rnida kognitiv buzilishlarni erta aniqlash bolalarni ijtimoiy va maktab adaptatsiyasiga tez moslashish orqali hayot sifatini yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bolalarda koviddan keyingi ensefalopatiyada shakllanadigan kognitiv buzilish belgilarini erta aniqlashga imkon beruvchi neyropsixologik Veksler testini qo‘llashlik 1 nafar bemor uchun 585000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan. Xulosa: 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan Veksler neyropsixologik testi bolalarda koronavirus infeksiyasidan keyingi ensefalopatiya rivojlanishining erta bosqichlarida namoyon bo‘ladigan kognitiv buzilishlarni neyrovizualizatsion tekshiruv natijalariga nisbatan yanada mukammal aniqlashi ilmiy izlanishlar natijasida isbotlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: PedsQL™ 4.0 so‘rovnomasi orqali bolalarning ruhiy emotsional, jismoniy va bilim olish faoliyati, shuningdek, jamiyatga moslashuv qobiliyati aniq mezonlar asosida, postkovid ensefalopatiyaga xos bo‘lgan neyropsixologik buzilishlar isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 11-martdagi 8i-r/263-sonli Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Covid-19 o‘tkazgan bolalarda kognitiv buzilishlarni tashxislash usullari» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.01.2025 yildagi №75-T sonli buyrug‘i bilan va Toshkent shaxar 1-sonli bolalar shifoxonasi nevrologiya bo‘limida 20.12.2024 yildagi №120-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025-yil 10-iyundagi №19/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasini anamnezida o‘tkazgan bolalarda PedSQL 4.0 so‘rovnomasini qo‘llash yordamida ensefalopatiyaning erta bosqichlarida bolalardagi hayot sifatini har tomonlama o‘rganish bolalarda jismoniy, ijtimoiy, hissiy va rolli faoliyatlarda hosil bo‘lgan etishmovchiliklarni aniqlashga va ulardagi ijtimoiy va maktab dezadaptatsiyasini erta bosqichlarda korreksiya qilish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: PedSQL 4.0 so‘rovnomasini qo‘llash natijasida postkovid ensefalopatiya tashxisi aniqlangan bolalardagi hayot sifatini o‘rganish, ularda ijtimoiy moslashuvchanlik va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish, ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash natijasida davolanish samaradorligini oshirishga erishiladi. Buning natijasida ensefalopatiyani davolash muddatlarini qisqarishi hisobiga 2230000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: PedSQL 4.0 so‘rovnomasini qo‘llash bolalarda shakllanadigan ijtimoiy va maktab dezadaptatsiyasini erta aniqlashga imkon berdi, va, natijada ularda olib boriladigan davo choralarini nazorat qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bolalarda oliy miya faoliyati buzilishlarini korreksiyalash uchun o‘tkazilgan patofiziologik davo chorasi kognitiv faoliyatni samarali tiklashi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 11-martdagi 8i-r/263-sonli Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Covid-19 o‘tkazgan bolalarda kognitiv buzilishlarni tashxislash usullari» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.01.2025 yildagi №75-T sonli buyrug‘i bilan va Toshkent shaxar 1-sonli bolalar shifoxonasi nevrologiya bo‘limida 20.12.2024 yildagi №120-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025-yil 10-iyundagi №19/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasni o‘tkazgandan keyingi davrda shakllangan ensefalopatiyani davolash choralari majmuasiga antigipoksik, neyrotrofik va neyroprotektiv xususiyatlarni o‘zida jam qilgan dori vositasi bo‘lmish gopanten kislotasini qo‘llash kognitiv faoliyati buzilishi alomatlarini o‘rtacha 2 barobarga qisqartirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: davolashda bir nechta xususiyatlarni o‘zida jam qilgan dorivor vositasini qo‘llash hisobiga umumiy qo‘llaniladigan dori-darmonlar sonini qisqartirish davolash xarajatlarini kamaytirish, hamda nevrologik buzilishlar tiklinishi natijasida bolalarning psixologik holatini yaxshilanishi, o‘z navbatida, shifokorga murojaatlar sonini kamayishiga olib keladi. Buning natijasida 1 nafar bemorda 1 kurs uchun 204000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: gopanten kislotasi preparati bilan davolash choralarini optimallashtirish natijasida postkovid ensefalopatiyali bolalarda kognitiv faoliyat va hayot sifati eng samarali tarzda yaxshilandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ambulator va statsionar sharoitlarda postkovid ensefalopatiya o‘tkazgan bolalarni kognitiv buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash uchun neyropsixologik maxsus tashxislash mezoni ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 11-martdagi 8i-r/263-sonli Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan tasdiqlangan «Covid-19 o‘tkazgan bolalarda kognitiv buzilishlarni tashxislash usullari» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.01.2025 yildagi №75-T sonli buyrug‘i bilan va Toshkent shaxar 1-sonli bolalar shifoxonasi nevrologiya bo‘limida 20.12.2024 yildagi №120-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025-yil 10-iyundagi №19/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda bolalarda kognitiv buzilishlarning rivojlanishini erta bosqichlarda aniqlash tashxislash diagnostika mezonlarini ambulatoriya sharoitida qo‘llash bemor bolalarga erta tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolash choralarini qo‘llash va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan keyingi davrda shakllangan ensefalopatiyani rivojlanishini erta bosqichlarda aniqlash diagnostika mezonlarini ambulatoriya sharoitida qo‘llash kasallikning asosiy belgilari bo‘lgan kognitiv buzilishlarni erta aniqlash va erta davolash choralarini boshlash imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, kasallikni rivojlanishini oldini olish va statsionar sharoitida davolanish lozim bo‘lmasligi natijasida 2230000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Xulosa: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgandan keyingi davrda bolalarda kognitiv buzilishlarning rivojlanishini ambulatoriya sharoitida erta tashxislash diagnostika mezonlaridan foydalanish ensefalopatiya shakllanishining erta aniqlash imkonini beradi. Ushbu mezondan foydalanish ambulatoriya shifokorlariga davolashning maqsadli mezonini qo‘llash imkonini beradi.