Ikromov Hayrullo Orifjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda harbiy-vatanparvarlik harakatini tashkil etishning ijtimoiy-falsafiy masalalari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal1970
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alimova Mavluda Shuxratbekovna siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor; Muxamedov Asror Asadovich fasafa fanlari doktori (DSc) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda harbiy-vatanparvarli tizimini tashkil etishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gloallashuv sharoitida harbiy-vatanparvarlik tizimini mustahkamlash, milliy mudofaa va xavfsizlikning muhim komponenti sifatida tashqi va ichki xavf-xatalardan himoya qilishi, jamiyatda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning hissiy, aksiologik, praksiologik kabi tarkibiy komponentlari shaxsdagi individuallikning dialektik birligiga intensiv ta’siri asoslangan;
O‘zbekistonda harbiy-vatanparvarlik tizimining huquqiy va institusional tuzilmasining amal qilish mexanizmlari analiz va sintez qilinishi asosida yoshlarning axborot makonidagi sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish imkoniyatlari ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida harbiy-vatanpavarlik tizimini takomillashtirish, Vatan mudofaasi uchun doimo shaylik, harbiylik kasbiga bo‘lgan kuchli qiziqish, harbiy-vatanpvarlik harakatida ishtirok etishga bo‘lgan kuchli ishtiyoqni ortishiga olib kelishi falsafy dalillangan;
axborotlashgan jamiyatda xarbiy-vatanparvarlik tizimiga raqamli texnologiyalarni qo‘llash, o‘zgarayotgan dunyoda urush falsafasining egzogen xususiyatlariga ta’sir etib yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ishonsh, rag‘batni kuchaytrishi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda harbiy-vatanparvarlik tizimini tashkil etish bilan bog‘liq tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
globallashuv sharoitida harbiy-vatanparvarlik tizimini mustahkamlash, milliy mudofaa va xavfsizlikning muhim komponenti sifatida tashqi va ichki xavf-xatalardan himoya qilishiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy choratadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar markazining 2025-yil 28-maydagi 10/314-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekistonda harbiyvatanparvarlik harakatini tashkil etishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda harbiy-vatanparvarlik tizimining huquqiy va institusional tuzilmasining amal qilish mexanizmlari analiz va sintez qilinishi asosida yoshlarning axborot makonidagi sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish imkoniyatlarini ochib berishga doir taklif va xulosalaridan, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengashining 2025- yil 28-maydagi 02/06-51-son dalolatnomasi). Natijada, harbiy-vatanpavarlikning milliy mudofaa va xavfsizlikning muhim komponenti sifatida tashqi va ichki xavf-xatalardan himoya qilishdagi rolini ochib berishga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida harbiy-vatanpavarlik tizimini takomillashtirish, Vatan mudofaasi uchun doimo shaylik, harbiylik kasbiga bo‘lgan kuchli qiziqish, harbiy-vatanpvarlik harakatida ishtirok etishga bo‘lgan kuchli ishtiyoqni ortishiga olib kelishiga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy choratadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar markazining 2025-yil 28-maydagi 10/314-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekistonda harbiyvatanparvarlik harakatini tashkil etishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda xarbiy-vatanparvarlik tizimiga raqamli texnologiyalarni qo‘llash, o‘zgarayotgan dunyoda urush falsafasining egzogen xususiyatlariga ta’sir etib yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ishonsh, rag‘batni kuchaytrishiga doir taklif va xulosalaridan, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengashining 2025- yil 28-maydagi 02/06-51-son dalolatnomasi). Natijada, harbiy-vatanpavarlikning milliy mudofaa va xavfsizlikning muhim komponenti sifatida tashqi va ichki xavf-xatalardan himoya qilishdagi rolini ochib berishga xizmat qilgan.