Asatulloev Inomjon Abobakir o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Erix Frommning ijtimoiy-ekzistensial konsepsiyasi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa tarixi)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fal284
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy maslahatchi: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Kabulniyazova Gulchexra Tashpulatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Shamsiev Uktam Baxriddinovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Erix Fromm ijtimoiy-ekzistensial konsepsiyasining zamonaviy ijtimoiy-madaniy jarayonlarga ta’sirini asoslab berishdan iborat.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Erix Fromm ijtimoiy va ekzistensial qarashlari asosida inson va jamiyat munosabatlarining dialektikasida individualizm va kollektivizm, erkinlik va avtoritarizm, integratsiya va begonalashuv kabi omillar, ekzistensial mavjudlikning ekzistensial bo‘shliq, ma’naviy-axloqiy mas’uliyat kabi elementlari va inson tabiatining ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar va madaniyat ta’siri, ijtimoiy institutlar bilan dinamik aloqadorlik kabi ijtimoiy shartlanganlik xususiyatlari ochib berilgan;
“Ozodlikdan qochish” asaridagi zamonaviy insonga oid ekzistensial konsepsiyasining “qalbni anglash”, “ozodlikka intilish” va “umid qilish” tamoyillari erkinlikka ongli ravishda intilish va shaxsiy mas’uliyatni qabul qilish, hayot mazmuni va qalb xotirjamligiga erishish, begonalashuvdan xalos bo‘lish omillari sifatida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, psixologik va ijtimoiy sog‘lomlashtirish amaliyotida qo‘llanish imkoniyatlari asoslab berilgan;
Erix Frommning “Inson qalbi” va “Sog‘lom jamiyat” asarlarida insonda ezgulik va yaratuvchilikka moyillikning shakllanishiga sabab bo‘luvchi (mehr asosida tarbiya, ijodiy mehnat va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat, sog‘lom ijtimoiy muhit) va yovuzlik va buzg‘unchilik istaklarini shakllanishiga sabab bo‘luvchi (ma’naviy qadriyatlardan ajralib qolish, erkinlikdan qochish, muhabbat va mas’uliyat hissining susayishi) kabi omillar hamda qalb kasalliklari va ularga qarshi ma’naviy-ruhiy tarbiyani amalga oshirishning erkinlik va mas’uliyat hissini tarbiyalash, umid tuyg‘usini tiklash kabi yo‘llari isbotlangan; 
Erix Frommning “Sevgi san’ati”, “Umidlar inqilobi” va “Psixoanaliz va din” asarlarida beg‘araz birodarlik muhabbati (foyda yoki manfaatni inkor etish, axloqqa asoslangan munosabat), axloqiylik-diniylik integratsiyasi (inson qalbida axloqiy tamoyillar va din mezonlar uyg‘unligini ta’minlash) va inson ruhiy rivoji sifatida “umid” konsepti (balki faol ma’naviy holat) inson ma’naviy va moddiy jihatdan barqarorlashtirishda, mafkuraviy boshboshdoqlikka qarshi tanqidiy tafakkurni shakllantirishda echim ekanligi mantiqiy asoslangan;
Erix Frommning ijtimoiy konsepsiyasi asosida agressiya, radikalizm, fashizm, mazoxizm, sadizm kabi buzg‘unchi istaklar va xarakter ko‘rinishlariga asos bo‘luvchi g‘oyalarga qarshi kurashda “sog‘lom jamiyatni yaratish – inson qalbini tarbiyalash – yangicha erkinlik – faol umidvorlik” algoritmi orqali jamiyatni isloh qilish va sog‘lomlashtirishning psixologik-axloqiy (yaratuvchanlikni qo‘llab-quvvatlash, empatiya va vijdonni integratsiya qilish), ijtimoiy-institusional (ta’limda sifat modullari, adolatli tartib-qoidalar), kommunikativ-mafkuraviy (mediasavodxonlik, tolerantlik) va huquqiy-profilaktik (zo‘ravonlikka qarshi, ijtimoiylashtirish dasturlari) kabi mexanizmlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erix Fromm ijtimoiy-ekzistensial konsepsiyasini tadqiq etish bo’yicha olingan natijalar asosida:
Erix Fromm ijtimoiy va ekzistensial qarashlari asosida inson va jamiyat munosabatlarining dialektikasida individualizm va kollektivizm, erkinlik va avtoritarizm, integratsiya va begonalashuv kabi omillar, ekzistensial mavjudlikning ekzistensial bo‘shliq, ma’naviy-axloqiy mas’uliyat kabi elementlari va inson tabiatining ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar va madaniyat ta’siri, ijtimoiy institutlar bilan dinamik aloqadorlik kabi ijtimoiy shartlanganlik xususiyatlariga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” 56-bandi “Jamiyatda radikallashuv kuchayishini oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” va 58-bandi “O‘zbekiston barchamiz uchun yagona qalb, yagona vatandir” mavzusida ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar tashkil etish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-martdagi 10/106-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar va tavsiyalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
“Ozodlikdan qochish” asaridagi zamonaviy insonga oid ekzistensial konsepsiyasining “qalbni anglash”, “ozodlikka intilish” va “umid qilish” tamoyillari erkinlikka ongli ravishda intilish va shaxsiy mas’uliyatni qabul qilish, hayot mazmuni va qalb xotirjamligiga erishish, begonalashuvdan xalos bo‘lish omillari sifatida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, psixologik va ijtimoiy sog‘lomlashtirish amaliyotida qo‘llanish imkoniyatlariga oid xulosa va yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” (2021-2022 yy) amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 27-yanvardagi 04/11-1736-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy birdamlikni ta’minlashda ma’naviy-ruhiy tarbiyani amalga oshirish yo‘llariga doir yangicha yondashuvlarni ishlab chiqilishiga erishilgan;
Erix Frommning “Inson qalbi” va “Sog‘lom jamiyat” asarlarida insonda ezgulik va yaratuvchilikka moyillikning shakllanishiga sabab bo‘luvchi (mehr asosida tarbiya, ijodiy mehnat va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat, sog‘lom ijtimoiy muhit) va yovuzlik va buzg‘unchilik istaklarini shakllanishiga sabab bo‘luvchi (ma’naviy qadriyatlardan ajralib qolish, erkinlikdan qochish, muhabbat va mas’uliyat hissining susayishi) kabi omillar hamda qalb kasalliklari va ularga qarshi ma’naviy-ruhiy tarbiyani amalga oshirishning erkinlik va mas’uliyat hissini tarbiyalash, umid tuyg‘usini tiklash kabi yo‘llariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-yil davomida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 4-fevraldagi 05-09-110-son ma’lumotnomasi). Natijada, Erix Frommning ijtimoiy qarashlari va ekzistensial g‘oyalari, “sog‘lom jamiyat”ni yaratish to‘g‘risidagi yondashuvlarini keng jamoatchilikka etkazilishiga xizmat qilgan;
Erix Frommning “Sevgi san’ati”, “Umidlar inqilobi” va “Psixoanaliz va din” asarlarida beg‘araz birodarlik muhabbati (foyda yoki manfaatni inkor etish, axloqqa asoslangan munosabat), axloqiylik-diniylik integratsiyasi (inson qalbida axloqiy tamoyillar va din mezonlar uyg‘unligini ta’minlash) va inson ruhiy rivoji sifatida “umid” konsepti (balki faol ma’naviy holat) inson ma’naviy va moddiy jihatdan barqarorlashtirishda, mafkuraviy boshboshdoqlikka qarshi tanqidiy tafakkurni shakllantirishda echim ekanligiga oid nazariy umumlashmalar va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning VII bob “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari” 51-bandi “Jamiyatida, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusiga doir turli tadbirlar va seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 6-martdagi 2-23-43-5435-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirilishida va tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarida radikalizm, terrorizm va diniy ekstremizmga doir g‘oyaviy kurash doir targ‘ibot faoliyati samaradorligiga erishilgan;
Erix Frommning ijtimoiy konsepsiyasi asosida agressiya, radikalizm, fashizm, mazoxizm, sadizm kabi buzg‘unchi istaklar va xarakter ko‘rinishlariga asos bo‘luvchi g‘oyalarga qarshi kurashda “sog‘lom jamiyatni yaratish – inson qalbini tarbiyalash – yangicha erkinlik – faol umidvorlik” algoritmi orqali jamiyatni isloh qilish va sog‘lomlashtirishning psixologik-axloqiy (yaratuvchanlikni qo‘llab-quvvatlash, empatiya va vijdonni integratsiya qilish), ijtimoiy-institusional (ta’limda sifat modullari, adolatli tartib-qoidalar), kommunikativ-mafkuraviy (mediasavodxonlik, tolerantlik) va huquqiy-profilaktik (zo‘ravonlikka qarshi, ijtimoiylashtirish dasturlari) kabi mexanizmlariga doir yangilik va takliflardan Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-52-sonli Farmonida belgilangan “Millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirish” yo‘nalishi doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Adolat sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashining 2025-yil 28-martdagi 01-1/1/87-son ma’lumotnomasi). Natijada, Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan radikalizm, terrorizm va diniy ekstremizm, turli milliy va millatlararo nizolarni oldini olishga doir targ‘ibot ishlari va siyosiy faoliyati samaradorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish