Abdullaev Masharib Saydamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “IX-XXI asr boshlari Xorazm amaliy-bezak san’ati: rivojlanishining asosiy bosqichlari va badiiy xususiyatlari”. 17.00.04 – tasviriy va amaliy-bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/San28.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.38/09.072020.San.119.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Xakimov Akbar Abdullaevich, O‘zR FA akademigi, O‘zBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori, professor; Mktrchiv Tigran Konstantinovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Sultonova Dilshoda Namozovna, arxitektura fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IX asrdan hozirgi kungacha Xorazm amaliy san’ati taraqqiyotining umumiy manzarasi, uning asosiy bosqichlari va mahalliy badiiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IX-XXI asr boshlarida amaliy-bezak sohalarining rivojiga buyum turlarining ko‘payishi (bodiya, chanoq, gupi, qumg‘on, tung, tuncha, bodomoy, manglayduzi, yarimtirnoq, butuntirnoq va b.), naqsh va bezaklar (o‘simliksimon, geometrik va ramziy) va ularning ishlash texnologiyasining murakkablashishi (kandakori, qolipi, o‘yma, bosma, qadama, hallash), yangi bezak shakllarining vujudga kelishi (“bo‘g‘irsoq”, “miltiq”, “dutor”, “pichoq”)ga markazlashish, iqtisodiy barqarorlik singari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
Xorazm amaliy san’atida naqsh tizimi – islimiy, girih, kosmogonik, zoomorf, ramziy; shakllarning o‘ziga xosligi – kulolchilikda bodiya, cho‘girma qolipi, kandakorlikda qumg‘on, tung, tuncha, zargarlikda tojduzi, manglayduzi, tayaxduzi, osmaduzi, kalitbog‘i; rang xususiyatlari – kulolchilikda moviy, zargarlikda qizil, yashil, moviy, rangli toshlarning birgalikda ishatilishi, kandakorlik, yog‘och o‘ymakorligida bo‘yoqning qo‘llanmasligi) kabi mahalliy xususiyatlari ochib berilgan;
Xorazm amaliy san’atining XX asrda unutilgan chitgarlik, milliy chopon tayyorlash, etikdo‘zlik, pichoqchilik turlari; bodomoy, duoduzi, osmaduzi, taxyaduzi, ko‘krakduzi hamda chitgarlikda qolipi bosma, zargarlikda toblash, urma, qadama kabi badiiy-texnologik uslublarni tiklash asoslangan;
Xiva me’moriy inshootlarining koshinpazlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganch va marmar o‘ymakorligi turlarida o‘simliksimon, geometrik va xattotlik shaklida “aylanma islimiy”, “madohil”, “mehrobi”, “turunj”, “kungura”, “chetan”, “arqon” kabi qo‘llanilganligi aniqlangan;
Xorazm amaliy san’atining rivojlanish jarayonlari kulolchilik va metallsozlikning taraqqiy etishi, tasvirlarning yo‘qola borishi, yozuvlarning bezak sifatida ishlatilishi, o‘simliksimon va geometrik naqshlarning keng qo‘llanishi (IX-XV asrlar); amaliy san’at maktabining shakllanishi, maishiy turmush bilan bog‘liq – kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, badiiy matosozlik, me’morchilik bilan bog‘liq – koshinpazlik, yog‘och, ganch va marmar o‘ymakorligi sohalarining taraqqiy etishi (XVIII-XX asr boshlari); hunarmandchilikning inqirozi, yog‘och o‘ymakori, kandakor va ganch o‘ymakori ustalarining ijodiy faoliyatida an’analarning saqlab qolinishi (1920–1980-yy.); kulolchilik, ipak gilamdo‘zligi, milliy qo‘g‘irchoqlar tayyorlash sohalarida an’analarning tiklanishi (Mustaqillik yillari) kabi omillar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. IX-XXI asr boshlari Xorazm amaliy-bezak san’ati: rivojlanishining asosiy bosqichlari va badiiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
IX-XXI asr boshlarida amaliy-bezak sohalarining rivojiga buyum turlarining ko‘payishi (bodiya, chanoq, gupi, qumg‘on, tung, tuncha, bodomoy, manglayduzi, yarimtirnoq, butuntirnoq va b.), naqsh va bezaklar (o‘simliksimon, geometrik va ramziy) va ularning ishlash texnologiyasining murakkablashishi (kandakori, qolipi, o‘yma, bosma, qadama, hallash), yangi bezak shakllarining vujudga kelishi (“bo‘g‘irsoq”, “miltiq”, “dutor”, “pichoq”)ga markazlashish, iqtisodiy barqarorlik, homiylik, qo‘shnichilik munosabatlari singari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ta’sir ko‘rsatganligi Xorazm Ma’mun akademiyasi qoshidagi “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozisiyasini tashkil qilishda, ekskursiya jarayonlarida va doimiy ekspozisiyaning elektron variantini yaratishda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 5-apreldagi 3/1255-908-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning tatbiqi doimiy ekspozisiyaga sayyohlar qiziqishini orttirgan va Xorazm amaliy san’atini keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
Xorazm amaliy san’atida naqsh tizimi – islimiy, girih, kosmogonik, zoomorf, ramziy; shakllarning o‘ziga xosligi – kulolchilikda bodiya, cho‘girma qolipi, kandakorlikda qumg‘on, tung, tuncha, zargarlikda tojduzi, manglayduzi, tayaxduzi, osmaduzi, kalitbog‘i; rang xususiyatlari – kulolchilikda moviy, zargarlikda qizil, yashil, moviy, rangli toshlarning birgalikda ishatilishi, kandakorlik, yog‘och o‘ymakorligida bo‘yoqning qo‘llanmasligi) kabi mahalliy xususiyatlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyning “Amaliy san’at va hunarmandchilik” bo‘limi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2025-yil 24-martdagi 05-14/127-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey ekspozisiyasi ilmiy jihatdan asoslangan hamda amaliy san’atning o‘ziga xosligi ochib berilgan;
Xorazm amaliy san’atining XX asrda unutilgan chitgarlik, milliy chopon tayyorlash, etikdo‘zlik, pichoqchilik turlari; bodomoy, duoduzi, osmaduzi, taxyaduzi, ko‘krakduzi hamda chitgarlikda qolipi bosma, zargarlikda toblash, urma, qadama kabi badiiy-texnologik uslublarni tiklash asoslanganligi asoslanganligi Respublika “Hunarmand” uyushmasi faoliyatida Xalqaro festivallar doirasida ilmiy-amaliy anjumanlar va ilmiy seminarlarni konsepsiyalarini tayyorlashda foydalanilgan, jumladan Xalqaro hunarmandchilik festivali (Qo‘qon, 2019, 2023), Atlas bayrami (Marg‘ilon, 2022, 2024), Xalqaro kulolchilik festivali (Rishton, 2023, 2024), Zardo‘zlik va zargarlik (Buxoro, 2024) (O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 13-martdagi 01-01/3132-son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy hunarmandchilik turlarining xalqaro miqyosda tan olinishi va targ‘ibotiga xizmat qilgan;
Xiva me’moriy inshootlarining koshinpazlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganch va marmar o‘ymakorligi turlarida o‘simliksimon, geometrik va xattotlik shaklida “aylanma islimiy”, “madohil”, “mehrobi”, “turunj”, “kungura”, “chetan”, “arqon” kabi qo‘llanilganligi kabi ma’lumotlar, materiallar, ilmiy xulosalar va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy savol”, “Aslida qanday?”, “Mavzu”, “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-martdagi 01-30/169-son ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar Xorazm amaliy san’atini saqlash, ta’mirlash va xalqimizga namoyish etishda muhim o‘rin tutgan.
Xorazm amaliy san’atining rivojlanish jarayonlari kulolchilik va metallsozlikning taraqqiy etishi, tasvirlarning yo‘qola borishi, yozuvlarning bezak sifatida ishlatilishi, o‘simliksimon va geometrik naqshlarning keng qo‘llanishi (IX-XV asrlar); amaliy san’at maktabining shakllanishi, maishiy turmush bilan bog‘liq – kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, badiiy matosozlik, me’morchilik bilan bog‘liq – koshinpazlik, yog‘och, ganch va marmar o‘ymakorligi sohalarining taraqqiy etishi (XVIII-XX asr boshlari); hunarmandchilikning inqirozi, yog‘och o‘ymakori, kandakor va ganch o‘ymakori ustalarining ijodiy faoliyatida an’analarning saqlab qolinishi (1920-1980-yy.); kulolchilik, ipak gilamdo‘zligi, badiiy matolar, milliy qo‘g‘irchoqlar tayyorlash sohalarida an’analarning tiklanishi (Mustaqillik yillari) kabi omillar “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida “Dorul hikmat val maorif”, “Qadimgi Xorazm”, “Xorazmshohlar” ekspozisiyalarini konsepsiyasi va mavzuli-ekspozisiya rejasini tayyorlashda, Amaliy san’at va hunarmandchilik bo‘limlari ekpozisiyalarini ilmiy va uslubiy jihatdan takomillashtirishda, muzeylarda amaliy san’at buyumlarini katalogizatsiya va inventarizatsiya qilishda, ekpozisiyalarni boyitishda hamda ekskursiya jarayonlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 5-apreldagi 3/1255-908-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi muzeyning ish samaradorligini oshirgan, sayyohlarga eksponatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishda va amaliy san’atni keng targ‘ib qilishda qo‘llanilgan.