Masharipova Xosiyat Matrasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa raqobatbardoshligini oshirishning ekonometrik modellari (Xorazm viloyati misolida), 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4951.
Ilmiy rahbar: Mirzanov Berdak Joldasbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rahimov Zohid Tahirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa raqobatbardoshligini baholash usullari va ekonometrik modellarini takomillashtirish asosida raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa shahar va tumanlarining raqobatbardoshligini solishtirish va qiyosiy tahlil qilish orqali hududlarning nisbiy ustunliklarini aniqlashga qaratilgan baholash usullari qiyosiy raqobatbardoshlik koeffisienti [〖QR〗_t^(i,j)=(〖HUD〗_t^(i,j))/(〖MIN〗_t^j )] hisobiga takomillashtirilgan;
mintaqa raqobatbardoshligini hududlar kesimida mehnat samaradorligi [〖MSNR〗_t^i=[〖MH〗_t^i/〖MRS〗_t^i ]/[〖MMH〗_t^i/〖MMRS〗_t^i ]] hamda kapital unumdorligi [〖KSNR〗_t^i=[〖MH〗_t^i/〖IH〗_t^i ]/[〖MMH〗_t^i/〖MIH〗_t^i ]] mezonlari hisobiga natijaviy va samaradorlik jihatlariga ko‘ra baholash usullari takomillashtirilgan;
mintaqa raqobatbardoshligini tarmoq, miqdor va samaradorlik mezonlari bo‘yicha takomillashtirilgan ekonometrik modeliga [〖UR〗_t^M=0,064*〖TR〗_t^M+0,009*〖OMR〗_t^M+0,326*〖OSR〗_t^M+0,015] ko‘ra samaradorlik mehnat unumdorligi asosida 51,8 foiz hamda kapital unumdorligi orqali 52,2 foiz [〖OSR〗_t^M=0,518*〖MehSR〗_t^M+0,522*〖InvSR〗_t^M-0,006] hisobiga shaklanganligi asoslangan;
Xorazm viloyati va uning hududlarida raqobatbardoshlik mezonlarini 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati raqobatbardoshligini oshirish jarayonlarini ekonometrik modellarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
mintaqa shahar va tumanlarining raqobatbardoshligini solishtirish va qiyosiy tahlil qilish orqali hududlarning nisbiy ustunliklarini aniqlashga qaratilgan baholash usullari qiyosiy raqobatbardoshlik koeffisienti [〖QR〗_t^(i,j)=(〖HUD〗_t^(i,j))/(〖MIN〗_t^j )] asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2025-yil 15-may 25-42-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqani raqobatbardoshligini oshirish va qiyosiy tahlil qilish yordamida hududlarning nisbiy ustunliklarini aniqlashga qaratilgan strategik hududiy dasturlarni ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratilgan;
mintaqa raqobatbardoshligini hududlar kesimida mehnat samaradorligi [〖MSNR〗_t^i=[〖MH〗_t^i/〖MRS〗_t^i ]/[〖MMH〗_t^ /〖MMRS〗_t^ ]] hamda kapital unumdorligi [〖KSNR〗_t^i=[〖MH〗_t^i/〖IH〗_t^i ]/[〖MMH〗_t^ /〖MIH〗_t^ ]] mezonlari hisobiga natijaviy va samaradorlik jihatlariga ko‘ra baholash usullari bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2025-yil 15-may 25-42-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa raqobatbardoshligini hududlar kesimida mehnat samaradorligi baholash imkoniyati yaratilgan;
mintaqa raqobatbardoshligini tarmoq, miqdor va samaradorlik mezonlari bo‘yicha takomillashtirilgan ekonometrik modeliga [〖UR〗_t^M=0,064*〖TR〗_t^M+0,009*〖OMR〗_t^M+0,326*〖OSR〗_t^M+0,015] ko‘ra samaradorlikni mehnat unumdorligi asosida 51,8 foiz hamda kapital unumdorligi orqali 52,2 foiz [〖OSR〗_t^M=0,518*〖MehSR〗_t^M+0,522*〖InvSR〗_t^M-0,006] hisobiga shakllantirish bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan. (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2025-yil 15-may 25-42-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnat unumdorligi asosida 51,8 foiz hamda kapital unumdorligi orqali 52,2 foizi oshishiga xizmat qilgan;
Xorazm viloyati va uning hududlarida raqobatbardoshlik mezonlarini 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2025-yil 15-may 25-42-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatning rivojlanishini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha prognoz senariylarining ishlab chiqilishi va o‘rta muddatli davrlardagi istiqbol ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligi ta’minlangan.