Aripova Shodiyaxon Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va nemis tillarida “nikoh” bilan bog‘liq leksik birliklarning qiyosiy tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2096.
Ilmiy rahbar: Kaxarova Mavluda Mukarramovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Sodiqov, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Elyorbek Yunusaliev(PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek va nemis xalqlari madaniyatiga xos bo‘lgan “nikoh” bilan bog‘liq lisoniy vositalarning qiyosiy tahlili orqali har ikki xalq madaniyatiga tegishli bo‘lgan marosimlar, umumiy va farqli jihatlar va ijtimoiy qarashlar mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va nemis tillarida “nikoh” tushunchasi bilan bog‘liq lisoniy birliklarning mikrosistemasi, ularning tarkibiy tuzilishi, semantik xususiyatlari hamda har ikkala til tizimidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlari tizimli ravishda tadqiq etilishi hamda bu jarayonda nikohga oid leksik birliklarning lingvokulturologik va etnolingvistik jihatlari ham o‘rganilib, ularning milliy-madaniy xususiyatlari hamda ijtimoiy funksiyalari ilmiy asosda aniqlangan;
“nikoh” bilan bog‘liq leksik birliklar temporalligiga ko‘ra, ya’ni nikohdan oldin, nikoh kuni va nikohdan keyingi minosabatlarni ifodalovchi leksik birliklar sifatida tasniflangan hamda o‘zbek va nemis tillaridagi badiiy matnlardan keltirilgan lisoniy dalillar orqali asoslangan;
o‘zbek tilidagi “nikoh” bilan bog‘liq paremik birliklarni nemis tilida mavjud paremalar bilan qiyoslab o‘rganish natijasida ular o‘rtasidagi ifodalangan pragmatik maqsadiga ko‘ra, umumiy, ifoda plani hamda lingvistik jihatidan esa o‘xshash va farqli xususiyatlari ochib berilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi “nikoh” bilan bog‘liq lug‘aviy birliklarning xalq qo‘shiqlari hamda irim-sirimlarda ifodalanishi misollar yordamida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va nemis tillarida “nikoh” bilan bog‘liq leksik birliklarning leksik-semantik tahlili natijalari asosida:
o‘zbek va nemis tillarida “nikoh” tushunchasi bilan bog‘liq lisoniy birliklarning mikrosistemasi, ularning tarkibiy tuzilishi, semantik xususiyatlari hamda har ikkala til tizimidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlari tizimli ravishda tadqiq etilishi hamda bu jarayonda nikohga oid leksik birliklarning lingvokulturologik va etnolinguistik jihatlari ham o‘rganilib, ularning milliy-madaniy xususiyatlari hamda ijtimoiy funksiyalari ilmiy asosda dalillanganligi haqidagi xulosalardan 2022-2023-yillar “O‘zbek milliy qo‘shiq san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha inglizcha-o‘zbekcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 30-sentyabrdagi1/04-127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq qo‘shiqlarida ifodalangan “nikoh” bilan bog‘liq leksik birliklar haqidagi nazariy qarashlardan qo‘shiq san’atining etnografizmlar ta’sirida ham shakllanganligi asoslangan, o‘zbek folklor san’atiga xos “nikoh” bilan bog‘liq terminlarning mohiyati ochib berilgan;
“nikoh” bilan bog‘liq leksik birliklar temporalligiga ko‘ra, ya’ni nikohdan oldin, nikoh kuni va nikohdan keyingi munosabatlarni ifodalovchi leksik birliklar sifatida tasniflanganligi hamda o‘zbek va nemis tillaridagi badiiy matnlardan keltirilgan lisoniy dalillar orqali asoslanganligiga doir nazariy xulosalardan 2021-2023-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 1/04-129-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada berilgan xulosalar asosida izohli lug‘atning ilmiy-nazariy qimmati ortgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi “nikoh” bilan bog‘liq lug‘aviy birliklarning xalq qo‘shiqlari hamda irim-sirimlarda ifodalanishi misollar yordamida dalillanganligiga oid xulosa va tavsiyalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2021-2024-yillar mobaynida tayyorlab, o‘zbek tilida efirga uzatilgan maxsus ko‘rsatuvlarda amaliy foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-noyabrdagi 01-02/171-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.