Xayitbaev Abror Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati voha landshaftlari va ularning ekologik holatini yaxshilashning geografik asoslari», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Gr312.
Ilmiy rahbar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Alimkulov Nusratilla Raxmonkulovich, geografiya fanlari doktori; Qo‘ziboeva Ozodxon Maxmudovna, geografiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati voha landshaftlari va ularni tashkil etuvchi voha geotizimlarini hamda ularni ekologik holatni baholash, yaxshilashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda kartalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqlim va suv resurslarining miqdor hamda sifat jihatdan o‘zgarishi sharoitida Xorazm viloyati tabiiy geografik jarayonlarining antropogen transformatsiyalanish tendensiyasini monitoring qilishning masofaviy usullari takomillashtirilgan;
voha landshaftlarining vujudga kelish qonuniyatlarini aniqlash orqali GAT va masofadan zondlash texnikalarini integratsiyalash asosida voha landshaftlarinining tasnifi olingan;
birlamchi ma’lumotlar, GAT va masofadan zondlash materiallari asosida sug‘oriladigan erlarining ekomeliorativ holatining (viloyat va tumanlar kesimida) vaqt va masofada o‘zgarish dinamikasi aniqlangan;
Xorazm viloyati voha landshaftlarining 1:800000 masshtabli ekomeliorativ va ekomeliorativ holatni yaxshilash kartalari ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyati sug‘oriladigan erlarining ekomeliorativ holatini yaxshilashga doir ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati voha landshaftlari va ulardagi ekologik vaziyatlarni yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
iqlim va suv resurslarining miqdor hamda sifat jihatdan o‘zgarishi sharoitida Xorazm viloyati tabiiy geografik jarayonlarining antropogen transformatsiyalanish tendensiyasini monitoring qilishning takomillashgan masofaviy usullari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi 03-03/1-03/3-2885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GAT va masofadan zondlash orqali olingan ma’lumotlardan landshaftlar va ularning resurslaridan oqilona foydalanish hamda rejali tashkil etish imkonini bergan;
voha landshaftlarining vujudga kelish qonuniyatlari aniqlash orqali GAT va masofadan zondlash texnikalarini integratsiyalash asosida olingan voha landshaftlarinining tasnifidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi 03-03/1-03/3-2885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, vohalarda sodir bo‘layotgan tabiiy geografik jarayonlar dinamikasini tahlil qilish imkoniyati kengaygan;
birlamchi ma’lumotlar, GAT va masofadan zondlash materiallari asosida sug‘oriladigan erlarining ekomeliorativ holatining (viloyat va tumanlar kesimida) vaqt va masofada o‘zgarish dinamikasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi 03-03/1-03/3-2885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, masofaviy usullardan foydalanib sug‘oriladigan erlarda agromeliorativ tadbirlarni takomillashtirishga imkon bergan;
Xorazm viloyati voha landshaftlarining 1:800000 masshtabli ekomeliorativ va ekomeliorativ holatni yaxshilash kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi 03-03/1-03/3-2885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, masofadan zondlash usullari asosida yaratilgan metodologiya orqali aniqlangan ekomeliorativ holatni o‘zgarishini monitoring qilish usullarni takomillashtirishga imkon bergan;
Xorazm viloyati sug‘oriladigan erlarining ekomeliorativ holatni yaxshilashga doir ilmiy asoslangan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi 03-03/1-03/3-2885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekomeliorativ holatni nazorat-tahlil qilishni takomillashtirishga va kelgusida ekologik muammolarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash hamda yuzaga keldigan muammolar echiga yangicha yondashish imkonini bergan.