Tuychiev Jaloliddin Djamallitdinovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 infeksiyasida ratsional antimikrob davoni klinik-patogenetik asoslash», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib560.
Ilmiy maslahatchi: Tuychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gulnara Alievna tibbiyot fanlari doktori, professor; Kosherova Baxit Nurgalievna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 infeksiyasida ratsional antimikrob davoni klinik va patogenetik asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi va oqibatlari bilan balg‘amdagi bakterial floraning aniqlanishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud emasligi va bemorlarni shifoxonaga yotqizilgan ilk kunlaridan zaxira antibiotiklardan foydalanish zaruriyati yo‘qligi asoslangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallik o‘ta og‘ir shaklda kechgan va vafot etgan bemorlardan P.aeruginosa ning ajratilishi ishonarli ravishda yuqori ekanligi isbotlangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga, antibiotiklarni bakterial asoratlarni oldini olish uchun (80,8%) buyurish kasallikni kechish og‘irligi va shifoxonada qolish muddatini hamda o‘lim xavfini kamaytirishda samarali emasligi asoslangan;
ilk bor COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda beta-laktamazani faolligini tekshirish beta-laktam antibiotiklarining davolashda samaradorligini baholash  uchun zarurligi asoslangan;
ZF-2001 rekombinant vaksinasi bilan emlangan ko‘ngillilarda COVID-19 bilan kasallanishni, kasallikni og‘ir shakllarini rivojlanish xavfini kamaytirishi hamda noratsional antibiotik terapiya ehtimolini qisqartirishda samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/42-sonli majlis bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi va oqibatlari bilan balg‘amdagi bakterial floraning aniqlanishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud emasligi va bemorlarni shifoxonaga yotqizilgan ilk kunlaridan zahira antibiotiklardan foydalanish zaruriyati yo‘qligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (RIEMYuPKIATM) ekspertlar kengashi tomonidan 2024 yil 14 fevralda tasdiqlangan (№1 n-z/37) «Koronavirus infeksiyasida oqilona antimikrob davolash tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024yil 9-yanvaridagi 18-son va Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasining 2024yil 10-yanvardagi 9-p son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/42-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarining joriy etilishi antibiotiklarni asossiz tayinlashni cheklash orqali COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda nojo‘ya ta’sirlar va asoratlar rivojlanishi xavfining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: zahira antibiotiklar bilan davolash kursining o‘rtacha narxi 806000 (544000-1032000) so‘mni tashkil etishini inobatga olgan holda COVID-19 da asosli antimikrob terapiyani o‘tkazishdan iborat. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallik o‘ta og‘ir shaklda kechgan va vafot etgan bemorlardan Pseudomonas aeruginosa  ning ajratilishi ishonarli ravishda yuqori ekanligi bo‘yicha takliflar RIEMYuPKIATM ekspertlar kengashi tomonidan 2024 yil 14 fevralda tasdiqlangan (№1 n-z/37) «Koronavirus infeksiyasida oqilona antimikrob davolash tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024yil 9-yanvaridagi 18-son va Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasining 2024yil 10-yanvardagi 9-p son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/42-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar xavf guruhidagi bemorlarni bashorat qilish va o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi, shuningdek, maqsadli terapiya o‘tkazish COVID-19 bilan kasallangan o‘ta og‘ir bemorlar orasida o‘lim holatlarini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 ning o‘ta og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarni oqilona mikroblarga qarshi davolash, intensiv terapiya bo‘limida psevdomonas infeksiyasining bir holatini davolashning o‘rtacha narxini hisobga olgan holda, har bir bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlarni taxminan 3050000 so‘mga tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga, antibiotiklarni bakterial asoratlarni oldini olish uchun (80,8%) buyurish kasallikni kechish og‘irligi va shifoxonada qolish muddatini hamda o‘lim xavfini kamaytirishda samarali emasligi asoslangani bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 apreldagi 82-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik tavsiyalar» mazmuniga kiritilgan. Ushbu tavsiya barcha davolash profilaktika muassasalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/42-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish antibiotiklarga chidamlilik rivojlanishi xavfini kamaytirish, bemorlar uchun davolash xavfsizligini oshirish va noxush hodisalar yuzaga kelish ehtimolini pasaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga antibiotiklarni profilaktika maqsadida tayinlashdan asosli ravishda voz kechish sog‘liqni saqlash tizimi uchun kasalxonaga yotqizilgan har bir bemor hisobiga 544300 so‘mdan 1032000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda beta-laktamazani faolligini tekshirish beta-laktam antibiotiklarining davolashda samaradorligini baholash  uchun zarurligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 apreldagi 82-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik tavsiyalar»  mazmuniga kiritilgan. Ushbu tavsiya barcha davolash profilaktika muassasalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/42-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini joriy etish antibakterial terapiyani individuallashtirish va samaradorligini oshirish imkonini beradi, bu esa klinik natijalarning yaxshilanishiga va samarasiz dori tavsiyalari sonining kamayishiga olib keladi, shuningdek, asoratlar rivojlanish xavfini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda beta-laktamazalarni aniqlashni joriy etish antibiotiklarning samarasiz kurslarini kamaytirish, kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish va asoratlarning oldini olish hisobiga har bir bemor uchun 320000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. 
beshinchi ilmiy yangilik: ZF-2001 rekombinant vaksinasi bilan emlangan ko‘ngillilarda COVID-19 bilan kasallanishni, kasallikni og‘ir shakllarini rivojlanish xavfini kamaytirishi hamda noratsional antibiotik terapiya ehtimolini qisqartirishda samaradorligi isbotlangan. Bu ma’lumot Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 apreldagi 82-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik tavsiyalar» mazmuniga kiritilgan. Ushbu tavsiya barcha davolash profilaktika muassasalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/42-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: ZF-2001 rekombinant vaksinasi bilan emlashni joriy etish aholi o‘rtasida COVID-19 bilan kasallanish darajasini va uning og‘ir kechishini kamaytirishga yordam beradi, kasalxonaga yotqizish va intensiv terapiyaga bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yuklamani engillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot natijalarini joriy etish kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish va tayinlanadigan antibiotiklar miqdorini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi uchun har bir bemorga 806000 so‘mni tejaydi, shuningdek, COVID-19 ning og‘ir shakllari xavfini kamaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish