ZARIPOV Oripjon Olimovich: «Stoxastik boshqaruv ob’ektlari holatini muntazam adaptiv baholash usullari va algoritmlari» (05.13.07) – Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zR FA Energetika va avtomatika instituti (100095, Toshkent, Universitet ko‘chasi 2-uy. Tel.: (99871) 246-46-00; faks: (99871) 227-10-32; e-mail: tstu_info@tdtu.uz), (dissertatsiya rus tilida)
Ilmiy maslahatchi: X.Z.Igamberdiev
Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Rasmiy opponentlar: T.F.Bekmuratov, F.T.Adilov, B.T.Kaipbergenov
Yetakchi tashkilot: «O‘ZKIMYoSANOAT» DAK
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
I.Tadqiqotning maqsadi texnologik boshqaruv ob’ektlari holatini modelli noaniqlik sharoitida muntazam adaptiv baholash usullari va algoritmlarini ishlab chiqish va ularni muayyan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish masalalarini echishda amaliy qo‘llashdan iborat.
II. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:
qidirilayotgan echim muvofiqligini ta’minlash va shu bilan birgalikda adaptiv baholash amallari aniqligini oshirish imkonini beradigan yomon shartlangan matrisali chiziqlantirilgan tizimlarning mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarini e’tiborga olgan holda nochiziqli funksional tenglamalarni echish usullari asosida ob’ekt shovqinining kovariatsion matrisasini muntazam baholash algoritmlari ishlab chiqilgan;
baholash xatoliklari nazariy kovariatsion matrisalarini real qiymatlarga bog‘lanishini ta’minlash va shu bilan birgalikda Kalman fil`tri kuchaytirish matrisalarini hisoblashni real o‘lchashlardagi uzilib qolishini bartaraf etish imkonini beradigan matrisalarning singulyar ajratish asosida o‘lchashlarda ketma-ket korrelyasiyalangan xalaqitlar bo‘lgan sharoitlarda boshqarish ob’ekti holatini adaptiv muntazam baholash algoritmlari taklif etilgan;
fil`trni g‘alayon ta’sirlarining kovariatsion matrisalarini o‘zgaruvchan qiymatlariga moslashtirish imkonini beradigan, xususiy hosilalarni hisoblash va silliqlantirishni talab etmaydigan kesishuvchilar usuli va yangilovchi jarayon asosida o‘lchash xalaqitlari va ob’ekt shovqinining kovariatsion matrisalarini adaptiv muntazam iteratsion baholash algoritmlari taklif etilgan;
gradientni proeksiyalash usuli asosida Kalman fil`trining matrisali kuchaytirish koeffisientini adaptiv baholashning muntazam algoritmi ishlab chiqilgan va matrisali tenglamani echmasdan turib, echimning xatoligini baholash imkonini beradigan kuchaytirish koeffisientini hisoblashning matrisali tenglamasi o‘ng qismi xatoliklarini baholash ifodalari olingan;
chiziqli algebraik tenglamalarning taqribiy hosil qilingan yoki yomon shartlangan stoxastik tizimlarini echish usullari asosida o‘lchash xalaqitlari va ob’ekt shovqinini avto- va o‘zaro korrelirlanganligi sharoitida adaptiv baholashning dinamik fil`tr kuchaytirish koeffisientini hisoblash aniqligini oshirish imkonini beradigan muntazam algoritmlari taklif etilgan;
iterativ muntazamlashtirish tamoyili doirasida variatsion tengsizliklarni echish usullari asosida boshqarish ob’ektlarining o‘tish matrisalarini adaptiv baholashning qidirilayotgan baholar mustaqilligi va muvofiqligini ta’minlovchi muntazam algoritmlari ishlab chiqilgan;
funksionallarni minimumlashtirishning muntazam usullari asosida ko‘rib chiqilayotgan baholash masalasini muntazamlashtirish imkonini beradigan to‘la aprior modelli noaniqlik sharoitlarida Kalman turidagi dinamik fil`trning kuchaytirish koeffisienti va boshqariluvchi ob’ekt o‘tish matrisalari parametrlarini baholashning muntazam algoritmlari taklif etilgan.
III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: Adaptiv baholash algoritmlari va boshqarishni avtomatlashtirishning funksional sxemalari «O‘ZKIMYoSANOAT» Davlat aksionerlik kompaniyasi korxonalarida, jumladan, Olmaliq «AMMOFOS-MAKSAM» aksionerlik jamiyatida kal`siy-sul`fat-fosfatli pul`pani granulali quritish (03.10.2014 yildagi dalolatnoma) va «FARG‘ONAAZOT» aksionerlik jamiyatida ammiakli selitrani bug‘latish (21.05.2014 yildagi dalolatnoma) texnologik jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish tizimlarida joriy etilgan bo‘lib, jamlangan yillik iqtisodiy samara 83 mln. 76 ming so‘mni tashkil etgan («O‘ZKIMYoSANOAT» DAK ning 17.11.2014 yildagi joriy qilinganlik to‘g‘risidagi №01-2304/I-sonli ma’lumotnomasi).