Yusupov Ural Sadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mis ishlab chiqarish texnogen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4433.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdirashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Tolibov Behzod Ibrohimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy ikkilamchi texnogen chiqindi bo‘lgan mis eritish zavodi toshqollari va Qolmaqqir koni ma’danlari flotatsiya usulida boyitish va hosil bo‘lgan chiqindilarni gidrometallurgiya usulida qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis eritish zavodi toshqollarida sulfid suspenziyasining shakllanishi, uning koalessensiyasi, kristallanish strukturasi tuzilishining harorat ta’sirida o‘zgarishi ilmiy asoslangan;
toshqol yanchilishining oshishiga va energiya sarfining 30% ga kamayishiga termik kuchlanish, toshqol tarkibidagi asosiy birikmalarning kristallanishi va sovutish tezligi ta’sir etishi aniqlangan;
konvereter toshqollari bilan yanchilgan ma’danlarni flotatsiya usulida boyitishning apparatlar zanjiri sxemasi yaratilgan va ilmiy asoslangan;
toshqol va ma’danlarni aniqlangan rejimda boyitishda hosil bo‘lgan chiqindilarni kuydirish va tanlab eritishning maqbul rejimlari ishlab chiqilgan;
toshqollarni flotatsion boyitishda hosil bo‘lgan suyuq chiqindilarni gidrometallurgiya usulida qayta ishlash texnologik zanjir sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mis ishlab chiqarish texnogen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konvereter toshqollari bilan yanchilgan ma’danlarni flotatsiya usulida boyitishning apparatlar zanjiri sxemasi Mis eritish zavodi konverter toshqolini flotatsiya usulida kombinatning 2-Mis boyitish fabrikasida boyitish jarayonida qo‘llanilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 27 iyundagi SL-0555-son ma’lumotnomasi). Natijada, misni ajratib olish darajasi 2-3,5 % ga oshgan va maydalash jarayonida elektr energiya sarfi 20,5% ga tejalgan iqtisodiy samara olish imkonini bergan;
mis ishlab chiqarish texnogen chiindilarini qayta ishlash texnologiyasi Mis eritish zavodi konverter toshqolini flotatsiya usulida kombinatning 2-Mis boyitish fabrikasida boyitish jarayonida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 27 iyundagi SL-0555-son ma’lumotnomasi). Natijada, 85,93 foiz bo‘lgan 14,7 foizli Cu boyitmasini olish, ikklamchi chiqindida Cu usuli 0,33 foizni tashkil etish va mis, temir ajratib olish imkonini bergan.