Rasulev Akbar Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazish va o‘tkazish maqsadida sodir etilgan boshqa harakatlarning jinoyat-huquqiy jihatlari», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu88.
Ilmiy rahbar: Payziev Dilshat Yuldashbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar:
yuridik fanlar doktori, professor Rasulev Abdulaziz Karimovich.
yuridik fanlar doktori, professor Otajonov Abrorjon Anvarovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muxofaza qilish Akademiyasi
II. Tadqiqot maqsadi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tashish deganda, ularni bir joydan boshqa joyga, shu jumladan bir aholi punkti doirasida, har qanday transport turidan yoki tashish vositasi sifatida qo‘llanilgan qandaydir ob'ektdan foydalangan holda ko‘chirish, shuningdek, bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanishga lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning vakolatli shaxslari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibini buzgan holda ushbu vositalar va moddalarni tashish tushunilishi lozimligi asoslangan;
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni keyinchalik o‘tkazish (sotish) maqsadida qonunga hilof ravishda egallash, giyohvandlik vositalarni, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni qonunga hilof ravishda egallash va ularni qonunga hilof ravishda o‘tkazishga suiqasd qilish yoki tayyorgarlik ko‘rish sifatida jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilish lozimligi asoslangan;
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish deganda, ularni har qanday usulda haq evaziga yoki tekinga (sotish, hadya etish, almashtirish, qarz to‘lash, qarz sifatida berish va h.k.) boshqa shaxsga berish tushunilishi lozimligi, shuningdek, ushbu vositalar, moddalar, o‘simliklarni shaxs tomonidan bevosita yoki boshqa usullarda (masalan, ular saqlanadigan joy haqida xabar berish, shartlashilgan joyga qo‘yib ketish) amalga oshirilishi mumkinligi asoslangan;
shaxsning g‘araz maqsadda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar niqobi ostida qandaydir boshqa vosita yoki moddalarni o‘tkazishda ifodalangan harakatlari firibgarlik sifatida, oluvchining harakatlari esa, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazish va o‘tkazish maqsadida sodir etilgan boshqa harakatlarning jinoyat-huquqiy jihatlarini tadqiq qilish natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tashish deganda, ularni har qanday transport turidan yoki tashish vositasi sifatida qo‘llanilgan qandaydir ob'ektdan foydalangan holda bir joydan boshqa joyga, shu jumladan, bir aholi punkti doirasida ko‘chirish, shuningdek, qayd etilgan vosita va moddalarni bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanishga lisenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarning mas'ul shaxslari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda tashish tushunilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 apreldagi 12-son qarorining 9-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 21 fevraldagi № 08/171-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda tashish xarakatlarini kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibini aniq farqlash va huquqiy qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga qaratilgan yagona sud amaliyotini shakllantirishga asos bo‘ladi;
huquqni qo‘llash amaliyotida har bir holat buyicha giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallashdan ko‘zlangan maqsadi aniqlanishi lozim. Ushbu vosita yoki moddalarni egallash ularni kelgusida o‘tkazish (sotish) uchun sodir etilganligi aniqlangan taqdirda, aybdorning harakatlari qayd etilgan jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd sifatida qo‘shimcha ravishda JK 25, 273-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerakligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 apreldagi 12-son qarorining 20-bandning 3-xatboshini ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 21 fevraldagi № 08/171-24-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari yoki ularning analoglarini keyinchalik o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda egallash harakatlariga aniq huquqiy baho berilishni ta'minlashga hizmat qiladi;
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish deganda, ularni turlicha usulda haq evaziga yoki tekinga (sotish, hadya etish, almashtirish, qarzi evaziga yoki qarz sifatida va h.k.) boshqa shaxsga berish tushunilishi lozim. Bunda vositalar, moddalar, usimliklar shahs tomonidan bevosita yoki boshqa (masalan, ular saqlanadigan joy haqida xabar berish, shartlashilgan joyga qo‘yib ketish) usulda amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 apreldagi 12-son qarorining 21-bandining 1-xatboshini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 21 fevraldagi № 08/171-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish belgilarini, shu jumladan, ularni aloqa qilmasdan etkazish usullarini aniqlashtirishga hizmat qilib, huquqni qo‘llash amaliyotini samaradorligini oshirishga hizmat qiladi;
shaxsning g‘araz maqsadda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar niqobi ostida qandaydir boshqa vosita yoki moddalarni o‘tkazishda ifodalangan harakatlari firibgarlik sifatida, oluvchining harakatlari esa - giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 apreldagi 12-son qarorining 23-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 21 fevraldagi № 08/171-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari yoki ularning analoglari niqobi ostida boshqa vosita yoki moddalarni o‘tkazish holatlarini kvalifikatsiya qilishning yagona qoidalarini shakllantirishga hizmat qiladi.